Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
297
Xolingu la’ling qatilidinki, qildi tu’ma zog‘,
La’lgun aylabturur minqor ila tirnog‘ini.
Zanbaq anda lolagun butkay, shajarlar surx bid,
Har chamang‘a bersa su qonlig‘ sirishkim yog‘ini.
Zoe o‘ldi, ey ko‘ngul, g‘aflatdin
ayyomi shabob,
Bori etma favt isyondin inobat chog‘ini.
Ko‘r Navoiy shu’layu ohiyu emgaklik tanin,
Ko‘rmagan bo‘lsang balo barqiyu mehnat tog‘ini.
583
Bu bayramda qani sho‘xeki, jonim bo‘lsa qurboni
Ki, tutsa boda rangi uylakim, qurbonilar qoni.
Aning jomi hilol oyin,
shafaq oso mayi rangin,
Tutub ul soqiyi shirin, sumursam dam-badam oni.
Bo‘lub ul chobuki mahvash, necha sog‘ar bila sarxush,
Minib bir tavsani abrash, chu bo‘ldi azmi maydoni.
Tushub din ahlig‘a ofat, solib islom aro g‘orat,
Bo‘lub
xalq ichra bir holatki, qolmay kimsaning joni.
Yuzi maydin bo‘lub gul-gul, parishon har taraf kokul,
O‘zin asrarg‘a yo‘q Ruhul aminning haddu imkoni.
Qabaq xayli aro g‘avg‘o, namoz ahlida ming yag‘mo,
Duoda gunbadi miynodin oshib xalq afg‘oni.
Zihi iqbol anga hamdastkim, iyd oqshomi payvast,
Bu yanglig‘ chobuku sarmast aning bo‘lsa mehmoni.
Agar iyd istasang har dam,
fano zaylini tut mahkam
Ki, bir damda iki bayramg‘a uchrar soliki foniy.
Navoiy zoru muztardur, qatil aylarga darxurdur,
Jamoling iydi akbardur, qil oxir ani qurboni.
584
Vahkim, yana bir mug‘bacha dinim yo‘lin urdi,
Zuhdu vara’im xirmanini ko‘kka sovurdi.
Mast ayladi andoqki, tushub ollig‘a boshim,
But ollida bu makr bila sajda buyurdi.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: