Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


«Bu qandoq kitobki, na kichik va katta na katta (gunohni) qoldirmay, barchasini hisoblab-bitib qo‘yibdi»



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə67/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   247
«Bu qandoq kitobki, na kichik va katta na katta (gunohni) qoldirmay, barchasini hisoblab-bitib qo‘yibdi» (Kahf, 49) oyati haqida aytdi: «Kichigi tabassum, kattasi – qahqahadir», ya’ni qahqaha katta gunohlardandir.
Abdulloh ibn Amr ibn Osdan rivoyat qilindi: «Agar men bilgan narsani bilganlaringizda edi, kam kulib, ko‘p yig‘lardingiz. Agar men bilgan narsani bilganla-ringizda edi, bellaringiz uzilguncha sajda qilardingiz, ovozingiz o‘chguncha baqirardingiz. Alloh taologa yig‘langlar! Agar yig‘lamoqqa qodir bo‘lmasangiz, yig‘lovchiga o‘xshanglar».
252. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar : «Qiyomat kunida uch ko‘zdan boshqa hamma ko‘z yig‘laydi:

1. Allohdan qo‘rqib yig‘lagan ko‘z. 2. Alloh harom qilgan narsalardan tiyilgan ko‘z. 3. Alloh yo‘lida tong ottirgan ko‘z».


Abu Hanifa aytdi, Alloh undan rozi bo‘lsin: «Men bir marta kulganman, o‘shanga ko‘p pushaymonlarim bor. Amr ibn Ubayd Qadariy mutaziliylarining imomi bilan munozara qildim. Vaqtiki, g‘alabani sezib, kuldim, menga aytdiki: «Ilmdan gapirib, yana kulasan. Senga hech qachon gapirmayman». Men o‘sha ishga pushaymon bo‘ldim. Shu vaqtda kulmaganimda edi, uning menga aytgan so‘ziga javob qaytarardim. Bunda olimning salohiyati bordir».
Muhammad ibn Abdullohdan rivoyat qilindi, u kishi aytdi: «Kim ortiqcha qarashni tark qilsa, xushu’ga yetgan bo‘ladi, kim kibrni tashlasa, tavozu’ga yetgan bo‘ladi, ko‘p gapirishni tashlasa, hikmatga yetadi. Kim ko‘p ovqat yeyishni tashlasa, ibodatning halovati bo‘ladi, kim mazax qilishni tashlasa, yuzi yorug‘ bo‘ladi, kim kulishni tark qilsa, haybatga yetgan bo‘ladi, kim rag‘batni tark qilsa, muhabbatga yetgan bo‘ladi. (Ya’ni odamlarning mollaridan rag‘bat qilishni tashlasa, odamlar uni yaxshi ko‘radi.) Kim josuslikni tark qilsa o‘zining ayblarini isloh qilishga yetadi, kim Allohning sifatlarida gumonni tashlasa, shubha va nifoqdan najot topadi».
253. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Alloh taoloning: «Uning tagida ular uchun bir xazina bor edi» (Kahf, 82), degan so‘zidagi «xazina» tillodan lavh (taxta) bo‘lib, unda beshta satr yozilgan:

1. O‘limga ishonib, xursand bo‘lib yurgan kishiga ajablandim.

2. Do‘zaxni bilib, kulib yurgan kishiga ajablandim.

3. Qadarga ishonib, yana xafa bo‘ladigan kishiga ajablandim.

4. Dunyoning ketib qolishini va ahliga kelishini bilib, xotirjam bo‘lgan kishidan ajablandim.

5. La ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh – Allohdan boshqa ma’bud yo‘q, Muhammad uning elchisidir».


Sobit Banoniy, Alloh rahmat qilsin, aytdi: «Mo‘minning kulishligi oxirat ishlaridan g‘aflatda qolishidandir. Agar undan g‘aflatda bo‘lmaganda edi, hech kulmasdi».
Yahyo ibn Maoz Roziy, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: «Bir xursandchilikni talab qilgin,

uning orqasida xafachilik bo‘lmasin, bir xafachilikni talab qilgin, uning orqasida xursandchilik bo‘lmasin». Ya’ni, demak, agar jannat xur-sandchilik bo‘lmasin». Ya’ni, demak, agar jannat xursand-chiligiga yetmoqlikni xohlasang, bu dunyoda xafa holda bo‘lgin. Kuluvchi, xursand holda bo‘lmaginki, jannat xursandchiligiga yetishing uchun. U xursandchilikning orqasida xafalik yo‘q.


Va yana aytildi: «Uch narsa qalbni qattiq qiladi: sababsiz kulish, qorni och bo‘lmasdan yeyishlik va hojatsiz gapirishlik».
254. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Yolg‘on gapirib, odamlarni kuldirgan kimsaga vayl bo‘lsin, vayl bo‘lsin, vayl bo‘lsin!»
Ibrohim Naxaiy aytdi: «Kishi gapirib atrofdagilarni kuldiradi. Bu kalima bilan Alloh g‘azab qiladi va unga Allohning g‘azabi bo‘ladi. Bu g‘azab uning atrofidagilarni umum qiladi (qo‘shib yuboradi). Kishi bir kalima gapiradi. U kalima bilan Alloh rozi bo‘ladi, unga va atrofidagilarga rahmat yetadi».
255. Rasululloh (s.a.v.) Abu Hurayraga aytdilar: «Ey Abu Hurayra, taqvodor bo‘lgin, odamlarning obidrog‘i bo‘lasan, qanoatli bo‘lgin, odamlarning shukr qilguvchirog‘i bo‘lasan, o‘zing yaxshi ko‘rgan narsani odamlar uchun ham yaxshi ko‘rgin, mo‘min bo‘lasan, kulishni kamaytirgin, chunki ko‘p kulishlik qalbni o‘ldiradi».
Ahnaf ibn Qays aytadi: Umar ibn Xattob, Alloh undan rozi bo‘lsin: «Ey Ahnaf, kim kulishni ko‘paytirsa, uning haybati kamayadi; kim mazax qilsa, u bilan yengil sanaladi; kim bir narsani ko‘paytirsa, o‘sha bilan taniladi. Kim gapni ko‘paytirsa, uning xatosi ko‘payadi; xatosi ko‘pning hayosi kamayadi; kimning hayosi kamaysa, uning taqvosi kamayadi; kimning taqvosi kamaysa, uning qalbi o‘ladi; kimning qalbi o‘lsa, do‘zax unga avloroq bo‘ladi».
Faqih aytadi: Qah-qaha otib kulishdan saqlan. Chunki unda sakkizta ofat bordir:

1. Seni ulamolar va aqlli kishilar yomon ko‘radi.

2. Senga johillar va axmoqlar jur’at qiladi.

3. Agar johil (ilmsiz) bo‘lsa, ilmsizligi ortadi, agar olim bo‘lsa, ilmi kamayadi. Chunki xabarda keldi: «Albatta, olim kishi kulsa, uning ba’zi ilmi otilib chiqadi».

4. Qahqaha otib kulishdan o‘tgan gunohlarni unutish bordir.

5. Qahqaha otib kulinsa, kelajakda gunohlarga jur’at qilinadi. Chunki, kim kulsa, qalbi qattiq bo‘ladi.

6. Unda o‘limni va oxirat ishlarini unutish bordir.

7. U kuldirgan kishining gunohi unga o‘tadi.

8. Ozgina kulish bilan oxiratda ko‘p yig‘lash «mukofoti» bor.
Alloh taolo aytdi: «Bas, o‘zlari kasb qilgan narsalari jazosiga ozgina kulsinlar, ko‘p yig‘lasinlar» (Tavba, 82).
Abu Zarr (roziyallohu anhu) Allohning kalomidagi «ozgina kulsinlar»ning ma’nosini aytadi: «Albatta, dunyo ozgina (qisqa), unda xohlaganlaringcha kulinglar. Agar Allohga qaytsalar, shunchalik yig‘laydiki, yig‘i uzilmaydi. Bu Allohning so‘zi: «o‘zlarining kasb qilgan narsalari jazosiga ko‘p yig‘lasinlar». Allohning so‘zi haqdir. Alloh haqni aytdi».


XXII bob. Kulishdan qaytarish bobi hadislari
1. Hadis. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kunning avvalida uxlashlik...” Sahih mavquf*. Bayhaqiy, “Ash-shu’ab” (4737-4737) va Daylamiy

(7161) va “Tanzihush-shariyati” (198/2)ga qarang.

2. Ibn Umar. “Payg‘ambar (s.a.v.) bir kuni masjidga chiqdilar...” Hasan*. Termiziy (2308), Nasoiy (414), Ibn Moja (4258).

3. Hadis. “Ogoh bo‘linglar! Mening nafsim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6486/11) va Muslim (2359) Anasdan.

4. Hadis. “Albatta Islom g‘arib holatda boshlandi...” Sahih*. Muslim (145), Termiziy (2629) va Ibn Moja (3976) Abu Hurayradan.

5. Ibn Abdulloh. “Payg‘ambar (s.a.v.) kulmasdilar...” Mu’zal*. “Sahihul jome’” (48/1) ga qarang.

6. Abu Zarr G‘iforiy. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar men bilgan narsalarni sizlar bilganingizda edi...” Hasan*. Ahmad (173/5) va

Termiziy (2313) va Ibn Moja (4190).

7. Muhammad ibn Ajlon. “Qiyomat kunida uch ko‘zdan boshqa hamma ko‘z yig‘laydi...” Zaif*, Abu Na’im, “Al-xulya” (163/3) va Ibn Javziy, “Zammul-havo” (141) va “Az-zaifatu” (1562) ga qarang.

8. Hadis. “Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: “Alloh taolo so‘zi: “Uning tagida ular uchun bir xazina bor edi...” Zaif* Ibn Jarir tafsirlarida

(6,5/16) Hasandan. Bayhaqiy, “Az-zuhd” (540).

9. Ibn Abbosdan. “Yolg‘on gapirib, u bilan...” Hasan*. Ahmad (523/5), Abu Dovud (4990), Termiziy (2315), Dorimiy (2702).





Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin