Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


O‘TTIZINCHI BOB TAHORATNING FAZILATLARI



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə99/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   247
O‘TTIZINCHI BOB TAHORATNING FAZILATLARI
355. Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh u kishini rahmatiga olsin) Abu Umoma Bohiliydan rivoyat qiladilar: "Men Amr ibn Abasaga: "Qanday qilib, Islomning to‘rtinchisi bo‘lding", dedim. Aytdilarki: "Men odamlarning zalolatda ekanini ko‘rardim. Sanamlardan boshqa narsalarni bilmasdim. So‘ng bir kishidan Makkadagi xabarlarni

eshitdim. Ulovimga minib, Makkaga keldim. Bu kunlarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yashirin da’vat etardilar. Chunki qavmlari u zotning ishlariga to‘sqinlik qilar edi. Men u kishiga o‘zimni bildirib, oldilariga kirdim va: "Siz kimsiz?" deb savol berdim. U kishi: "Men payg‘ambarman", dedilar. Men: "Payg‘ambar degani nima?" deb so‘radim. "Allohning elchisi", dedilar. "Alloh sizni yubordimi?" dedim. "Ha", dedilar. "Sizni qaysi ish bilan yubordi?" deb so‘radim. "Allohni bir demog‘imiz va Unga hech narsani sherik qilmasligimiz, butlarni sindirish va qarindoshlikni bog‘lashimiz uchun", dedilar. "Siz bilan yana kimlar bor bu ishning boshida?" dedim. "Hurlar va qullar bor", dedilar. O‘shanda u kishi bilan birga Abu Bakr va Bilol bor edi. Men: "Sizga ergashaman", dedim. "Sen

hozirgi kuningda hech ham qodir bo‘lmaysan. Hozir sen uyinga qayt va mening ishim ko‘ringanini eshitsang, menga ergash", dedilar. So‘ngra ahlimga qaytib, musulmon bo‘ldim".
Amr ibn Abasa hikoyalarini davom ettiradilar: "O‘sha kunda men Islomdagi to‘rtinchi kishi bo‘lganman. (Ya’ni, o‘sha vaqtda bu to‘rttalaridan boshqa musulmon yo‘q edi). So‘ngra Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qildilar. Ulovimga minib, men ham Madinaga keldim va u zotning oldilariga kirib: "Ey Rasululloh, meni taniyapsizmi?" dedim. "Ha, tanidim, – dedilar, – Makkada mening oldimga kelgan sen emasmiding?" "Ey Rasululloh, Alloh sizga o‘rgatgan narsalardan menga ham o‘rgating", dedim. "Bomdod namozini o‘qiganingdan keyin quyosh chiqquncha namoz o‘qima. Quyosh chiqayotganda ham namoz o‘qima, to ko‘tarilguncha. Chunki u shaytonni ikki shoxi orasidan chiqadi. Shu vaqt kofirlar unga sajda qilishadi. Agar bir nayza bo‘yi yoki undan ko‘proq ko‘tarilsa, namoz o‘qiyver. Chunki namoz farishtalar hozir bo‘lib, guvohlik beradigan amaldir. Quyosh qiyomga yaqin bo‘lsa ham, namoz o‘qima, chunki bu paytda jahannam qizdiriladi. Agar zavolga ketsa, namozingni o‘qiyver, chunki namoz shohidlik beruvchidir. Keyin asrni o‘qi, uni o‘qiganingdan keyin quyosh botgunicha namoz o‘qima. Chunki u shaytonning ikki shoxi orasida botadi. Bu payt kofirlar sajda qilishadi", dedilar. Men aytdim: "Ey Allohning payg‘ambari, tahoratdan xabar bering". "Sizlardan kim

tahorat qilishga kelsa, keyin og‘ziga suv olib, g‘arg‘ara qilsa, keyin burnini chaysa, qilgan xatolari og‘zidagi va burnidagi suv bilan yuvilib ketadi. So‘ng Alloh buyurganidek yuzini yuvsa, yuzining xatolari suv bilan chiqib ketadi. Keyin Alloh buyurganidek qo‘lini tirsagigacha yuvsa, Alloh qo‘llarining xatolarini suv bilan chiqarib yuboradi. Keyin Alloh buyurganidek boshiga mash tortsa, boshidagi, sochining atrofidagi xatolar suv bilan chiqib ketadi. Keyin Alloh buyurganidek ikki oyog‘ini to‘piqlari bilan yuvsa, ikki

oyog‘ining va barmoqlarining atrofidagi xatolari suv bilan chiqib ketadi. Keyin turib Allohga hamd va sano aytib, ikki rak’at namoz o‘qisa, onasidan yangi tug‘ilgandek gunohlardan xoli bo‘ladi", dedilar u zot sollallohu alayhi vasallam.
356. Faqih aytadilar: Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilindi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Alloh taolo xatolarni o‘chirib, darajalarni ko‘taradigan narsalarni sizlarga aytaymi?" dedilar. "Ha", deyishdi. "Qiyinchilik vaqtlarda tahorat qilish, makruh narsalarga sabr etish, masjidlarga qadamlarni ko‘paytirish, namozning ketidan namozni kutish. Bu ishlar sizlarga qo‘rg‘ondir" (ya’ni, dushmandan qo‘rg‘ondir).
Faqih aytadilar: Otam (r.a.) Abdulloh ibn Salomdan rivoyat qildilar: "Alloh tushirgan kitoblarning ba’zisida o‘qidimki, kim har tahorat ketganda, tahorat qilsa, xotinlarning huzuriga ko‘p kiravermasa, nohaqdan mol topgan bo‘lmasa, Alloh uni hisobsiz dunyo bilan rizqlantiradi".

357. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim pok holatda pok to‘shakda yotsa, u bilan to‘shagida farishta bo‘ladi (qo‘riqlaydi). Kechasi qaysi soatda uyqudan uyg‘onsa, farishta, ey Parvardigor, falonchi bandangning gunohini kechir, chunki u pok holatda yotdi, deb aytadi".


358. Humron ibn Abon aytadilar: "Usmon ibn Affonning tahorat qilayotganlarini ko‘rdim. Suvni qo‘llariga olib uch marta yuvdilar, keyin g‘arg‘ara va istinshoqni uch martadan qildilar. So‘ng uch marta yuzini yuvdilar, o‘ng qo‘lini tirsagi bilan qo‘shib uch marta,

chap qo‘lini tirsagi bilan qo‘shib uch marta yuvdilar. Keyin boshlariga mash tortdilar. So‘ngra ikki oyog‘ini uch marta yuvdilar. Va: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning men tahorat qilganimdek tahorat qilganlarini ko‘rganman. U zot, kim mening tahoratim kabi tahorat qilsa, keyin ikki rak’at namoz o‘qisa, shu vaqtda dunyo ishlaridan gapirmasa, o‘tgan va kelajak gunohlari mag‘firat qilinadi, degan edilar", deb aytdilar.


359. Savbon Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "To‘g‘ri bo‘linglar, hech sanay olmaysizlar. Bilingizki, amallaringizning yaxshisi namozdir. Faqat mo‘min kishigina doim tahoratli bo‘ladi".
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning "hech sanay olmaysizlar", degan so‘zlarini ma’nosi – to‘g‘ri bo‘lishga hech qodir bo‘lmaysizlar, deganidir. Yana aytiladiki, u so‘zning ma’nosi, kim to‘g‘ri bo‘lsa, uning savobini sanamoqning imkoni bo‘lmaydi, deganidir. To‘g‘ri bo‘lish – imon va toatdadir. "Faqat mo‘min kishigina doim tahoratli bo‘ladi",

degan so‘zlarini ma’nosi, tahoratni davomli qilish mo‘minlarning axloqlaridan, deganidir. Mo‘min kishiga kun bo‘yi va kechasi uxlayotganda tahoratli bo‘lmog‘i lozim, chunki bu amal tufayli Alloh va farishtalar uni yaxshi ko‘radi, Allohning panohida bo‘ladi.


Faqih aytadilar: Otam (r.a.) dedilar: "Menga yetdiki, Umar ibn Xattob (r.a.) Rasulullohning (s.a.v) sahobalaridan birini Misrga Ka’ba yopinchig‘i uchun yubordilar. Sahobiy Shomda bir nasoro olimining ibodatxonasiga tushdi. Bu olimdan ilmliroq odam ularda yo‘q edi. Rasulullohning (s.a.v) elchilari u bilan uchrashmoqni, ilmidan eshitmoqni xohladi. Uyiga kelib, eshikni ochishlarini so‘radi. Eshik uzoq vaqt ochilmadi, nihoyat olimning oldiga kirdi va eshikda ushlanib qolganidan shikoyat qildi. Olim aytdiki: "Biz oldimizga kelayotganingda seni sulton haybatida ko‘rdik va qo‘rqib eshikni ochmadik. Alloh taolo Musoga: "Ey Muso, sultondan qo‘rqsang, tahorat qil va ahlingni ham tahoratga buyur. Chunki kim tahorat qilsa, qo‘rqqanidan omonda bo‘ladi", degan. Senga eshikni ochmay turganimiz tahorat qilib olib, namoz o‘qib, sendan omonlik topishimiz uchun edi. Va keyin eshikni ochdik".
Faqih aytadilar: Tahorat qilayotgan kishi tahoratini ta’zim bilan qilishi va bu tahorat bilan Rabbining ziyoratida bo‘lishini bilishi, so‘ngra hamma gunohlariga tavba qilishi lozim. Chunki Alloh taolo suv bilan yuvishni gunohlardan ham poklanish belgisi qildi. Tahoratni Alloh ismi bilan boshlamog‘i lozim. Farg‘ara, istinshoq qilsa, og‘zini g‘iybatdan va yolg‘ondan, yuzini yuvsa, haromga qarashdan poklangan bo‘ladi. Boshqa a’zolarda ham shunday. A’zolarini yuvib bo‘lsa, Allohga duo qiladi va tasbeh aytadi.
360. Hadisda rivoyat qilinadi: "Mo‘min banda tahoratni qilib bo‘lgandan keyin: "Subhanakallohu va bihamdika, ashhadu alla-a ilaha illa anta, astag‘firuka va atubu ilayk", desa, yaxshilik tamg‘asini bosadi. So‘ng u tamg‘a arshning tagiga qo‘yiladi. U qiyomat kunida egasiga qaytarilguncha sindirilmaydi".

361. Uqba ibn Omir Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Sizlardan qaysi biringiz tahorat qilib bo‘lgandan keyin: "Ashhadu alla-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharikalahu va anna Muhammadan abduhu va rosuluh", desa, jannatning sakkiz darvozasi ochiladi. U yerga xohlaganidan kiradi".


362. Abu Dardo (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Kim besh amalni imon bilan qilsa, jannatga kiradi: Besh vaqt namozlarini o‘z vaqtida o‘qigan, tahoratlari, ruku’lari, sajdalarini qilib, zakotini xursand holda ado etgan kishi, Allohga qasamki, bu ishni faqat mo‘min qiladi; yana ramazonda ro‘za tutgan, qodir bo‘lsa, Allohning uyiga haj qilgan va omonatni ado etgan kishi".
Abu Dardodan omonatning nimaligini so‘rashdi. U zot (r.a.): "Jinobatdan yuvinish. Alloh taolo dinida odam farzandiga bundan ko‘ra omonatroq narsa bermagan", dedilar.
363. Usmon ibn Affon rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim tahoratini Alloh buyurgandek mukammal qilsa va namozni Alloh buyurgandek ado etsa, u ikkisi orasidagi gunohlarga kafforat bo‘ladi".
364. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Bir kuni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bomdod namozi paytida Bilolga: "Ey Bilol! Islomda qilgan pok amalingni menga ayt, chunki shu kecha jannatda kovushingning tovushini eshitdim", dedilar. Bilol: "Men Islomda umidlik bir ish qilganim yo‘q, lekin kechasimi, kunduzimi, qachon tahorat olsam, kam bo‘lsa-da, qodir bo‘lganimcha namoz o‘qiyman", deb javob qildilar.
Boshqa bir rivoyatda: "Tahorat ketishi bilan uni yangilayman, yangilashim bilan ikki rak’at namoz o‘qiyman", deganlar.



Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin