«TAYYOR MAHSULOTNING PUL SHAKLIDAGI XARAKATI»
Ko`rsatkichlar
|
Baxosi
bo`yicha
|
Tannarx
bo`yicha
|
Yozuv uchun asos
|
Oy boshiga bo`lgan koldik
|
80000
|
71661
|
Avvalgi oy uchun 16-
vedomost
|
Ishlab chiqarishgan qabul qilish
|
434200
|
430269
|
Hisobot oyi uchun mahsulot ishlab chiqarish
vedomosti
|
Koldik bilan jami xaqikiy tannarxning hisob baxosiga nisbati, %
|
514200
|
506385
98,48
|
Hisoblash yo`li: 3 satr : 2 satr x 100= 506385x100
|
|
|
|
—————— - 98,48
514200
|
Hisobot oyidagi ortib jo`natilgan mahsulot
|
439480
|
432800
|
Hisobot oyi uchun 1b- vedomostning 2-bo`limi
|
Oy oxiriga bo`lgan koldik
|
74720
|
73585
|
Hisoblash yo`li orkali
|
1b-vedomostning oylik jami summasi 11-jurnal-orderga ko`chiriladi. Bu jurnal-order ikki bo`limdan iborat bo`lib, 1-bo`limda Tayyor mahsulot, davr harajatlarining realizatsiya bilan bog`liq harajatlar subscheti, jo`natilgan tovarlar, sotish, haridorlar va buyurtmachilar bilan hisob- kitob schetlarining krediti bo`yicha yozuvlar keltiriladi. Bu jurnal-orderning ikkinchi bo`limida mahsulot sotish bo`yicha analitik hisob maolumotlari keltiriladi.
16-vedomost va 11-jurnal-order asosida tuziladigan tovarni sotish xaqidagi hisobotda quyidagi ko`rsatkichlar ko`rsatiladi: sotilgan mahsulotning reja ishlab chiqarish tannarxi, reja va xaqiqiy ishlab chiqarish tannarxi o`rtasidagi farq. Davr harajatlarining realizatsiya bilan bog`liq harajatlar subscheti, soliq, sotishdan olingan mablag` va oxirgi moliyaviy natija, yaoni foyda yeki zarar summasi. Ushbu hisobot maolumotlari sotish rejasining bajarilishini tahlil va nazorat qilish, rejaga nisbagan davr harajatlarining ishlab chiqarishdan tashqari harajatlar subscheti tarkibi, mahsulot sotish assortimentining o`zgarishini, moliyaviy natijaga tag`sir qiluvchi faktlarni (sotish xajmi va boshq.) aniqlash imkoniyatini beradi.
Ombordan Tayyor mahsulot haridorlarga korxonaning sotiq bo`limi buyrug`iga asosan jo`natiladi. Mahsulotni sotish haridor korxonalar bilan tuzilgan shartnoma va jo`natish grafigiga
muvofiq, amalga oshiriladi.
Korxonaning moliya bo`limi yeki buxgalteriya (agar korxona shtatida moliya bo`limi ko`zda tutilmagan bo`lsa) haridor-korxona nomiga schet-to`lov-talabnoma hujjatini yozib, tovar sotuvchi korxonaga xizmat ko`rsatadigan bankka topshiradi.
To`lov-talabnoma mol yetkazib beruvchining schet-fakturaga mos ravishda ortib jo`natilgan mahsulot qiymati uchun haridorning hisob-kitob raqamidan pulni o`tkazib berishi to`g`risida bankga bergan buyrug`idir. Unda ortib jo`natilgan mahsulot qiymati va sotish bahosi, soni, assortimenti qayd qilinadi (bu xolatda schet-faktura albatta to`lov-talabnomasiga ilova qilinishi lozim).
Schet-faktura yeki to`lov-talabnomasining aloxida bo`lmasida tara va qadoqlash qiymati hamda haridor tomonidan to`lanadigan temiryo`l tarifi bo`yicha summa ko`rsatiladi. Baozida haridor tomonidan to`lanishi lozim bo`lgan temiryo`l tag`rifi bo`yicha summaga umumiy mahsulotning sotish bahosi qo`shib ko`rsatilishi mumkin. Qo`shilgan qiymatdan soliq summasi aloxida bo`limda ko`rsatiladi. Mol yetkazib beruvchi bilan haridor o`rtasida tuzilayetgan shartnoma vaqtida franko-joy to`g`risida to`xtalib o`tiladiki, bunda mahsulotni ortib jo`natish bilan bog`liq harajatlarni mol yetkazib beruvchi o`z zimmasiga oladi. Franko-joyning quyidagi turlari mavjud:
Dostları ilə paylaş: |