farishtalar tushib (derlar): “Qo‘rqmanglar va g‘amgin bo‘lmanglar. Sizlarga va’da qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar” (Fussilat, 30).
Ya’ni, Allohga va rasuliga imon keltirib, shu imonlarida sobit turgan, ya’ni Allohning farzlarini ado etgan va Uning harom qilganlaridan qaytgan kishilarning oldilariga maloikalar tushadi, o‘layotgan vaqtlarida ularga jannatning bashorati – xushxabarini beradi. “Qo‘rqmanglar va g‘amgin ham bo‘lmanglar”, ya’ni maloikalar ularga dunyo ishlarida sizlar boshlaringizdan o‘tkazib turgan narsadan qo‘rqmanglar, deydilar. “Sizlarga va’da qilingan jannat xushxabari bilan xursand bo‘linglar!”. Ya’ni, bu jannat sizlarga Alloh taoloning payg‘ambari Muhammad (s.a.v.) tili bilan va’da qilingan jannatdir.
Yana aytiladiki, o‘lim vaqtidagi bashorat besh ko‘rinishda bo‘ladi:
1) mo‘minlar ommasi uchun beriladigan bashorat. Ularga: “qo‘rqmanglar, sizlar azobda abadiy qolmaysizlar. Sizlarni payg‘ambarlar va solihlar shafoat qiladilar. Savob amallar yo‘qligiga g‘amgin bo‘lmanglar, jannatga qaytarilishingiz bilan xursand bo‘linglar”, deyiladi.
2) solih amal qilganlar uchun. Ularga: “Amallaringiz rad qilinishidan qo‘rqmanglar, amallaringiz qabul qilingandir. Savobingiz kamligidan g‘amgin bo‘lmanglar, sizlarning savoblaringiz ko‘paytirilgandir va tavba qilganingizdan so‘ng qilgan amallar uchun ham g‘amgin bo‘lmanglar”, deyiladi.
3) tavba qiluvchilar uchun. Ularga: “Gunohlaringizdan qo‘rqmanglar. Ular kechirilgandir. Tavbadan keyin savobli amallar bo‘lmaganiga g‘amgin bo‘lmanglar. Tavbadan oldin ko‘p gunohlar qilib, yaxshi amallar qilmadik, deb xafa bo‘lmanglar. Men tavbalaringizni qabul qildim, yomonliklaringizni yaxshilikka aylantirgayman”, deyiladi;
4) zohidlar uchun. Ularga: “Qiyomat kuni qayta tirilib bir joyga jamlanishdan, hisob- kitobdan qo‘rqmanglar, zaiflik nuqsonlari bo‘lgan narsaga g‘am chekmanglar, hisob- kitobsiz, azobsiz jannat bilan xursand bo‘linglar”, deyiladi;
5) odamlarga yaxshilikni o‘rgatgan va ilmiga amal qilgan ulamolar uchun. Ularga: “Qiyomat kunida bo‘ladigan dahshatlardan qo‘rqmanglar, g‘amgin ham bo‘lmanglar, chunki Alloh sizlarni qilgan amallaringiz evaziga mukofotlaydi. Sizlar va sizlarga ergashganlar jannatda bo‘lishligi bilan xursand bo‘linglar”, deyiladi.
Endi kimningki umri oxiri bashorat bilan bo‘lsa, unga naqadar yaxshidir. O‘z amallarida mo‘min bo‘lgan kishilar uchun, albatta bashorat bo‘ladi va maloikalar uning oldiga
tushadilar. Shunda insonlar maloikalarga: “Sizlar kimsizlar?” Biz sizlardan ham ko‘ra hidlari bunchalar xushbo‘y, yuzlari bunchalar go‘zal kimsalarni ko‘rmaganmiz”, deyishadi. Maloikalar ularga: “Biz sizlarni shu hayoti dunyoda amallaringizni yozgan va oxiratda sizlar bilan birga bo‘ladigan do‘stlaringizmiz”, deydilar.
Xullas, har bir aql egasi g‘aflat uyqusidan uyg‘onmoqligi lozim. G‘aflat to‘shagidan uyg‘onish alomatlari to‘rt narsadir:
1. Dunyoning ishlarini qanoat bilan, shoshqaloqlik qilmasdan bajarish.
2. Oxirat ishlariga hirs qo‘yish va uni shoshilib bajarish.
3. Din ishlarini ilm va ijtihod bilan qilish.
4. Xulq-atvor ishlarini nasihat bilan qilish.
Kimdaki quyidagi besh xislat topilsa, insonlarning eng afzali deyiladi:
1. Rabbisi qabul qiladigan ibodatda bo‘lishligi.
2. Birovlar uchun uning g‘amxo‘rligi, foydasi yaqqol ko‘rinib turmoqligi.
3. Insonlar u qilsa, qo‘lidan keladigan yomonlilaridan omonda bo‘lishliklari.
4. Odamlar qo‘lida bo‘lgan narsalardan, xoh mol-dunyo, xoh mansab bo‘lsin, umidni uzishligi.
5. O‘lim uchun har vaqt hozir turmoqlligi.
Ey birodarlar! Albatta, hammamiz o‘lishga mahkum, o‘lim uchun yaratilganmiz. Undan hech kim qochib qutula olmas. Alloh taolo bunday deydi:
“Hech shak-shubhasiz, sen o‘luvchidirsan, ular ham o‘luvchidirlar” (Zumar, 30); Ayting:
“Agar sizlar o‘lishdan yo o‘ldirilishdan qochsangizlar, bu qochish sizlarga biror foyda bermas” (Ahzob, 16).
Har bir musulmon kishiga o‘lim boshiga tushmasidan oldin o‘limga hozirlik ko‘rmoqlik vojibdir. Alloh taolo bunday deydi:
“Rostgo‘y bo‘lsangizlar, o‘limni orzu qilinglar. Qilgan kirdikorlari sababli hargiz uni (o‘limni) orzu qilolmaydilar” (Baqara, 94-95).
Alloh taolo bizlarga, albatta Allohga va oxiratga hamda uning jannatiga ishonadiganlar, ya’ni sodiqlar o‘limni orzu qilishlarini bayon etadi. Va endi, albatta, Allohga ishonmay, oxiratni va Uning jannatini yolg‘on deguvchilar o‘z amallarinning yomonligi sababli o‘limdan qochadilar. Chunki mo‘min kishi o‘lim uchun har vaqt hozirlik ko‘radi va u Rabbisiga bo‘lgan ishtiyoqi bilan o‘limni orzu qiladi. Shu haqda Abu Dardodan rivoyat qilinadi. U aytadiki: “Men faqirlikni Rabbimga kamtarlik qilish uchun yaxshi ko‘raman va kasallikni gunohlarga kafforat bo‘lishligi uchun yaxshi ko‘raman. O‘limni Rabbimga mushtoq bo‘lganligim uchun yaxshi ko‘raman”.
Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qilindi: “Xoh bir xudojo‘y, haqgo‘y nafs bo‘lsin, xoh gunohkor, fojir nafs bo‘lsin, o‘lim unga yaxshidir. Agar o‘sha nafs yaxshilardan bo‘lsa, Alloh taolo aytadiki:
“Yaxshilar uchun Alloh huzuridagi narsa (ya’ni savob-ajr kofirlarning muvaqqat kayf-safolaridan) afzalroqdir” (Oli Imron, 198).
Agar u fojir bo‘lsa, Alloh taolo bunday deb aytadi:
“Kufr yo‘lini tutgan kimsalar ularga bergan muhlatimizni zinhor o‘zlari uchun yaxshilik deb hisoblamasinlar! Balki biz ularga faqat gunohlarini ziyoda qilishlari uchungina muhlat beramiz. Ular uchun xor qilguvchi azob blordir” (Oli Imron, 178).
29. Anas ibn Molikdan rivoyat qilindi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “O‘lim mo‘minning rohatidir”, deganlar.
30. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) Ibn Mas’ud rivoyat qiladi: “Payg‘ambarimizdan mo‘minlarnning qaysinisi afzalroq” deb so‘ralganida, “Ularning hulqlari go‘zalroqlari”, dedilar va yana: “Mo‘minlarning eng aqllisi kimlar”, deb so‘ralganda, “O‘limni ko‘p eslaydiganlari va unga yaxshi tayyorgarlik ko‘radiganlari”, deb javob berdilar.
31. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytadilar: “Aql egasi ul kishiki, o‘z nafsini hisob-kitob qiladi va o‘limidan keyingi narsa uchun amal qiladi. Ojiz va nodon ulki, o‘z nafsi-havosiga ergashib, Alloh taolodan mag‘firatni orzu qiladi”.
II bob. O‘lim qo‘rqinchi va shiddati bobi hadislari
1. Anas ibn Molik. “Kimiki Alloh bilan uchrashmoqni yaxshi ko‘rsa...” Sahih*. Buxoriy (6507) va Muslim (14/2673), Ahmad (107/3).
2. Hasan. “Mo‘min odamga o‘lim og‘irligi va uning qiyinligi...” Zaif*. Uning illati irsoldir.
3. Jobir ibn Abdulloh. “Bani Isroildan gapiringlar...” Isnodi zaif*. Ibn Abu Shayba, “Al-musnaf” (62/9), Ahmad, “Az-Zuhd” (23), Abdu ibn
Hamid, “Al-miyzon” va Hofiz Haysaliy, “Majma’ul zavoid” (1).
4. Abdulloh ibn Ma’sur Hoshimiy. “Bir kishi Payg‘ambarimiz huzurlariga kelib...” Mavzu’*. Uni Zubaydiy “Ixtof” kitobida zikr qilgan (1).
5. Abdulloh ibn Ma’sur Hoshimiy. “Payg‘ambar (s.a.v.) ushbu oyatni o‘qidilar...” Mavzu’*. Bayhaqiy “Asmoi va sifat”ida rivoyat qilgan va
Zubaydiy “Ixtof”da (327/9) zikr qilgan.
6. Maymun ibn Mahron. “Besh narsadan oldin besh narsani g‘animat bil...” Sahih*. “Sahihul-jome’”ga (101/7) qarang. Bayhaqiy, “Ash-shu’ab” (1250).
7. Hadis. “Qish mo‘min g‘animatidir...” Zaif* Ahmad (75/3). Abu Ya’lo (72/1). Abu Na’im (325/8) va “Zaiful jome’” (3429).
8. Abu Said Xudriy. “Agar sizlar badanga yoqadigan zikrlarni...” Juda zaif*. Termiziy (2460/4) va Termiziyning zaiflariga qarang.
9. Hadis. “Agar hayvonlar...” Zaif*. Ibn Muborak, “Zavoiduz zuhd” (152) va Qazo’iy (1434) va “Zaif’ul jome’”ga qarang (48/3).
10. Anas ibn Molik. “O‘lim mo‘minning rohatidir...” Mavzu’*. Abu Na’im “Al-xulya”da (121/3) va Bayhaqiy “Ash-Shu’ab”da (9886-9885) va
Javziy “Al-mavzu’ot”larda keltirgan (121/3).
11. Ibn Mas’ud. “Payg‘ambarimizdan: “Mo‘minlarni qaysi afzal?” deb so‘ralganda...” Hasan*. Abu Na’im, “Al-xulya” (313/1) va Hokim (540/4). Bayhaqiy, “Shua’bul imon” (7993).
12. Hadis. “Aql egasi ul kishiki...” Zaif*. Ahmad (124/), Termiziy (2459), Ibn Moja (4260).
III BOB. QABR AZOBI VA UNING QATTIQLIGI
32. Barro’ ibn Ozib rivoyat qiladi: “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bilan birga ansorlardan bir kishining janozasiga chiqib, qabristonga yetdik. Hali qabr kavlanib bo‘lmagan edi. Payg‘ambar (s.a.v.) o‘tirdilar. Biz ham u kishining oldilarida boshimizda qush turgandek o‘tirdik. U kishining qo‘llarida yer kavlaydigan cho‘p bor edi. So‘ngra boshlarini ko‘tarib: “Alloh taoloning qabrda beradigan azobidan panoh tilanglar”, deb ikki yoki uch marta aytdilar. Keyin: “Mo‘min banda agar oxiratga yuzlanib bu dunyodan ketayotgan bo‘lsa, uning oldiga yuzlari xuddi quyoshdek nurli, oppoq farishtalar tushadi. Ularning qo‘llarida jannatdan kafan va jannat atirlaridan xushbo‘y atir bo‘ladi. Ular ko‘z ko‘radigan joygacha o‘tiradilar, so‘ng o‘lim farishtasi keladi va u mayyitning oldida o‘tiradi. So‘ngra: “Ey xotirjam nafs, Allohning mag‘firatiga va roziligiga chiqqin”, deydi.
So‘ngra ruh chiqib, idishning og‘zidan tomchi tomgandek oqadi. Uni tezlik bilan olib, xushbo‘y atirlik kafanga o‘raydilar. Undan yer yuzidagi barcha mushkning anqishidek is taraladi. So‘ngra uni olib osmonga ko‘tariladilar. Ular maloikalar to‘dasi oldidan o‘tgan vaqtlarida so‘rashadi: “Bu qanday yaxshi ruh?” Javob berishar ekanki: “Bu falonchining o‘g‘li falonchidir. U dunyoda yaxshi, solih kishi edi”, deb yaxshi ismlar bilan atashadi. So‘ng dunyo osmoni darvozasida to‘xtaydilar. Bu ruhga eshikni ochishni so‘raydilar, uni tanishtirib ketishadi va oxirgi yettinchi osmonga yetishadi. Alloh taolo buyuradi: “Uning kitobini illiyinda yozinglar va uni yerga qaytaringlar. Ularni o‘sha yerda yaratdim va o‘sha joyga qaytargayman”. (Yana boshqa gal: “uni o‘sha yerdan chiqargayman”), deb javob aytadi. So‘ngra ruh jasadga qaytadi, unga ikki farishta kelib so‘rashadiki: “Rabbing kim?” Aytadi: “Rabbim Alloh”. “Dinning qaysi?”. “Islomdir”. Yana aytishadi: “Sizlarga yuborilgan kishi to‘g‘risida nima bilasan?” Javob beradiki: “U Allohning rasuli”. Aytishadiki: “Qanday bila-san?” “Allohning kitobi Qur’onni o‘qidim va unga imon keltirdim va uni to‘g‘ri deb bildim”, o‘shanda nido keladiki: “Bandam rost so‘zladi. Unga jannat to‘shaklaridan to‘shanglar va jannat liboslaridan kiygizinglar, jannat eshiklarini unga ochinglar. Jannat hidi, yaxshiligi kelib turadigan eshiklarni ochinglar”. Uning qabri ko‘z yetadigan masofada kengayadi. Uning oldiga chiroyli yuzli, xushbo‘y hidli bir farishta kelib aytarkanki: “Xursand bo‘lgin, mana bu kunki, seni xursand qiladi, bu kun xususida sen va’da olgan eding”. Mayyit so‘raydi: “Sen kimsan?” “Men sening yaxshi amallaringman. Yo Parvardigor, qiyomatni keltirginki, men o‘z ahlimga qaytayin”, deb aytadi.
Agar kofir banda o‘lsa, dunyo olamidan uzilib, oxiratga kelayotgan bo‘lsa, uning oldiga qora yuzli farishtalar tushadi. Ularda dag‘al kanop mato ham bo‘ladi. Ular ko‘z yetadigan masofada o‘tirishadi, keyin o‘lim farishtasi kelib, u bandaning boshi ustiga o‘tirib aytadiki: “Ey iflos nafs, Allohning g‘azabiga chiqqin!” So‘ngra uning a’zolari ajratib tashlanadi. Jonni shunday oladiki, ho‘l jundan tikanli sixni sug‘urgandek. Olayotgan paytida tomir va paylari uzilib ketadi. Uni tezlik bilan olib o‘sha dag‘al matoga o‘raydilar. Undan eng badbo‘y hid chiqadi. Keyin uni olib osmonga ko‘tariladilar, qaysi bir
maloikalar to‘dasi o‘tib qolsa, so‘rashadiki: “Bu qanday iflos ruh?” Aytishadiki: “Bu falonchining o‘g‘li falonchi”, deb yomon ismlar bilan atashadi. Hattoki, dunyo osmonida to‘xtasharkan, eshikni ochishni so‘rashadi, unga ochilmaydi...” Keyin Rasulluloh (s.a.v.) bu oyatni o‘qidilar:
“...Ular uchun samo eshiklari ochilmas va toki tuya ignaningn teshigidan o‘tmas ekan, ular ham jannatga kira olmaslar” (A’rof, 40).
Yana davom etdilar: “Keyin Alloh taolo aytadi: “Uning kitobini sijjiynga yozinglar”. Keyin uning ruhini qattiqlik bilan yerga tashlaydilar.
“Kim Allohga shirk keltirsa, bas, u go‘yo osmondan qulaganu uni (biron vahshiy) qush (o‘lja qilib) olib ketgan yoki (qattiq) shamol yiroq joylarga uchirib ketgan kabidir” (Haj, 31). So‘ngra uning ruhini jasadiga qaytaradi. Keyin ikki farishta kelib o‘tirishadi. “Rabbing kim?” Aytadiki: “Bilmayman”. “Dining qaysi?” “Bilmayman”. Va undan yana so‘rashadi: “Sizlarga yuborilgan kishi to‘g‘risida nima deysan?” Aytadi: “Ey bilmayman”. Shunda osmondan nido qiluvchi nido qiladi: “Bandam yolg‘on gapirdi! Unga do‘zax to‘shaklaridan to‘shak qilinglar va do‘zaxga kiradigan eshikni ochib qo‘yinglar”. Keyin uning ustiga do‘zaxning issig‘i va zahri kiradi. Qabri torayadi. Shunda qovurg‘alari aralashib ketadi va badbashara, yomon kiyimli, sassiq
hidli kishi kelib, unga aytadiki: “Xabardor bo‘lgin bu yomon kuning bilanki, sen shu kun xususida va’da olgan eding”. Ruh so‘raydi: “Sen kimsan?” deb. Aytadi: “Men sening yomon amalingman”. U aytadi: “Ey Parvardigor, qiyomat kunini keltirmagin, qiyomat kunini keltirmagin...”
33. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mo‘min vafot etadigan vaqtda maloikalar kelishadi. Rayhonning turli hidlari va mushkli harir bilan kelishadi va uning ruhini xamirdan qilni sug‘urgandek olishadi va aytiladi: “Ey xotirjam- sokin jon, sen rozi bo‘lgin va (sendan ham) rozi bo‘lingan holda Parvardigoringga (Parvardigoring rahmatiga va roziligiga) qaytgin”. Ruh chiqarilgandan so‘ng, rayhon va mushk, ichiga qo‘yiladi. Harir uning ustiga yopiladi va uni illiyinga yuboriladi. Agar kofir bo‘lsa, o‘layotgan paytida cho‘g‘ bo‘lgan bir mato bilan maloikalar kelishadi va uni joni qattiq qiynoq bilan olinadi va aytiladi: “Ey iflos nafs-jon, sen g‘azabda bo‘lgan va g‘azab qilingan holda Allohning xorligi va azobiga qaytgin”. Vaqtiki uning ruhi chiqarilsa, o‘sha cho‘g‘li matoga qo‘yiladi va unda qo‘rqinchli ovozlar bordir, uning ovozi guldirab-o‘kirib turadigan holatdadir va uning ustiga dag‘al matoni yopishib, shu bilan sijjiynga yuboriladi”.
34. Faqih Abdulloh ibn Umardan rivoyat qiladi. Alloh ikkovlaridan ham rozi bo‘lsin, u zot aytadiki: “Mo‘min qabrga qo‘yilganda uning qabri yetmish gaz kengayadi va rayhonlar uning ustiga sochiladi, harir bilan berkitiladi. Agar u Qur’ondan yodlagan bo‘lsa, Qur’onning nuri u joyda kifoya qiladi. Agar bu bo‘lmasa, xuddi quyoshning nuridek bir nur qo‘yiladi. Uning misoli xuddi uxlayotgan kelinchak kabidirki, uni faqat yaqin, suyukliroq kishisi uyg‘otadi. So‘ngra xuddi uyquga to‘ymagandek uyg‘onadi. Agar kofir bo‘lsa, uning qabri unga tor bo‘ladi, suyaklari, qovurg‘alari qorni ichiga kirib ketadi, uning ustiga ilonlarni yuborishadi. Ilonlarning bo‘g‘inlari yo‘g‘onligi xuddi Xuroson tuyasining bo‘yniga o‘xshaydi. Uning suyagida go‘shti qolmaguncha yeydi. So‘ngra azob farishtalarini yuboradi. Ular, ko‘r, kar, soqovlar, ularda katta temir gurzi bo‘lib, uni o‘sha bilan urishadi. Unga nisbatan qalblarida rahm-shafqat uyg‘onmasligi uchun ovozini eshitmaydilar, unga muloyimlik qilmaslik uchun uni ko‘rmaydilar va unga erta-yu kech do‘zax ko‘rsatilib turadi”.
Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadiki: Kimki qabr azobidan qutulmoqni xohlasa, unga to‘rt narsa lozim bo‘ladi, to‘rt narsadan esa uzoqlashishi kerakdir. Lozim bo‘lgan to‘rt narsa: namozlarini to‘liq ado qilmoqlik, (zakot) sadaqa bermoqlik. Qur’on o‘qimoqlik, tasbehni ko‘paytirmoqlikdir. Bu narsalar qabrni ravshan qiladi va kengaytiradi. Uzoqlashi kerak bo‘lgan to‘rt narsa yolg‘onchilik, xiyonat, chaqimchilik va siydikdan saqlanmaslik. Payg‘ambarimizdan rivoyat qilinadi:
35. “Siydikdan poklaninglar, chunki qabr azobining ko‘prog‘i o‘shandandir”.
36. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan yana rivoyat qilinadiki:”Alloh taolo to’rt narsani sizlar uchun yomon ko’radi: namozda ortiqcha ishlar bilan shug’ullanishni, qiroatda lag’v qilishni, ro’zada yomon so’z va amallardan uzoq bo’lmaslikni , qabristonda kulmoqlikni”.
Muhammad ibn Sammokdan rivoyat qilinadi: U kishi qabristonga qarab aytdilar:”Bu qabrlarning jim turmoqligi sizlarni aldab qo’ymasin. G’am-tashvish chekkanlarningko’prog’I shu yerdadir, qabrlarning barobarligi sizlarni aldab qo’ymasin,xilma-xil tafovutdagilar(yaxshi-yomon, jannati, do’zzaxi) shu yerdadir”.
Oqil kishi qabrga kirmasdan oldin qabrning zikrini eslashni ko’paytirishi lozim bo’ladi. Sufyon Savriy, Alloh rahmat qilsin aytadi:”Kimiki qabr zikrini ko’paytirsa, uni jannat bog’laridan bo’lgan bog’dek topadi, kimiki o’shandan g’ofil qolsa, uni do’zax chohlaridan bo’lgan chohdek topadi”.
Hazrati Ali karramallohu vajhahudan rivoyat qilindi. U kishi bir xutbasida aytdi:”Ey Allohning bandalari! O’limni eslanglar. O’limdan xech kim qutula olmaydi. Agar o’lim uchun (tayyor) o’tirsalaringiz ham yetadi va agar qochsalaringiz ham, yetib oladi. O’lim- peshonalaringizga yozilgan taqdir. Qabr azobidan Allohdan tilangizlar. Panoh tilangizlar! Dunyoni tashlab, oxiratdan ogoh bo’lingizlar. Ogoh bo’lingizlar. Albatta sizlarning orqalaringizda tezkor haolatda talab qilguchi border, u qabrdir. Ey odamlar!!! Ogoh bo’lingizlar, albatta qabr jannat bog’laridan bir bog’dir yoki do’zzah chohlaridan bir chohdir. Ogoh bo’lingizlar, qabr har kuni uch marta chaqiradi. Aytadiki, men qorong’ulik, daxshat va qurtlar makoniman. Ogoh bo’lingizlar! O’sha kunning ortida undan ham qattiqroq kun border, u kun yosh bolalarning , go’daklarning sochlarini oqartirib qo’yadigan, kattalar behud bo’ladigan kundir. Emizguchilar o’zi emizadigan narsasini esdan chiqarib qo’adi, homladorlarni tug’ib qo’yadi. Insonlar dovdirashidan mastga o’xshab ko’rinadilar, lekin ular mast bo’lmaydilar. Balki Allohning qattiq azobi shu ahvolga solib qo’yadi. Ogoh bo’lingizlar! Uning orqasida jahannam bor,uning issiqligi
qattiqdir, u juda chuqurdir, bezagi temirdir, suvi yiringdir, qayt-qusuqdir. Unda Allohning rahmati yo’qdir”. So’nra musulmonlar qattiq-qattiq yig’ladilar. Ali aytdi:”O’sha kunning orqasidan jannart border, uning kengligi yeru osmonlarchadir. Mutaqqin bandalar uchun tayyorlangandir. Alloh bizlarni alamli azobdan saqlasin, bizlar va sizlarga jannati na’imni nasib aylasin!”.
Abdurahmon o’g’li Usayddan rivoyat qilinadi:”Men eshitdimki, mo’min kishi vafot etsa, meni tezroq olib boringlar, deb aytar ekan. Uni qabrga qo’yganlaridan keyin, yer aytar ekanki:”Sen mening ustimda ekanligingda seni yaxshi ko’rar edim. Endi meni ichimda yanada yaxshiroqsan”. Agar kofir bo’lsa, tobuti ko’tarilganda, aytadiki:”Meni qaytaringlar”. Qabrga qo’yilgandan so’ng yer:”Sen mening ustimda ekanligingda men seni yomon ko’rar edim, endi sen menga yanada yomonroqsan!” der ekan”.
37. Hazrati Usmon ibn Affondan rivoyat qilinadi (Alloh u kishidan rozi bo‘lsin): “U kishi qabr oldida to‘xtab yig‘labdi. So‘rabdilar: “Jannat va do‘zax eslatilsa, yig‘lamaysiz, lekin bu yerda yig‘laysiz”, deb. Usmon roziyallohu anhu aytadi: “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytganlarki: “Qabr oxirat manzillarining birinchisidir. Agar qabrdan najot topsa, keyingisi yengildir, agar undan najot topolmasa, keyingisi yanada qiyinroqdir”.
Abdulhamid ibn Mahmud Mug‘iliy aytadi: “Hazrati ibn Abbosning oldida o‘tirgan edim. Bir qavm keldi. Aytishdi: “Biz hajga chiqqan edik. Zoti Safox mahallasida to‘xtadik. Bir do‘stimiz o‘sha joyda vafot qildi. Biz uni dafn qilish uchun zarur narsalarni tayyorladik, keyin unga qabr kavladik. Lahadda bir qop-qora narsa bor edi, ya’ni ilon yotardi. Keyin u yerni qo‘yib, boshqa joyni kavladik, u yerda ham o‘shanday ilon yotar edi, u yerni ham tashlab, uchinchi joyni kavladik, u yerda lahadni to‘ldirib ilonlar yotar edi, keyin oldingizga keldik”. Ibn Abbos (Alloh ikkallalaridan rozi bo‘lsin) aytdi: “Bu hol uning
qilgan yomon ishidandir. Boringlar, uni qabrning bir tomoniga ko‘maveringlar. Allohga qasamki, agar yerning hamma joyini kavlasalaringiz ham, o‘sha ilon chiqib kelaveradi. Bu gapni uning qavmiga xabar qilinglar”. So‘ngra u kishining oldidan jo‘nadik, uni o‘sha
qabrning bir tomoniga dafn qildik. Uyga qaytgandan keyin uning bizlarda qolgan ba’zi matolari bor edi, o‘shalarni oilasiga keltirdik va xotinnidan so‘radik: “U nima ish qilardi?” Xotini aytdi: “U bug‘doy sotardi, u har kuni o‘ziga yetarli miqdordagi ovqatlikni olardi-da, keyin qora bug‘doy poxolini uning o‘rniga tashlab, aralashtirib sotardi”.
Faqih rahimallohu aytadi: Bu xabar xiyonatlik ish qabr azobiga sabab bo‘lishiga dalildir. Bu yerda tiriklar uchun ibrat shuki, xiyonatdan tiyilmoqlari kerakdir. Aytiladiki, albatta, yer har kuni besh marta nido qiladi. Birinchi nidosi: “Ey odam farzandi! Ustimda yurasan va ichimga qaytasan!” Ikkinchi nidosi: “Ey odam farzandi! Ustimda xilma-xil narsalarni yeysan va ichimda seni qurtlar yeydi”. Uchinchi nidosi: “Ey odam farzandi! Ustimda kulib yurasan, ichimda hademay yig‘laysan”. To‘rtinchi nidosi: “Ey odam farzandi! Ustimda shodu xursand yurasan, yaqinda ichimda xafa bo‘lasan”. Beshinchi nidosi: “Ey odam farzandi! Ustimda gunoh qilasan, yaqinda ichimda azoblanasan”.
Amr ibn Dinordan rivoyat qilindi: “Madinalik bir kishining singlisi Madinaning bir chetida yashar edi. O‘sha singlisi kasal bo‘lib qoldi va uni ko‘rib, qaytib keldi. Keyin singlisi o‘ldi. Uni ko‘mish uchun kerakli narsalarni tayyorlaganlaridan so‘ng, qabrga olib borishdi. Ko‘mib bo‘lib, uyiga qatgandan so‘ng, o‘zining hamyonini o‘sha qabrda qoldirgani esiga tushdi. O‘rtoqlarining biridan yordam so‘radi, so‘ngra ikkalasi qabrga kelib, qabrni kavlashib, hamyonni topishdi. O‘rtog‘iga aytdi: “Sen nariroqqa ketgin, men singlimning holatini ko‘rayin”. So‘ng qabrni ustini o‘rab turgan narsalarni oldi va singlisining qabrida o‘t shu’lalanib yonib turganligini ko‘rdi, so‘ng qabrni yopib uyiga qaytdi. Uyga kelib onasidan: “Singlim nima ishlar qilishini ayting!” deb so‘radi. Onasi: “Nima uchun singlingnni so‘rading, u axir o‘lgan-ku?”, dedi. U yana so‘radi: “Ayting”. Onasi aytdiki: “Singling namozlarni kechiktirardi, namozlarni to‘liq, tahorat bilan o‘qimasdi, qo‘shnilarning eshigiga kelib quloq tutib, ularning gaplarini eshitardi, gaplarini eshitib, birovlarga yetkazardi...”
O‘sha chaqimchiligi uning qabr azobida qolishiga sabab bo‘lgan. Qabr azobidan kim najot topmoqlikni xohlasa, u chaqimchilikdan o‘zini ozod qilishi kerakdir va boshqa
gunohlardan ham saqlanib, qabr azobidan qutulishi lozimdir. Unga Alloh Munkar-Nakir savollarini oson qiladi. Alloh taolo aytadi:
“Alloh taolo mo‘minlarni, imon keltirgan kishilarni hayoti dunyoda ham, oxiratda ham ustivor So‘z (imon kalimasi) bilan sobitqadam qilur” (Ibrohim, 27).
Barro ibn Ozib roziyallohu anhu Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Musulmon kishi qabrda so‘ralgan paytda: “Alloh taolodan boshqa ma’bud yo‘qdir. Muhammad (s.a.v.) Alloh taoloning elchisidir”, deb guvohlik beradi. Bu xususda Alloh taolo “Alloh taolo mo‘minlarni, imon keltirgan kishilarni hayoti dunyoda ham, oxiratda ham ustivor so‘z (imon kalimasi) bilan sobitqadam qilur”, deydi”.
Quvvatlantirish – sobitqadam qilish Alloh taologa ishongan, ixlos qilgan, itoat qilgan mo‘minlar uchun uch holatda bo‘ladi. Birinchisi, ajal farishtasini ko‘rgan paytda: ikkinchisi, Munkar-Nakir savol qilgan paytda; uchinchisi, qiyomat kunidagi hisoblashish paytida bo‘ladi.
Ajal farishtasini ko‘rgan vaqtdagi quvvatlantirish uch turli bo‘ladi.
1. Kufrdan saqlaydi va tavhid uzra to‘xtashga muvaffaq qiladi hamda uning ruhi islomiy
holatda chiqadi.
2. Maloikalar uni rahmat bilan hursand qiladi.
3. Jannatdagi o‘rnini ko‘radi.
Qabrda quvvatlantirish uch turlidir:
1. Alloh taolo yaxshi to‘g‘ri so‘zlarni unga bildirib (o‘rgatib) qo‘yadi. Shu bilan ikki farishtaga Parvardigori rozi bo‘ladigandek javob beradi.
2. Undan ayanchli, dahshatli qo‘rquvni ketkazadi.
3. Jannatdagi o‘rnini ko‘radi, so‘ngra qabr jannat bog‘laridan bir boqqa aylanadi.
Hisob paytida quvvatlantirish uch turlidir:
1. Undan so‘raladigan hujjatni Alloh taolo unga o‘rgatib qo‘yadi.
2. Uning ustida bo‘ladigan hisobni yengil qilib qo‘yadi.
3. Adashishlik va xatolarni o‘tkazib, kechirib yuboradi.
Va aytiladiki, quvvatlantirish to‘rt holatdadir:
1. O‘lim vaqtida.
2. Qabrda javob berishlikda.
3. Hisob paytida.
4. Sirot ko‘prigi oldida, ya’ni undan ko‘rinmay ovoz chiqaradigan chaqmoq kabi o‘tib ketadi.
Agar: “Qabrdagi savol qanday bo‘ladi?” deb so‘ralsa, aytiladiki: “Bu savolga ulamolar ko‘p so‘z aytadilar. Unda turli rivoyatlar, qarama-qarshiliklar bor. Ba’zilari aytdilar: “Savol Ruhga bo‘ladi, jasadga emas. U vaqtda ruh jasadning ichiga kiradi”, deyiladi.
Yana aytiladi: “Ruh jasad va kafan orasida bo‘ladi”, deb. Bu so‘zlarning hammasi oyat va hadislardan, haqiqiy rivoyatlardan kelib chiqqan. Ahli ilmlar nazdidagi to‘g‘ri ish
insonning qabr savollariga iqror bo‘lishligidir. Savol-javobning kayfiyati bilan mashg‘ul bo‘lib qolmasligi kerak. Va: “Alloh biluvchiroqdir, uning qanday ekanligini albatta, o‘lganimizda ko‘rgaymiz”, deb aytmoq to‘g‘riroqdir.
Qabrda bo‘ladigan Munkar-Nakir savol-javoblariga ishonmaslik ikki turli bo‘lishi mumkin.
1. Bu holat g‘ayritabiiy bo‘lganligi uchun, bu aqlga sig‘maydi, deyish bilan.
2. Bo‘lishi mumkin, deydiyu, lekin bu haqdagi dalillarni asossiz deb biladi, ya’ni dalillarga qanoatlanmaydi.
Agar kimki, bu holat g‘ayritabiiy, bo‘lishi mumkin emas, desa, bunday so‘z payg‘ambarlikni inkor qilish va mo‘jizani yo‘qqa chiqarishdir, chunki payg‘ambarlar odamlardandir. Ularning tabiati odamlarning tabiati kabidir. Albatta, payg‘ambarlar farishtani ko‘rdilar, u ularga vahiy tushirdi. Muso alayhissalom uchun dengiz yorildi, u zotning hassasi ajdahoga aylandi. Buning hammasi tabiatga xilofdir. Ammo bu narsalarni dalillar kuchli emas deb inkor qilishlik Islomdan chiqishlikdir. Bizdan uni quvvatlaydigan javoblar yetardi. Alloh o‘z kitobida dalil qilib aytdi:
“Kim Mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas, albatta, uning uchun tang-tor –
Dostları ilə paylaş: |