“Masnaviy”dan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy
www.ziyouz.com
кутубхонаси
24
Boshini egdi:
— So‘rama ukam. Shuncha yildan buyon yiqqan yuz oltinim bor edi.
Uni bir
xaltachaga qo‘ygan edim. Shu quduq tepasiga keldim. Egilib ichiga bir qaray dedim.
Oltin xaltacham, ko‘ynimdan sirgalib quduqqa tushib ketdi arqon bor. Yechinib, quduqqa
tushib, xaltachamni topsang, senga oltinning beshdan birini beraman...
Odam: "Yuz oltinning beshdan biri yigirma oltin bo‘ladi. Yigirma oltinga esa o‘nta
qo‘chqor beradi. Bir eshik yopilgan bo‘lsa, o‘n eshik ochildi. Bir qo‘chqor ketgan bo‘lsa,
Alloh menga kattakon tuya ehson qildi" , deb o‘yladi.
Tezda bir qarorga keldi, ust boshini
yechdi. Arqonni quduq yoniga bog‘ladi, quduqqa tushdi.
Quduqqa tushar tushmas o‘g‘ri uning kiyim boshini yig‘ishtirib, qochib qoldi.
Bechora odam ta’magirligi bois ham qo‘chqordan, ham kiyimlaridan ayrildi.
Sulton Mahmud va Ayoz
Sulton Mahmud G’aznaviy bir kun ovga chiqdi. Yo‘lda bir ohuni ko‘rdi va orqasidan ot
choptirdi. Ohu tog‘larni, vodiylarni.oshib borardi. Sulton
Mahmud ohuning izidan
qolmadi. Banogoh Turkman qishlog‘iga yetib bordi. Terga botgan edi. Bir eshikni
taqillatdi, eshikni ochgan ko‘rkam yigitdan suv so‘radi. Yigit Sulton Mahmudni
tanib
;
shunday dedi:
— Bosh ustiga, sultonim. Biroq uyimizda suv yo‘q. Ogam buloq boshiga ketdi.
halizamon keladi.
Siz ichkariga kiring, dedi va sultonni gapga tutdi. Keyin o‘rnidan turib
uyidan bir kosada suv keltirdi. Sulton:
— Sen menga uyda suv yo‘q deganding. Hozir olib kelyapsan. sababi nima? deb
so‘radi. Yigit javob berdi:
— Sultonim mendan suv so‘ragan vaqtingizda juda terlagan edingiz. haroratingiz
baland edi. Agar o‘sha vaqtda sizga suv bersam, sog‘lig‘ingizga zarar bo‘lardi.
Sizning
biroz haroratingiz tushishini kutdim.
Bu javob sultonga xush yoqdi. Yigitning ismi Ayoz edi. Uni onasining roziligi bilan
saroyga olib ketdi va yangi liboslar kiydirdi. Ayoz choriq va po‘stindan iborat eski
kiyimlarini tashlamay, bir xonaga qulflar va har kun bu xonaga kirarkan:
— Ey Ayoz, bu po‘stin va choriq senikidir... Eski holingni ko‘rgin, g‘ururlanma, deb
o‘z o‘zini nazorat kilar edi. Vaqti kelib Ayoz sultonning eng yaqin nodimi bo‘ldi. Bu
hodisaga atrofidagilari hasad qildi. Uni nazardan tushirish uchun turli tuzoqlar qo‘yishdi.
Bir kun Sultonga:
— Siz ishongan Ayozning bir xonasi bor. Ichi oltin, kumush
va qimmatbaho toshlar
bilan to‘la. Ayoz u yerga hech kimni kirgizmaydi. Eshigi doimo qulfi turadi, deb fitna
uyushtirdilar.
Sultonning Ayozga ishonchi cheksiz bo‘lishi bilan birga, buni
gapirganlarga saboq
berish uchun amr berdi:
— Juda yaxshi. Boring, xonasini oching. Oltin, kumush va javohirlarni bu erga
keltiring!
Odamlar Ayozning xonasida tintuv o‘tkazdilar. Xonadan yirtiq bir choriq bilan eski bir
po‘stindan boshqa hech narsa topolmadilar. Xijolat bilan ko‘rganlarini sultonga aytib uzr
so‘radilar.
Sulton:
— Siz Ayozdan kechirim so‘rang. Gunohingizdan o‘tadigan ham,
jazo beradigan ham
u, dedi. Ayoz chaqirildi. Bo‘lib o‘tgan voqeani aytdilar. Ayoz:
— Quyosh bor ekan, yulduz ko‘rinmaydi. Mening hukm chiqarishga haqqim yo‘q.
“Masnaviy”dan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy
Dostları ilə paylaş: