19-bob. Sajdai sahv haqida (namozning ikkinchi rak’atida o‘tirmasdan turib ketgandagi xatoni tuzatmoq uchun kilinadigan sajda) Abdulloh ibn Buhayna raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Besh vaqt namozlardan birida
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga imomlik qildilar. Shunda ikkinchi rak’atdan
keyin, o‘tirmasdan turib ketdilar. Ketlaridan odamlar ham turishdi. Namozni tugatib,
salom bermoqlarini kutib turdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam salom bermoqdan
avval, o‘tirgan hollarida takbir aytib ikki marta sajda qildilar-da, so‘ng salom berdilar».
Abdulloh ibn Buhayna rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin
namozining ikkinchi rak’atidan so‘ng, o‘tirmasdan turib ketdilar. Shunda namozni
tugatgach, ikki marta sajda qilib, keyin salom berdilar».
20-bob. Agar namozxon to‘rt rak’atli namozni besh rak’at qilib o‘qib qo‘ysa... Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin
namozini besh rak’at o‘qib yubordilar. Salomdan so‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va
sallamga: «Namozning rak’ati ko‘paytirildimi?» - deb so‘rashdi. Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam: «Nega bundoq dersizlar?»-dedilar. «Besh rak’at o‘qidingiz»,- deyishdi.
Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahv uchun (xatoni yuvmoq uchun) yana
ikki marta sajda qildilar».
21-bob. Namozxon ikkinchi yoki uchinchi rak’atda bilmay salom berib qo‘ysa, odatdagi sajda kabi yoki undan uzoqroq yana ikki marta sajda qiladir Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
bizga imomlik qilib peshin yokim asr namozini o‘qidilar. Ikkinchi rak’atga kelganda salom
berdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Zulyadayn degan kishi: «Yo
Rasululloh, namoz qisqardimi?» - dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
sahobalariga qarab: «Zulyadayn to‘g‘ri aytayotirmi?» - dedilar. Sahobalar: «Ha»,- deb
javob berishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahv uchun yana ikki rak’at
namoz o‘qib, so‘ng ikki marta sajda qildilar».
Sa’d rivoyat qiladilar: «Ursh ibn Zubayr bizga imom bo‘lib shom o‘qiganida ikkinchi
rak’atdan keyin salom berdi. So‘ng, (biz birlan) bir oz so‘zlashgach, namozning qolganini
o‘qib, sajdai sahv qildi-da: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shundoq qilganlar»,-
dedi».