Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Uylarda (masjid) maxsus namoz o‘qiydirgan joy qilib olish



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/490
tarix27.11.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#120006
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome as-sahih. 1-jild

46-bob. Uylarda (masjid) maxsus namoz o‘qiydirgan joy qilib olish 
Barro ibn Ozib o‘z hoshtasidagi masjidida jamoat bilan namoz o‘qidi. 
Mahmud ibn ar-Rabi’ rivoyat qiladilar: «Utbon — Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamning, Badr urushida birga qatnashgan ansoriy sahobalaridandir. U Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallamga kelib: «Yo Rasululloh, ko‘zim xiralashib qoldi. Men o‘z 
qavmimning imomiman. Yomg‘ir yog‘ganda mening uyim birlan qavmim o‘rtasidagi 
vodiyda suv to‘planib, ularning masjidiga borib namoz o‘qib bera olmayotirman. Yo 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, sizdan iltijo qilg‘ayman, menikiga borib, uyimda 
namoz o‘qisangiz, men o‘sha joyni o‘zimga namozgoh qilib olsam!» — dedi. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam unga: «Inshoolloh, shunday qilg‘aydurman»,— dedilar. Utbon 
aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va Abu Bakr Siddiq erta bilan quyosh 
bir oz ko‘tarilgach, keldilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kirishga ruxsat 
so‘radilar. Ularni hovliga taklif qildim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyga 
kirgach, o‘tirmasdan: «Uyingning qay yerida namoz o‘qib bermog‘imni istaydursen?» — 
dedilar. Men uyimning bir tomonini Rasulullohga ko‘rsatdim. Ul zot o‘sha yerda namozga 
takbiri tahrima aytdilar. Biz orqalarida saf turib, u kishiga iqtido qildik, ikki rak’at namoz 
o‘qib, keyin salom berdilar. Biz Rasulullohni, u kishi uchun tayyorlangan «xazira» degan 
taomni yeb keting, deb qo‘ymadik. Mahallamdagilar (Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam kelibdilar, deb) ketma-ket uyimga kirib kelishdi. Ulardan biri: «Molik ibn Duxshin 
qani?» — dedi. Kimdir: «U munofiq, Olloh va uning Rasulini yaxshi ko‘rmaydir»,— dedi. 
Shunda Rasululloh: «Undoq demangiz, u Ollohning rizolig‘ini tilab, «Lo iloha illallohu 
Muhammadun Rasululloh»,— deganku, bilmaydursizmi?» — dedilar. Kimdir: «Olloh va 
uning Rasuli yaxshiroq bilg‘aydir»,— dedi. Yana kimdir: «Biz uning munofiqlarga 
yondoshayotganini, ularning yonini olayotganini ko‘rayotirmiz»,— dedi. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam: «Ollohning rizolig‘ini istab, «Lo iloha illallohu Muhammadun 
rasululloh»,— degan kishiga Olloh do‘zax o‘tini harom ayladi»,— dedilar. Ibn Shihob az-
Zuhriy: «Keyin ushbu hadisni al-Husayn ibn Muhammaddan so‘radim. U Baniy Solim 
qabilasining nufuzli kishilaridan biri bo‘lib, mazkur hadisni tasdiqlaydir»,— deydilar». 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin