111
yuqori unumli, avtomatlashtirilgan transport vositalarini joriy etish eng asosiy
vazifalar qatoriga kiradi.
Uzatish jarayoni – yuklarni geometrik shakli, o’lchovlari va fizik-
ximiyaviy xususiyatlarini saqlagan holdagi bir joydan ikkinchi joyga
ko’chirish operasiyalari yig’indisi tushuniladi.
Transoprtirovka jarayoni esa yukni yuklagan joydan talab etilgan
joygacha ma`lum bir marshrut bo’yicha eltish operasiyalarining yig’indisidir.
Yuklar tarsportirovkasi va uzatish jarayoni quyidlagilarni o’z ichiga
oladi: material, xom-ashyo, yoqilg’i, yarim fabrikatlarni tashqaridagi
tashkilotlardan korxona omborxonasiga keltirish; omborxonadan sex
(uchastkalar)ga uzatish; detal va bo’g’inlarni, materiallarni bir ish joyidan
ikkinchi ish joyiga kuzatish, yuklash, taransportirovka va tushirish
operasiyalarini bajarilishi jarayonida yarim fabrikat va mahsulotlarni saqlash.
Korxonalarda texnika va texnologiyani rivojlanishi va ular ish
faoliyatini takomillashi natijasida ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks
mexanizasiyalashtirish, avtomatlashtirish, zavod ichki transport xo’jaliklarini
to’xtovsiz va bir me`yorda ishlab turishi kabi muhim omillar samarasini
oshiradi.
Hozirgi davrda ishlab chiqarish korxonalarida transport xo’jaliklari
quyidagi muhim vazifalarni bajaradi:
1. asosiy va yordamchi sex va uchastkalarni moddiy texnika bilan ta`minlash;
2. yuklarni ortish tushirish va tashish jarayonlarini mexanizasiyalashtirish;
3. transport vositalaridan unumli foydalanish, transport xo’jaligida band
bo’lgan ishchilarning mehnat unumdorligini doimo o’stirib borish bilan birga
sarf xarajatlarni kamaytirish;
4. texnologiya jarayoni va transport xizmati o’rtasidagi o’zaro uzviy aloqani
tashkil etish va ta`minlash.
Dostları ilə paylaş: