degan kishi haqida Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Asho’ (xufton) va fajr (bomdod)
namozlari munofiqlarga og‘ir kelib qoldi. Shunda Janob Rasululloh: «Atama (xufton) va
fajr (bomdod) namozlarida nechuk savob borlig‘ini bilishsa erdi!»—dedilar.
Abu Abdulloh: «Asho’ (xufton) deb ataydirmi, atama (xufton) deb ataydirmi, kishining
o‘z ixtiyoridadir, masalan, Olloh taolo: «Kimki asho’din (xuftondin) keyin...» deb
aytadir»,— deydilar. Abu Muso: «Biz Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan navbatma-
navbat asho’ga imomlik qilur erdik. Bu safar ham bizning navbatimiz erdi, ittifoqo, u
kishi asho’ga imomlik qilg‘aymen, deb salla o‘rab chiqdilar»,— deydilar. Ibn Abbos va
Oisha onamiz: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam asho’ga salla o‘rab chiqdilar»,—
deydilar. Ba’zilar Oisha onamizdan naql qilib: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam atamaga
(xuftonga) salla o‘rab chiqdilar»,— deyishadi. Jobir raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu
alayhi va sallam asho’ o‘qir erdilar»,— deydilar. Abu Barza: «Nabiy sallallohu alayhi va
sallam asho’ni kechiktirib o‘qir erdilar»,— deydilar. Anas: «Nabiy sallallohu alayhi va
sallam asho’ni juda kech o‘qidilar»,— deydilar. Ibn Umar, Abu Ayyub va Ibn Abbos:
«Nabiy sallalloxu alayhi va sallam shom va asho’ o‘qidilar»,— deyishadi.
Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Tunlardan birida Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam odamlar atama deb ataydirgan asho’ (xufton) namozini biz birlan birga
o‘qidilar. Keyin, Janob Rasululloh bizga yuzlanib: «Bilib qo‘yingiz, mana shul kechadan
roppa-rosa yuz yil o‘tgach, yer yuzida hozir mavjud bo‘lgan odamlardan birortasi ham
qolmag‘aydir»,— dedilar».
20-bob. Namozxonlar vaqtida yig‘ilganda yokim kech qolganda xufton qachon o‘qiladir? Muhammad ibn Amr rivoyat qiladirlar: «Jobirdan Nabiy sallallohu alayhi va sallamning
nechuk namoz o‘qimoqlarini so‘radik, ul kishi: «Janob Rasululloh peshinni kun qattiq
qizigan paytda, asrni Quyoshning tafti o‘lmagan paytda, shomni Quyosh botganda,
xuftonni ersa, masjidga odam ko‘p yig‘ilganda tezdan o‘qiyverar erdilar. Masjidga odam
kam yig‘ilganda xuftonni kechiktirar erdilar. Bomdodni qorong‘uda o‘qir erdilar — dedi».