Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə103/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   247
"(Haq ekaniga) hech qanday shak-shubha bo‘lmagan ushbu kitob g‘oyibga ishonadigan, namozni to‘kis ado qiladigan va Biz rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qiladigan kishilar" (Baqara, 2-3); yana deydi:
"Namozni to‘kis ado qilinglar" (Baqara, 43);
"Namozni to‘kis ado qiling" (Hud, 114);
"Va namozni barpo qiluvchilar" (Niso, 162).
Xabarlardan ko‘rinadiki, qaerda namozning zikri kelsa, o‘sha yerda uni ado qilishlik ham aytilgan.
Munofiqlarning zikrida Alloh taolo aytadi:

"Bas, namozlarini "unutib" qo‘yadigan kimsalar bo‘lgan namozxonlarga halokat bo‘lg‘ay" (Mo’un, 4-5).
Alloh taolo munofiqlarni namozxonlar, deb atadi, mo‘minlarni esa, namozni barpo qiluvchilar, deb nomladi. Demak namoz o‘quvchilar ko‘p, namozni to‘kis ado etuvchilar

kam ekan. Faflat egalari amallarini riyo bilan qiladilar. Ular Allohga ro‘baro‘ bo‘ladigan kunni, amallari qabul bo‘ladimi yoki yo‘qmi, o‘ylamaydilar.


379. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Sizlarning ba’zilaringiz namoz o‘qiydi, nomai a’moliga namozi savobining uchdan biri, to‘rtdan biri, beshdan biri,

oltidan biri, hatto o‘ndan biri yoziladi", ya’ni, namozda beparvo bo‘lgan qismlariga savob yozilmaydi.


380. Payg‘ambardan sollallohu alayhi vasallam rivoyat qilinadi: "Kim ikki rak’at namozni Allohga qalbi bilan yuzlangan holda o‘qisa, yangi tug‘ilgandek gunohlardan pok bo‘lib chiqadi".
Albatta, bandaning namozi bandaning Alloh taologa yuzlanishi bilan ulug‘ qilindi. Agar yuzlanmasa va fikri-xayoli namozdan chalg‘ib qolsa, u shunday bir elchi kabidirki, u podshohning huzuriga qilgan xatosiga, adashganiga uzr aytish uchun keladi. Eshikka yetib kelib turadi. Podshoh unga qarasa, elchi o‘ngga-chapga qaraydi. Shuning uchun podshoh uning hojatini bajarmaydi, unga e’tiboriga munosib muomala qiladi. Namoz ham shu kabidir, bas, namozni unutsa, undan qabul qilinmaydi.
Namozning misoli podshohning to‘yiga o‘xshaydi. Undagi dasturxon turli taom va ichimliklardan tayyorlangan. Har birining o‘ziga xos lazzati, manfaati bor. Namoz ham shunga o‘xshash: Alloh bandalarini namozga chaqiradi va unda xilma-xil af’ol-zikrlarni tayyorlaydi va ibodatga buyuradi. U af’ol va zikrlar bilan ibodat qilish har qanday suratda ularga lazzat beradi. Bas, af’ollari taom, zikrlari ichimlik kabidir.
Aytilishicha, namozda o‘n ikki ming xislat bor. Bu o‘n ikki ming xislat o‘n ikki ishga jam qilingan. Kim namozni ado etishni xohlasa, bu o‘n ikki ishni mahkam tutmog‘i lozim. Birinchisi, ilm.
381. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Ilm bilan qilingan ozgina amal bilmasdan qilingan ko‘p amaldan yaxshidir".
Ikkinchisi, tahorat.
382. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam so‘zlariga ko‘ra, "Namoz faqat tahorat bilan barpo bo‘ladi".
Uchinchisi, kiyim. Alloh taolo aytadi:


Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin