Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
89
degan joygacha, sovutilmagan otlar (mingan chavandozlar) o‘rtasida
esa Saniyyat ul-
Vido’dan to Baniy Zurayx, masjidigacha poyga uyushtirdilar». Poygachilar orasida
Abdulloh ham bor edilar.
42-bob. Masjidda mol taqsimlash va masjidga xurmo shingilini osish
Anas raziyallohu anhudan: «Rasululloh sallallohu alayhi
va sallamga Bahrayndan mol
keltirishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Masjidga to‘kib qo‘yingiz»,—
dedilar. Bu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ilgari keltirilgan mollardan ham ko‘p
erdi. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozga chiqdilar, lekin molga
qayrilib ham boqmadilar. Namozni tugatganlaridan keyingina molni taqsimlashga
kirishdilar, ko‘zlari
tushgan odamga ulashdilar, hech kim qolmadi, hammasiga berdilar.
Shu payt amakilari Abbos kelib qoldilar va: «Yo Rasululloh, shu moldan menga ham
beringiz, chunki men (Badr urushida) o‘zim va ukam Uqayl uchun fidya berdim (jon
to‘lovi to‘ladim)»,—dedilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Oling!»—
dedilar. Abbos
ridolariga hovuchlab soldilar, keyin ko‘tarishga urindilar, ko‘tara
olmadilar. So‘ng: «Yo Rasululloh, birontasiga aytingiz, ko‘tartirib yuborsin!»—dedilar.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yo‘q!»— dedilar. «(Bo‘lmasa) o‘zingiz ko‘targ‘izib
yuboringiz!»—dedilar Abbos. Rasululloh yana «Yo‘q!» — dedilar. Amakilari bir oz to‘kib,
so‘ng ko‘tarishga urindilar, yana ko‘tara olmadilar. So‘ng: «Rasululloh, buyuringiz,
birontasi ko‘tartirib yuborsin!»—dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yana:
«Yo‘q!»— dedilar. Amakilari: «O’zingiz ko‘tartirib yuboringiz!»— dedilar.
Rasululloh bu
gal ham: «Yo‘q!»—dedilar. Abbos yana ozgina to‘kib tashladilar, keyin yelkalariga
ko‘tarib chiqib ketdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abbos amakilari
ko‘zga ko‘rinmay ketgunlaricha
orqalaridan tikilib qoldilar, u kishining molga nisbatan
bo‘lgan xirsiga ajablandilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘sha yerda moldan
biron dirham qolmaguncha o‘rinlaridan turmadilar».
Dostları ilə paylaş: