Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
243
25-bob. Farz va nafl namozlarida sajdai sahv qilmoq
Ibn Abbos raziyallohu anhu vitr namozidan so‘ng sajdai sahv qildilar.
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Birortangiz (nafl yokim farz) namozi o‘qiyotgan ersangiz,
shayton kelib fikringizni
chalg‘ita boshlag‘aydir, hatto necha rak’at o‘qiganingizni bilmay qolursiz. Agar shundoq
ahvolga tushgaydirsiz, o‘tirgan holda sahv uchun ikki marta sajda qilingiz!»-deb
aytganlar».
26-bob. Birov namoz o‘qiyotgan kishiga gapirsa-yu, u: «nari turg‘il!»-deb
ishora qilganda quloq solib, nari ketsa
Yahyo ibn Sulaymon rivoyat qiladirlar: «Ibn Abbos,' Misvar ibn Maxrama va
Abdurrahmon ibn Azharlar Kuraybga Oisha onamiz xuzurlariga borib, avvalo
hammalaridan salom aytmakni, keyin asr namozidan so‘ng o‘qiladirgan ikki rak’at
namoz
to‘g‘risida so‘rab, bilib kelmakni topshirishdi. Keyin: «Biz sizning asr namozidan keyin
ikki rak’at namoz o‘qimog‘ingizdan xabardormiz, biroq Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam asrdan keyin namoz o‘qimakni man’ qilganlar, deb ham eshitdik. Ibn Abbos:
«Ogam Umar ibn Xattob asrdan keyin namoz o‘qigan odamlarni urar erdilar»,- deydilar,
siz ne deydirsiz? deb aytg‘il!» - deyishibdi. «Oisha
onamiz huzurlariga kirib, menga
tayinlangan gaplarni aytdim,- deydi Kurayb,-Oisha onamiz Ummu Salamadan so‘rag‘il!»
- dedilar. Men Ummu Salama onamizga bor gapni aytgan erdim, ul kishi bundoq dedilar:
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning asrdan so‘ng namoz o‘qimakni man’
qilganlari to‘g‘risida eshitdim-u, biroq o‘zlarining asrdan
keyin mening hujramga kirib
ikki rak’at namoz o‘qiganlarini ko‘rdim. O’shanda ansoriy qabilalardan biri bo‘lmish Baniy
Harom qabilasiga maisub bir guruh xotinlar menikida o‘tirishgan erdi. Men cho‘rimga:
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oldilariga borg‘ilda, «Yo Rasululloh, asrdan keyin
namoz o‘qimakni man’ qilgandirsiz,
deb eshitgan erdik, o‘zingiz bo‘lsangiz, o‘qiyotirsiz!»-
degil, agar qo‘llari birlan «Nari turg‘il!» deb ishora qilsalar, nari turg‘il!» - dedim. Cho‘ri
shundoq qildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llari birlan ishora qildilar, cho‘ri
nari turdi. Namozdan keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Abu Umayyaning
qizi, asrdan keyin o‘qiladirgan ikki rak’at namoz to‘g‘risida so‘rading.
Men senga bir gap
aytayin. Abd ul-Qays qabilasidan huzurimga odamlar kelishgan erdi. O’shalar birlan
band bo‘lib qolib, peshinning ikki rak’atini o‘qiyolmay qolgan erdim, hozir o‘shal qazo
bo‘lgan ikki rak’atni o‘kidim»,- dedilar».
Dostları ilə paylaş: