125
- Klerklar - birjada turli majburiyatlarni bajarib yuruvchi xizmatchi.
Butun savdo bitimi birja zalida amalga oshiriladi. Birja zaliga hamma
ishtirokchilar sig’ishi kerak. Xorijiy birjalar operasiyalar zaliga 2-3 ming
kishi bemalol sig’adigan bo’lib, har-bir savdo qatnashchisi uchun qulay ish
sharoiti yaratilgan. U kabina yoki seksiyalarga bo’lingan bo’ladi.
Dunyoning ko’pchilik birjalarida birja savdosi bir necha tovarlar bilan
bir vaqtda turli seksiyalarda birdaniga olib boriladi. Bitimlar imzolash uchun
har bir
seksiyalar katta zal saxnidan, pastroq bo’lgan, nisbatan kichik
maydoncha ajratiladi.
Birja a`zolarining har bir qatnashchisi uchun bir xil imkoniyat
yaratilgan qilib joylashtiriladi. Shuning uchun ham ko’pgina xorijiy birjalar
zallari amfiteatr yoki sirk saxnasiga juda o’xshash bo’lib, savdo qatnashchilari
bir-birlarini va operasiya olib boruvchi boshqaruvchini yaxshi kurishlari,
bir-birlarini imo-ishorali harakatlarini yaxshi tushunishlari zarur. Rossiyada
Chelyabinsk universal birjasi yuqoridagi talablarga javob beruvchi birjalardan
biri. Birja halqasining markazi va chekkalarida biroz balandlikda birja
xodimlari va birja savdosini olib boruvchi va bitimlar imzolansa
ularni
ro’yxatga oluvchi xodimlar egallashadi.
Baobro’ firmaning vakili bo’lgan broker odatda birja chuqurchasining
balandroq bosqichini egallaydi. Uning qo’lida ko’pgina buyurtmalar bo’lib,
uni hamma savdogarlar va u hammani kurib turishi kerak bo’ladi. Bundan
tashqari yaxshi joy firma vakili bilan doimo aloqada bo’lib turishlikni
ta`minlaydi.
Treyderlar joyi chuqurlikning eng past yoki pastki bosqichlari
hisoblanadi. Chuqurlikda broker va treyderlar orasida faqat narx hisobini olib
boruvchi klerk xizmatkor bo’ladi. Unda rasiya bo’lib har bir aksiya narxi
o’zgarishini rasiya orqali e`lon qilishi kerak.
Yangi narx kompyuter sistemasiga kiritiladi va elektron tablo devorida
chiqarilib savdoning borishini aks ettirib turadi. Bitim
qatnashchilari hisobchi
klerkka oxirgi narxni eslatib qo’yishari kerak. Bo’lmasa bitim bekor kilinadi.
Xorijiy birjalar elektron tablo devorlarida faqat bitim narxlarini aks
ettiribgina qolmay birjadagi boshqa mollar, boshqa tovar, valyuta va fond
birjalaridagi ma`lumotlar, xatto narx harakatlariga ta`sir etuvchi ob-havo,
tovar ortirilishi, siyosiy ahvol voqealari va boshqalar haqidagi ma`lumotlar
berib boriladi. Brokerlar odatda savdo zaliga savdo boshlanishiga 30 daqiqa
qolganda yig’iladilar. Ularning har birini qo’lida savdodagi tovarlar ro’yxati,
narxi,
buyurtma hajmi, idora yoki ombor joylashgan joy, tovar yetkazib
berish haqidagi ma`lumotlar yozilgan maxsus varaqalar bilan ta`minlangan
bo’ladilar. Har bir tovar seksiyasida uch marotaba bong uriladi(bong savdo
boshlanganligini e`lon qiladi).
Birja savdosi oshkora tashkil etiladi. Takliflarni oxirgi maqullagan
savdo qatnashchisi birjada savdo bitimi tomoni hisoblanadi, ya`ni taklif talab
narxi bilan to’g’ri kelgani
tovar sotilganini bildiradi.
Forvard va qo`shimcha shartlar bilan tuziladigan
bitimlar tomonlar
kelishuvi asosida amalga oshiriladi. Seksiyada savdoni birja makleri olib
boradi. Avval tez sotilishi kerak bo’lgan real mavjud tovarlar bilan ish
boshlanadi. Keyin esa tariflar bo’yicha forvard (ya`ni hisob-kitoblari bitim
kuni emas, bir oz vaqt o’tgandan keyin va boshqa shartlar bilan)
operasiyalari bo’yicha bitimlar tuziladi. Har bir seksiyada savdo quyidagi
126
tartibda olib boriladi. Dastavval makler ushbu birja kunida savdoga qo’yilgan
barcha tovarlar ro’yxatini o’qiydi. Makler ro’yxatni o’qiyotgan paytda bitim
uchun zarur tovarlar topgan brokerlar qo’llaridagi guvohnomalarini baland
ko’taradilar. Makler darhol tovarni sotuvga chiqarayotgan brokerlik
idora raqamini aytadi. Broker idorasi vakili harakatni tasdiqlamasa (
yoki o`sha
paytda shu yerda bo’lmasa, yoki mudrab qolsa )
tovar savdodan
olib tashlanadi va broker birjaga kelmaganligi uchun birjaga jarima
to’laydi.
Undan so’ng makler boshqa tovar turiga o’tadi. Butun ro’yxat o’qib
bo’lingach kichik tanaffus e`lon qilinadi. Keyin bong bir marta urilgandan
so’ng ishning ikkinchi kismi, brokerlar takliflarini Muhokamasiga utiladi. Har
bir brokerik taklifning Muhokamasi ikki qismdan iborat bo’ladi.
Muhokamaning ikkinchi qismida seksiyaga yig’ilgan xaridor brokerlarning
muqobil (qarama-qarshi takliflari) muhokama qilinadi. Broker xaridorlar
tovar xarid qilish shartlarini e`lon qiladi (yoki tovarning bir qismini). Bu
shartlar tovar hajmi va narxi xususida bo’ladi. Agar bitim yana imzolanmasa
makler sotuvga qo’yilgan tovarlar ro’yxatini keyingi pozisiyasini
muhokamasiga o’tadi.
Dostları ilə paylaş: