Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
9
Ko‘ngulda xolidin ul xat muhabbati tushti,
Giyohi fitna ko‘kartur bu turfa dona manga. 
Sipehr gunbadi ichra netib qadah ichmay
Ki, bo‘ldi mujibi hayrat bu korxona manga. 
Navoiyo, meni Farhod dema yo Majnun,
Nedinki, hojat emas bog‘lamoq fasona manga. 
16
Tori zulf o‘lg‘ali dilband sanga,
Bo‘ldi jon rishtasi payvand sanga. 
Ham shakardur labingu ham xandon,
Yarashur asru shakarxand sanga. 
Xo‘blar mayli ko‘ngul qilmadikim,
Emas erdi biri monand sanga. 
Ey ko‘ngul, g‘unchasining hasratidin
Tushdi parkand uza parkand sanga. 
Vahki, zanjiri junun zulfungdin
Mubtalo barcha xiradmand sanga. 
Men kebi hajrg‘a qolg‘ay, ey vasl,
Har kishi bo‘lmasa xursand sanga. 
Sen ekinsenmu, Navoiy, telba,
Yo‘qsa, bergan kishilar pand sanga. 
17
Zihi, ahli din qatli oyin sanga,
Ne oyindur, ey kofiri Chin, sanga. 
Yuzung maydin o‘ldimu gulgul, vayo
Sochar charx gulbargu nasrin sanga. 
Erur g‘uncha og‘zingki, kulganda bor,
Iki barg iki la’li rangin sanga. 
Labing joni shirin kebi bo‘ldikim,
Fido bo‘ldi yuz joni shirin sanga. 
Daming, ey ko‘ngul, elni oshiq qilur,
Magarkim, berur ishq talqin sanga. 
Desang ishq dashtini qat’ aylayin,
Kerakmas buyla aqli xudbin sanga. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
10
Navoiy, bu husni kaloming bila
Emas hojat ehsonu tahsin sanga. 
18
Telba ko‘nglum yorasi hadsiz tani uryon aro,
Uyladurkim, yer tutar devonae vayron aro. 
Buki, la’ling nuktasi har dam o‘lukni tirguzur,
Kirdi Ruhulloh, magar ul chashmai hayvon aro. 
La’l yozilg‘on kebidur la’l aro qilsang nazar,
Ko‘zki hayratdin tikibmen ul labi xandon aro. 
Qatra su ichra, degaykim, bargi gulning aksidur,
Qatra qonim rangini kim ko‘rsa ul paykon aro. 
Qomating yodida ko‘nglum ichra har keskan alif,
Rost bo‘lmish ul alifdekki, yozilg‘ay jon aro. 
Jon fidong o‘lsun, habibimkim, hamono bor edi,
Qasdi mahluqot aro insonu sen inson aro. 
Ey Navoiy, istasangkim o‘lmagay el darddin,
Dardi holingni dema nazm aylabon afg‘on aro. 
19
Soqiyo, naqdi hayotim javharidur jom aro 
Kim, erur jom ichra may, aksing mayi gulfom aro. 
Lojuvardi charx jomida shafaqdin quydi may,
Quy shafaqgun bodasin ham lojuvardi jom aro. 
Mast o‘lub bir dam shabob ayyomini tut mug‘tanam
Kim, yigitlik dam-badam o‘tmakdadur ayyom aro. 
Bir zamon ayrilma ahbobi neku farjomdin
Kim, erur oxir judolig‘ dahri nofarjom aro. 
Bo‘lmasa ashrof sofiy, no‘sh bazmi xushturur,
Mastlig‘ dayr ichra ham arzoli durdoshom aro. 
Chun qotiq hangomadur rihlat, icharmen tunu kun
Kim, o‘zumni aylagaymen bexud ul on hangom aro. 
Dahr no‘shi komig‘a bo‘lma, Navoiy, g‘arrakim,
Tegmasun nokomlig‘ning neshi andin kom aro. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin