Q
is
=
∑
T
ot
.
M
r
.
V
zd
(t
b
+ t
n
)/29
M
r
– 1000 m
3
hajmidagi xonani temperaturasini 1
0
C ga oshirish uchun
zarur bo’ladigan shartli yoqilgan normasi. Bu yerda:
T
is
– isitilish davri uzunligi davomiyligi;
V
zd
– isitilayotgan xona hajmi, ming m
3
;
t
t
– tashqaridagi o’rtacha havo temperaturasi;
t
i
– ichkaridagi havo temperaturasi.
29 - 1kg yoqilg’ining isitish qobiliyati.
Siqilgan havoga bo’lgan talab (m
3
):
Q
h
=
∑
V
h
.
F
foy
.
N
.
K
t
/K
y
,
bu yerda:
Vx – bitta jihozga sarflangan qisilgan xavoning o’rtacha
soatli sarfi, m
3
/s;
N – siqilgan xavoni iste`mol qiluvchi jihozlar soni;
F
foy
– bir jihozning yillik ish vaqti fondi;
K
t
– ish bilan ta`minlanganlik koeffisiyenti;
K
y
– siqilgan havoni yo’qolishini hisobga oluvchi
koeffisiyent.
Zaruriy yoqilg’i turi miqdori quyidagi formuladan aniqlanadi:
Q
yoq
= Q
is
/q
yo
q
yo
– 1 kg yoqilg’ini yonish issiqligi MDJ.
Energiya tannarxini rejalashtirish.
Katta hajmga ega bo’lmagan
korxonalarda energiya xo’jaliklarini bosh mexanika bo’limiga topshiriladi. Bu
holda energetik bosh mexanikning yordamchisi yoki energosexining rahbari
hisoblanadi.
Katta korxonalarda zavod boshqarmasi tarkibida mustaqil bo’lim tashkil
etilib, uni bosh energetik boshqaradi. U energosex energiya
laboratoriyalarining ish faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Bosh energetika bo’limi tarkibida quvvatlardan foydalanish va quvvat
ishlab chiqaruvchi asbob-uskunalar ekspluatasiyasi bo’limlari tashkil etiladi
va ular quvvatlaridan foydalanish, ularning sarfi, hisob-kitoblarining rejasini
108
olib boradi. Asbob-uskunalarni sozlash va modernizasiya qilish ishlarini
rejalashtiradi va nazorat ishlarini bajaradi.
Sanoatda boshqarishning iqtisodiy uslublarini qo’llash natijasida energiya
xo’jaligida, ayniqsa mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarida sarf bo’layotgan
energiyaning tannarxini rejalashtirishda muhim vazifalarni hal etish talab
etiladi. Energiya manbasi bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish jarayonlari
uzluksiz bosqichlar: energiyani tayyorlash, saqlash, issiqlik va elektr
quvvatini ishlab chiqarish yoki turli joylardan olib kelish, bug’ qozonlaridan
issiq suvni ustanovkalarda tayyorlashdan iboratdir.
Har bir bosqich tayyor mahsulot yoki unga xizmat qilish bilan bog’liq.
Energiyaning turli xillarini ishlab chiqarishda uning har bir bosqichida
bo’ladigan sarflarni to’g’ri belgilash energiya mahsuloti tannarxini
rejalashtirishda katta ahamiyatga egadir.
Korxonalarda energiya tannarxi kalkulyasiyasini rejalashda xarajatlarni
taqsimlash usullaridan foydalaniladi. Bu usul shundan iboratki, issiqlik va
elektr quvvatlarini ishlab chiqarishga sarf bo’lgan barcha xarajatlar ularni
iste`mol qilgan sex va ob`yektlar orasida mutanosib ravishda dastgohlarni
saqlash, ularni ekspluatasiya va elektr quvvati ishlab chiqarishda ishtirok
etgan ishlab chiqarish xarajatlariga to’g’ridan-to’g’ri munosib ravishda
taqsimlanadi. Bu usulning afzalligi shundaki, tarmoqlarda tabiiy tarzda
yo’qolayotgan energiya sarflari bilan bir qancha sexlarda texnologik
jarayonlarda sarf bo’layotgan energiya xarajatlari takrorlanmaydi.
Korxona yillik dasturida belgilangan energiya hajmi va uning birligiga
sarf bo’ladigan xarajatlarning rejasi tannarx kalkulyasiyasi yordamida
hisoblanadi. Korxonalarning energiya xo’jaligida yordamchi sexi bo’lib,
uning mahsulotini barcha korxona iste`mol qiladi, shu bilan birgalikda
energiya tayyorlashga sarf bo’lgan xarajatlar sex tannarxini hosil qiladi.
Korxona o’zi ishlab chiqargan energiya mahsulotlarini boshqa
korxonalarga foydalanish uchun bersa, unda sex tannarxi kalkulyasiyasiga
umumkorxona va ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlar ham qo’shiladi.
Energiya sex tannarxi quyidagi kalkulyasiya xarajatlaridan iborat: issiqlik
hajmi, issiqlikni uzatish xarajatlari, elektr quvvati, suv hajmi, ishlab chiqarish
xodimlari uchun ish haqi, ishlab chiqarish xodimlarining ish haqlaridan –
sosial muhofaza uchun ajratmalar, dastgohlarni saqlash va ekspluatasiya
uchun xarajatlar, sex xarajatlari.
Issiqlik va elektr energiyasiga rejali kalkulyasiya tannarxini hisoblashdan
oldin issiqlik spesifikasiyasi va xarajatlar kompleks sistemasi tuziladi.
Korxonalarda iste`mol qilinadigan issiqlik energiyasining reja tannarxi
kalkulyasiyasi 1 kg, kal. 1 bug’ va 1 t.m
3
issiqlik suvga belgilanadi.
Iste`mol qilinadigan energiya uchun belgilangan preyskurant orqali
shahar, rayon issiqlik energiyasi, elektr energiya shaxobchalari bilan hisob-
kitob qilinadi.
Korxonalarning energiya tannarxini rejalashda ularni iste`mol qilinishini
tejash uchun turli tadbir choralar tuzadilar.
Issiqlik va elektr quvvatlarining salmoq og’irliklarini kamaytirish, sozlash
uchastkalarida ish unumini oshirish, issiqlik va elektr quvvatlari bilan bog’liq
dastgohlardan unumli foydalanish, sex xarajatlarini kamaytirish shu kabi
boshqa chora tadbirlar mahsulot ishlab chiqarish darajasini ko’tarishda
muhim ahamiyatga egadir.
|