Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
286
kelg‘aydirkim, odamlar kimga sadaqa bermoqni bilmay, sarson bo‘lur.
Kimga sadaqa
uzatilsa, o‘shal: «Kecha olib kelganingizda olar erdim, lekin bugun sadaqaga ehtiyojim
yo‘qdir»,- deydir». .`
115-bob. Xizmatchisi orqali sadaqa bergan kishi haqida
Abu Muso: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham sadaqa berguvchilardandirlar»,-
deydilar.
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar
ayol yaxshi niyat birlan o‘z uyidagi yeguliklardan sadaqa qilsa, o‘shal bergan narsasiga
yarasha unga savobi bo‘lg‘aydir, ishlab topib kelgan
eriga ham savobi tekkaydir,
shuningdek xazinachisiga ham savobi bordir. Ularning barchasi baravar savob
olishg‘aydir, biriniki biridan kam bo‘lmag‘aydir»,- deganlar.
Dostları ilə paylaş: