Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə101/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   247
O‘TTIZ BIRINCHI BOB

BESH VAQT NAMOZ HAQIDA
365. Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh u kishini rahmat qilsin) aytadilar: Hasandan (r.a.) rivoyat qilindi: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Besh vaqt namozning misoli eshiklaringiz oldidan oqib o‘tayotgan suvi ko‘p daryo kabidir. Unda har kuni besh marotaba yuvingan odamning tanasida kir qoladimi?"
Ya’ni, besh vaqt namoz kishini gunohlardan poklaydi, kattalaridan boshqasi qolmaydi. Bu ish faqat namozni ulug‘lab, ruku’larini, sajdalarini mukammal qilib o‘qisa. Mabodo ruku’si, sajdasi tamomiga yetmasa, u namoz rad qilingaydir.

366. Rafo’a ibn Rofe’ ibn Xolid aytadilar: "Biz Pay-g‘ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlarida edik, shu vaqt bir kishi kelib, qiblaga yuzlanib namoz o‘qidi. Keyin namozini tugatib, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga kelib, u zotga sollallohu alayhi vasallam va qavmga salom berdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Qaytib namozingni boshqatdan o‘qi, sen namoz o‘qimading", dedilar. Haligi kishi qaytib, yana namoz o‘qidi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yana: "Namozingni qaytadan o‘qi, chunki sen namoz o‘qimading", dedilar. Shunday deb ikki yoki uch marta buyurdilar. U kishi: "Imkoniyatim boricha o‘qidim, ammo namozimning aybini bilmayapman", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Tahoratni Alloh buyurganidek mukammal qilmasalaringiz, namozlaringiz komil bo‘lmaydi. Tahoratda yuzini, so‘ng ikki qo‘lini tirsagigacha yuvadi va boshiga mash tortadi, keyin ikki oyog‘ini to‘pig‘igacha yuvadi. Keyin Allohga takbir va hamd aytadi, so‘ng Qur’ondan qodir bo‘lganicha o‘qiydi, so‘ngra takbir aytadi va ruku’ qiladi, qo‘lini tizzasiga qo‘yib, bo‘g‘inlarini xotirjam ushlaydi, ozgina turgandan keyin boshini ko‘tarayotib, "sami’allohu liman hamidah", deb qomatini tik qiladi va ozgina turib, so‘ng takbir aytib sajdaga ketadi".


Shunday qilib, to‘rt rak’at namozning o‘qilishini tushuntirdilar. So‘ng: "Ana shunday qilmasangizlar, hech biringizning namozingiz to‘liq bo‘lmaydi", dedilar.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sajda bilan ruku’ni to‘liq qilishni buyurdilar va ularsiz namoz qabul bo‘lmaslik xabarini berdilar. Mo‘min kishi namozini chiroyli, mukammal qilishga va bu namoz uning o‘tgan gunoh va xatolariga kafforat bo‘lishiga harakat qilmog‘i lozim.
367. Usmonning (r.a.) ozod qilgan qullari Horis aytadilar: "Usmon (r.a.) biz bilan o‘tirgan edilar, muazzin keldi. Usmon (r.a.) suv oldirib, tahorat qildilar, keyin: "Payg‘ambarning sollallohu alayhi vasallam men qilgandek tahorat qilganlarini ko‘rganman va: "Kim men qilganday tahorat olib, peshin namozini o‘qisa, Alloh taolo u namozi bilan bomdod namozi orasida bo‘lgan gunohlarini kechiradi, keyin asrni o‘qisa, Alloh taolo asr bilan peshin orasidagi gunohlarini kechiradi. So‘ng shom namozini o‘qisa, Alloh taolo shom bilan asr o‘rtasida o‘tgan gunohlarini kechiradi. Keyin xufton namozini o‘qisa, xufton bilan shom namozi orasida bo‘lgan xatolarini kechiradi. So‘ng yotadi va dumalab kechani o‘tkazadi. So‘ng turib, tahorat qilib, bomdod namozini o‘qisa, Alloh taolo bomdod va xufton namozi orasidagi xatolarini kechiradi. Bu yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi", deganlarini eshitganman", dedilar.
Odamlar aytishdi: "Qolgan solih amallar-chi?" Aytdilar: "Subhanalloh valhamdulillah, va laa ilaha illallohu vallohu akbar, va laa havla va laa quvvata illa billahil ‘aliyyil az’im".
. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot aytdilarki: "Kimni erta bir kun qiyomatda Alloh taologa musulmon holda yo‘liqishi xursand qilsa, farz namozlarni azon aytilgan vaqtda ado etsin. Alloh taolo Payg‘ambaringizga hidoyat yo‘lini ko‘rsatdi. Albatta, u namozlar hidoyat yo‘llaridandir. Qasamki, jamoatdan kechikkan kishi uyida namoz o‘qiganidek, sizlar ham namozlaringizni uylaringizda o‘qisangizlar, Payg‘ambaringizning yo‘lini tark qilgan bo‘lasizlar. Payg‘ambaringiz sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini tark qilsangizlar, adashasizlar. Hali shunday zamonga yetamizki, bu namozlardan faqatgina la’natlangan munofiq kishi kech qolib, jamoatga chiqmaydi.

Bizlar ikki odamning o‘rtasida kasallikdan gandiraklab turgan bo‘lsa-da safga kelib turgan kishini ko‘rdik. Qaysi kishi tahorat olsa va tahoratini chiroyli qilib, masjidlardan biriga borsa va u yerda namoz o‘qisa, Alloh taolo uning har qadamiga yaxshilik yozadi va darajasini ko‘taradi, xatolarini o‘chiradi, hattoki bizlar qadamlarimiz orasini yaqin qilsak ham albatta, kishining jamoat bilan o‘qigan namozi yolg‘iz o‘qigan namozidan yigirma yetti daraja ziyoda bo‘ladi".


369. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytadilar: "Masjid oldiga ko‘chishni xohladik – u yerda bir bo‘sh joyimiz bor edi. Bu gap Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga yetdi. U zot bizning oldimizga kelib: "Ey bani Salama, eshitishimcha, sizlar masjid oldiga ko‘chmoqchi ekansizlar?" dedilar. Biz: "Ey Allohning elchisi, masjid uzoq, o‘sha yerda bo‘sh joy bor edi", dedik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Ey bani Salama, o‘z yeringizda turaveringlar, chunki bosgan izlaringiz yoziladi". Nabiy sollallohu alayhi vasallamning so‘zlaridan keyin masjidning atrofiga ko‘chishni xohlamay qoldik".
370. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim jamoat bilan qirq kun namozning bir rak’atini ham qoldirmay o‘qisa, Alloh taolo unga ikkita omonlik yozadi: biri – do‘zaxdan omonlik, ikkinchisi – nifoqdan omonlik".
371. Uboda ibn Somitdan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim mukammal tahorat qilsa, keyin namoz o‘qishga tursa, ruku’, sajda va qiroatini komil qilsa, shunda namoz aytadi: "Sen meni saqlaganingdek Alloh ham seni saqlasin", deb. Keyin namoz osmonga ko‘tariladi, unda yorug‘lik va nur bo‘ladi. Osmon eshiklari ochilib, u Alloh taboraka va taolo huzuriga yetadi va egasi uchun shafoat so‘raydi. Agar namozning ruku’sini, sajdasini, qiroatini zoe’ qilsa, namoz: "Sen meni zoe’ qilganingdek, Alloh ham seni zoe’ qilsin", deydi. Keyin namoz osmonga ko‘tariladi, unda zulmat bo‘ladi, osmonga yetganda osmon eshiklari yopiladi. Keyin eski kiyim o‘ralgandek o‘raladi va u bilan egasining yuziga uriladi".
372. Hasandan rivoyat qilinadi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarga o‘g‘irlikda odamlarning yomoni kimligini aytayinmi?" dedilar. Sahobalar: "Kim u, ey Allohning elchisi?" deb so‘rashdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Namozidan o‘g‘irlovchi", dedilar. Sahobalar: "Kishi namozidan qanday o‘g‘irlaydi?" deyishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ruku’ va sajdasini mukammal qilmasdan".
Salmon Forsiy (r.a.) aytadilar: "Namoz o‘lchovdir, kim o‘lchovini to‘la qilsa, unga ham to‘la qilinadi va kim urib qolsa, Alloh taolo o‘lchovdan urib qolganlar haqida nima deganini bilasizlar".
373. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning rivoyat qiladilar. U

zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Munofiqlarga namozning og‘iri xufton va bomdod namozidir. Agar ikkoviga bo‘lgan ajrni bilganlarida emaklab bo‘lsa ham kelardilar".


374. Burayda Aslamiy Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Qorong‘i kechalarda masjidlarga boruvchilarga qiyomat kunida yorqin nur bo‘lishi bashoratini beringlar".

375. Abu Hurayra (r.a.) deydilar: Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: "Namozga buyurmoqni qasd qilsam-u keyin namoz boshlansa, so‘ng yigitlar bilan o‘tin olib chiqib, azonni eshitib, namozga chiqmagan qavmning uylariga o‘t qo‘yib yuborsam".


376. Uboda ibn Somit (r.a.) Payg‘ambar (s.a.v.)dan rivoyat qiladilar: "Besh vaqt namozni Alloh taolo bandalariga farz qildi. Kim bu namozlarni komil holatda bajarsa, ularning haqqini past sanab, noqis qilmasa, Alloh huzurida uning jannatga kirishiga ahd bordir. Kim ularning haqqini past sanab, tark qilsa, Alloh oldida u uchun hech qanday ahd yo‘qdir. Xohlasa, kechiradi, xohlasa azoblaydi".
Atodan (r.a.) Allohning:


Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin