Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


"U masjidlarda ertayu kech u zotni poklaydigan kishilar bordirki, ularni tijorat ham, oldi-sotdi ham Allohni zikr etishdan mashg‘ul qilib qo‘ymas"



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə102/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   247
"U masjidlarda ertayu kech u zotni poklaydigan kishilar bordirki, ularni tijorat ham, oldi-sotdi ham Allohni zikr etishdan mashg‘ul qilib qo‘ymas" (Nur,37), so‘zi xususida rivoyat qilindi: "Bu yerda farz namozlariga hozir bo‘lish haqida aytilyapti.
"Ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur" (Sajda, 16), degan so‘zi esa, tungi namoz haqidadir", dedilar u kishi.
Faqih aytadilar: Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilindi: "Qiyomat kunida barcha xaloyiq – insu jin bir tepalikda jam bo‘ladi. Barcha ummatlar cho‘k tushgan holda saflanadi. Shunda bir nido qiluvchi nido qiladi: "Bugun izzat-ikrom sohiblarini bilib olasizlar, Allohga hamma hollarda hamd aytuvchilar o‘rinlaridan tursin". Ular turib, jannatga ketishadi, keyin yana nido qiladi: "Bugun izzat-ikrom egalarini bilib olasizlar. Yonboshlari o‘rin-joylaridan uzoq bo‘lgan, qo‘rquv va umid bilan Rabbilariga duo qilgan, biz bergan rizqlardan infoq-ehson etgan zotlar tursin". Ular turib jannatga ketishadi. Keyin uchinchi marta nido qiladi: "Bugun izzat-ikrom egalari kimligini bilib olasizlar. Tijorat va oldi-sotdi Allohni zikr etishdan, namozni qoim qilishdan va zakot berishdan to‘sib qo‘ymagan kishilar tursin". So‘ngra ular ham o‘rinlaridan turib, jannatga ketishadi. U uch toifa jannatdan o‘z joyini olgandan keyin do‘zaxdan bir bo‘lak o‘t chiqib, xaloyiqqa yaqin keladi. Uning ikki o‘tkir ko‘zi va so‘zga mohir tili bor. Aytadiki: "Men uch toifaga vakilman. Jabr beruvchi qaysarlarga vakil qilindim". Keyin saflarning ichidan qush kunjut donini terib olgandek, u ham odamlarni saralab terib oladi. So‘ng ularni olib jahannam ichiga yashirinadi. So‘ngra ikkinchi marta chiqadi va: "Men Allohga va rasuliga aziyat berganlarga vakil qilindim", deydi. Ularni ham saflardan terib oladi va birga jahannamga yashirinadi. So‘ng uchinchi marta chiqadi..."
Abu Minhol aytadilar: "O‘ylashimcha, u: "Men tasvir ahliga vakil qilindim", deydi va saf ichidan saralab olib, ular bilan jahannamga yashirinadi. Avvalgi va keyingi uch toifa olinganidan so‘ng, nomai a’mol tarqatiladi, taroziga qo‘yiladi va odamlar hisobga chaqiriladi".
Zikr qilinishicha, iblis avvalgi zamonlarda ko‘zga ko‘rinar edi. Bir kishi undan: "Ey Abu Murra, nima qilsam sendek bo‘laman?" deb so‘radi. Shayton: "Senga voy bo‘lsin, hech kim bu narsani mendan talab qilmagan edi. Sen qanday talab qilasan?" dedi. Kishi aytdiki: "Men shuni yaxshi ko‘raman", deb. Iblis unga: "Menga o‘xshashni xohlasang, namozni yengil bilib, unda dangasalik qil va to‘g‘ri narsaga qasam ichyapsanmi, noto‘g‘ri narsagami, parvo qilma", dedi. Kishi: "Batahqiq, men Alloh bilan namozni

tashlamaslikka va hech ham qasam ichmaslikka ahdlashdim", dedi. Iblis aytdiki: "Sendan boshqa hech kim hiyla qilib mendan ta’lim olmagan edi va men Alloh bilan

odamlarga nasihat qilmayman, deb ahdlashgan edim".
Abu Dardo (r.a.) aytdilar: "Allohning mukarram bandalari quyosh va oyga rioya qiladilar". "Ey Abu Dardo, ular kimlar?" deb so‘rashdi. "Ular muazzinlar va namozining vaqtiga rioya qiluvchi musulmonlardir", dedilar u zot.
377. Ja’far ibn Muhammad otasidan, u kishi bobosidan (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Namoz Alloh taboraka va taoloning roziligi, maloikalarning yaxshi ko‘radigani, payg‘ambarlarning sunnati, ma’rifat nuri, imonning asli, duoning ijobati, amallarning qabul bo‘lishi, rizqdagi baraka, badan uchun rohat, dushmanlarga qarshi qurol, shaytonga yomonlik, o‘lim farishtasi va sohibi o‘rtasida shafoatchi, qabrda chiroq, tagida to‘shak, Munkar-Nakirga javob, qabrida qiyomat kunigacha hamroh. Qiyomat bo‘lsa, namoz uning tepasida soyaga aylanadi. Boshiga toj, badaniga kiyim, oldida harakat qiluvchi nur, sohibi va do‘zax orasida satr bo‘ladi va u Alloh taboraka va taolo huzurida mo‘minlar uchun hujjatdir. Tarozida og‘ir sirotdan o‘tishga ijozat va jannatga kirishga kalitdir. Chunki namoz tasbeh, hamd,

tamjid, ulug‘lash, ta’zim va duodir, barcha amallarning afzali vaqtida o‘qilgan namozdir".


378. Hasan Basriydan (rahmatullohi alayh) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Qiyomat kunida bandadan birinchi hisob qilinadigan narsa namozdir. Agar uni bajarib yurgan bo‘lsa, hisobi yengil bo‘ladi. Agar undan kamaytirgan bo‘lsa, Alloh taolo maloikalariga: "Bandamning nafl namozlari bormi? Farzlarni nafllar bilan to‘ldiringlar", deydi. Agar farzlar nafllar bilan to‘lsa, boshqa amallar ham shu kabi hisob-kitob qilinadi".
Aytilishicha, kim besh vaqt namozni har doim jamoat bilan ado etsa, Alloh taolo unga beshta xislat beradi: Undan tirikchilik tangligini ko‘taradi; qabr azobini ketkazadi; kitobi o‘ng tomondan beriladi; sirotdan chaqmoqdek o‘tadi; jannatga hisobsiz kiradi. Besh vaqt namozni jamoat bilan o‘qishga dangasalik qilgan kishini Alloh o‘n ikki ish bilan azoblaydi: Uchtasi shu dunyoda, uchtasi o‘lim paytida, uchtasi qabrda va uchtasi qiyomat kunida. Dunyodagi uchtasi: Kasbidan, rizqidan barakani ko‘taradi; boshqa amallari qabul qilinmaydi; yuzidan yaxshilik belgilari tortib olinadi va odamlarning qalbida unda g‘azab qilib qo‘yadi. O‘layotgan vaqtdagi uchtasi: Jonini chanqoq, och holatda va qattiqlik bilan oladi. Qabrdagi uchtasi: Munkar-Nakir so‘rovi, qabr qorong‘iligi va torligi. Qiyomatdagisi: Qattiq hisob, Allohning g‘azabi va do‘zaxda qattiq azob.
Mujohiddan rivoyat qilinadi: "Bir kishi Ibn Abbosning (r.a.) oldilariga keldi va: "Ey Abbosning o‘g‘li, siz kechalari namoz o‘qigan, kunduzi ro‘za tutgan, lekin jum’aga va jamoatga bormagan, keyin shu holatda o‘lgan kishi to‘g‘risida nima deysiz, u qaerda bo‘ladi?" deb so‘radi. Ibn Abbos (r.a.): "U do‘zaxda bo‘ladi", dedilar. U odam bir oy shu to‘g‘rida so‘radi. Ibn Abbos: "U do‘zaxda bo‘ladi", deb javob beraverdilar".
Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Shunday zamon keladiki, Islomning ismigina qoladi, Qur’onning rasmigina qoladi. Odamlarning u kundagi masjidlari obod, baland, lekin hidoyat jihatidan xarob bo‘ladi, ularning olimlari u vaqtda osmon ostidagi eng yomon olimlardir, fitna o‘sha olimlardan chiqib, yana o‘zlariga qaytadi".
Vahb ibn Munabbah aytadilar: "Allohdan hojatlarni so‘rashga namoz kabi boshqa yaxshi ibodat yo‘qdir. Avvalgilar katta g‘amlarini namoz bilan ketkazar edi, qaysi biriga g‘am

tushsa, darhol namozga kirishardi".


Alloh taolo Yunus (a.s.) qissasida aytadi:

"Agar u (Allohga doimo) tasbeh aytuvchilardan bo‘lmasa edi, albatta, u (baliq) qornida to qayta tiriladigan kunlarigacha (ya’ni, qiyomatgacha) qolib ketgan (ya’ni, halok bo‘lgan) bo‘lur edi" (Saffot, 143-144).
Ibn Abbos ushbu oyatning tafsirida u zotni (a.s.) namozxonlardan bo‘lgan edi, deb tushuntiradilar.
Hasan Basriy (Alloh rahmat qilsin) aytadilar: "Kengchilikda tazarru’ qilish tushayotgan balodan panoh so‘rashlikdir".
378/1. Payg‘ambar alayhissalom aytadilar: "Mo‘minga ikki rak’at namoz o‘qishdan ko‘ra yaxshiroq narsa berilmadi".

Ibn Sirrin (r.a.) aytadilar: "Jannat yoki ikki rak’at namozni tanlash ixtiyori berilganida, ikki rak’at namozni ixtiyor qilardim. Chunki namozda Allohning rizosi bor, jannatda esa, mening roziligim".


Aytilishicha, Alloh taolo yetti osmonni yaratganda uni maloikalar bilan to‘ldirdi va ularni namozga buyurdi. Bas, ular bir soat ham dam olmaydilar. Har bir samo ahliga har xil ibodatlarni buyurdi. Birlari sur chalinguncha oyoqlarida qiyomda turadi, bir xillari

hamisha ruku’da, bir xillari doim sajdada, yana birlari qanotlarini yoyib, ibodatda bo‘ladi. Illiyyun va arsh ahllari arshning atrofini tavof qiladi. Rabbilariga hamd va tasbeh aytadi, yerdagilarga istig‘for so‘raydi. Alloh bu ibodatlarning hammasini mo‘minlar hurmati

uchun bir namozga jam qildi. Toki ular har bir osmon ahli qilgan ibodatdan nasiba olsin. Va ularga Qur’onni ziyoda etdi, uni namozda tilovat qiladilar. Alloh taolo ulardan namozning shukrini talab qildi. Namozning shukri uni shart va chegaralari bilan ado qilishdir. Alloh taolo aytadi:


Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin