116
Bozor munosabatlari tobora erkinlashib, o’z yo’nalishini tanlab
olayotgan kichik va o’rta biznes korxonalari uchun raqobat muhiti tobora
kuchayib borayotgan bugungi kunda korxonalarga
xorijiy investisiyalarni
jalb qilish va ularning jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulot olib chiqishi
uchun boshqaruvning zikr etilgan asosiy tamoyillariga suyanish lozim.
Ma`lumki Abdurazzoq Samarqandiy Xirotdagi temuriylar saroyida 26
yil davomida mulozim (kotib) lavozimida xizmat qilgan. Uning zamondoshlari
fikricha Abdurazzoq domla bir necha asarlarining muallifidir, ammo bizgacha
faqat mazkur kitob yetib kelgan, holos.
Bu nodir kitobning to’liq nomi "Matlai sa`dayi va majmai bahrayn".
Asarni to’rt nuqtai nazardan o’rganish samarali bo’ladi, ya`ni: kitobda davlat
va jamiyat boshqaruvining umumiy qonun qoidalarini aks ettirilishi; markaziy
va joylardagi xokimiyatning o’zaro muvofiqligi; ma’muriy
boshqaruvning
ayrim usullari; rahbarlik mahorati.
Davlat va jamiyat boshqaruvining umumiy qonun-qoidalari: “Agar
ba`zi amirlar masofa yiroqligi va fitna-yu ofat qo’rqinchi sababli biz
yo’qligimizda ittifoqqa kelgan bo’lsalar, endi maslahat shuki, sen to’la
ziyraklik yuzasidan ish tutib, huzurimizga kelgin, toki biz nimaki maqul
topsak, shunga ittifoq tuzib amal qilaylik”.
Bu fikrdan biz shunday xulosa chiqarishimiz kerakki, davlatni
boshqarishda, eng avvalo, inoqlik va ittifoq darkor,
chunki mamlakat
yaxlitligicha qarshi chiqadigan fitnachilar doimo topiladi.
Markaziy va joylardagi hokimiyat muvofiqligi. Hirotdagi markaziy
xokimiyat joylardagi rahbarlarga o’z vaqtida kerakli axborotni yetkazib
turgan va shu usul orqali ularning samarali faoliyatini ta`minlagan. Amir,
Mirzo va sultonlar o’rtalarida adolatli boshqaruv masalasida turli kelishuv,
ahdnoma, bitimlar tuzilgan.
Davlat boshqaruvining bevosita usullari. Davlat boshqaruvi, albatta,
nafaqat harbiy kuchlarga suyangan holda, balki undan ko’ra ko’proq
ma’muriy choralar, jumladan, ommaviy kommunikasiya orqali amalga
oshirilgan. Bunday ma’muriy bog’lanishlar sirasiga
biz turli xatlar, buyruqlar,
nizomlar, farmonlar, yorliqlarni va boshqa shu kabi hujjatlarni kiritamiz.
Rahbar xususiyatlari. Azaldan ma`lumki, agar rahbar muayyan
qobiliyatga ega bo’lmasa, boshqaruv tartib-qoidalarni bilmasa va o’zi ularga
rioya qilmasa, uning rahbarligi uzoqqa bormaydi.
Davlatni boshqarishda bevosita birinchi shaxsning o’zi dono va adolatli
bo’lishi yetarli emas, shu bilan birga, uning atrofidagi rahbarlar ham o’z
lavozimlariga loyiq bo’lishlari kerak edi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, bu va shunga o’xshagan kitoblar bilan
zamondoshlarimiz, ayniqsa, ma’suliyatli
lavozimlarda ishlayotgan
rahbarlarimiz tanishib tursalar foydadan holi emas edi.
Dostları ilə paylaş: