Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/84
tarix21.09.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#117910
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   84
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
63
* * * 
Qah-qah urar bo‘lsam, vijdonimdan me 
Mehnatim evazin so‘rab olurman. 
Benaf o‘tgan damlar, men sizning uchun 
Hayhot, qabrimga ham yig‘lab borurma 
1991 
ERK HAQQI 
Qadimiy bobo yurtim, 
Qutlug‘ bo‘lsin yaloving, 
O’ylay-o‘ylay tashlagan 
Qadam muborak bo‘lsin. 
Tag‘in gurillab yongay 
O’chmagan qalb oloving
Erk haqqiga ichilgan 
Qasam muborak bo‘lsin. 
Kimsaga yomonlikni 
Ko‘rmagansan hech ravo, 
Lekin shum qutqulardan 
Chiqmadi sho‘rlik boshing, 
Endi seni qo‘llasin 
Zafar o‘zi doimo, 
Safaring bexataru 
Xizr bo‘lsin yo‘ldoshing. 
1991 
FOJIA 
Baxtlidir, o‘z davrin zavolin ko‘rmay 
Yo‘qlikka ravona bo‘lolgan inson. 
Baxtlidir, yanglishib ekkanin o‘rmay, 
Shudgorin qaytadan boshlagan dehqon. 
Mo‘ysafid jangchiga qarayman g‘amgin 
Ko‘ksida nishonu ko‘cha-ko‘yda xor. 
Unga na o‘tmishi berolgay taskin, 
Va na kelajakdan zarra umid bor. 
Nahot o‘tgan umr butkul havoyi, 
Nahot ko‘rganlarin barchasi sarob. 
Nahot yetmish to‘rt yil sig‘ingan joyi 
Manfur manzil bo‘lsa, jirkanch va xarob. 
Avliyo degani - yovuz jodugar
Dohiy deganlari - kallakesar zot. 
Nabirang o‘zingga tutsa og‘u gar, 
Dardingni kimga ham degaysan, hayhot. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
64
Shahid ketmasmidi o‘sha jang chog‘i 
Fidoyi bir askar nomini olib. 
Bugun na qalqon bor, na bor yarog‘i, 
Mag‘lubdan sadaqa so‘raydi g‘olib. 
Olamda fojia ko‘p erur, biroq, 
Bunisin alami haddan ziyoda
Oh, nechog‘ dahshatdir, tirik turgan cho 
Umring oyoqosti bo‘lsa dunyoda... 
1991 
HAYOT SABOQLARI 
Ikki og‘a-ini yovlashdi bir kun
Ikkovlon sig‘madi bitta makonga. 
Nainki bir makon, tor bo‘ldi ochun, 
Ketdi ikkisi ham ikki tomonga. 
Oylar, yillar o‘tdi oradan qancha, 
Axir bir-birlarin topdilar omon. 
Titroq yelkalarga boshin qo‘ygancha 
Ho‘ng-ho‘ng yig‘lashdilar go‘daklarsimon. 
Xo‘sh, nima bo‘libdi, dersiz, albatta, 
Kammi bu dunyoda ahil, noahil. 
Lekin, nahot deyman, faqat kulfatda 
Namoyon bo‘ladi muhabbat asl. 
Anglamoq istayman bu holning sirin 
Boqib atrofimga men gohi onlar. 
Bunda ko‘rib tursa ular bir-birin 
Balki yeb qo‘yardi allaqachonlar... 
1991 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin