132
mamlakatlar, malakatlarning alohida hududlari sanoatlari potensial
faoliyatlari ko’lamini, ko’p qirrali va o’zaro manfaatli hamkorlik
imkoniyatlari, asosiysi, hudud xo’jaligini, tadbirkorlik tashabbuslari
muvafaqqiyatli rivojlanishi istikbollarini belgilab berishga har taraflama
yordam beradi.
Keskin rakobatchilik sharoitida marketing va konyuktura
tadqiqotlariga tayangan holda, ulgurji savdo turlarini doimiy izlab topish,
ko’pgina tijorat firmalarga tovar bozorida mustahkam pozisiyani
egallashining bosh omili bo’lib xizmat qiladi. Aynan ulgurji savdoni samarali
shakli bo’lgan ko’rgazma, yarmarka, birja va auksionlarda qatnashishgina
savdo bilan shugullanuvchi har qanday korxona va tashkilotlarga tijorat
faoliyatining barcha yo’nalishlari va sohalarida muvafaqqiyat qozonish
imkoniyatlarini ochib beradi.
Yarmarkalar ma`lum vaqtdan so’ng takrorlanib turuvchi
tijoratchilar, sanoatchilar, savdo xodimlarini ulgurji oldi-sotdi
operasiyalarini amalga oshirish uchungina emas, balki boshqa
mavzularda ham o’zaro manfaatli muzokaralar olib borish uchun uziga
xos yig’ilish-qurultoy vazifasini bajarar edi.
Yarmarkalarda savdo bitimlari (oldi-sotdi, pudrat shartnomalari)
asosan savdolashuv orqali bitiladi, bu yerda sotuvchi, xaridor yoki pudratchi,
buyurtmachi avvaldan aniwlangan tovar xususiyatlari, ularning texnik-
iqtisodiy ko’rsatkichlari, ish ko’lamini e`lon qilib, ular yuzasidan uziga xos
tanlov tashkil etadi. Kim eng manfaatli, eng qulay shartlarda taklif kiritsa,
muzokaralar boshlaydi va ko’pincha shartnoma-bitimlar kontrakti sifatida
imzolash bilan yakunlanadi. Yarmarka savdolashuvining quyidagi turlari
mavjud:
1. Ochiq savdolashuv - bunda ko’pincha uncha murakkab bo’lmagan
sanoat dastgohlar, jihozlar, tovarlar yuzasidan bo’lib, odatda barcha
qatnashish istagini bildirganlar qatnashishlari mumkin.
2. Malakaviy saralash sharti bilan o’tkaziladigan - ochiq savdolashuv
bo’lib, bu odatda ikki boskichda o’tkaziladi, birinchi bosqichda barcha
qatnashchilar qatnashib, ikkinchi bosqichga faqat tanlov me`yoriy shartlariga
javob bergan qatnashchilargina taklif etiladi va savdo natijalari
yarmarka qatnashchilarining barchasiga e`lon kilinadi.
3. Yopik savdolashuv - bu savdolashuv turiga faqat
qatnashchilar maxsus taklifnomalar (turli me`yor, miqyos talablariga javob
bera oladigan, noyob tovar yuzasidan olib boriladigan savdolashuv bo’lib,
qimmatli yuqori texnik ko’rsatkichlarga ega dastgoh jihozlar ishlab chiqarish,
murakkab loyihalarni amalga oshirish tajribasiga ega, obro’li firma va
kompaniyalar) asosida kiritiladilar.
4. Bir marotaba o’tkaziladigan savdolashuv turi - bunda faqat shu
yarmarkada yoki faqat ma`lum tovar yuzasidan bir marotaba savdolashuv
huquqiga(lisenziyaga) ega qatnashchilar oralardagi savdolashuv.
Dostları ilə paylaş: