2. Discomycetidae (Diskomisetlar).
3. Pyrinomycetidae (Pirinomisetlar).
1.Plectomycetidae tartib guruhi kiruvchi zamburuglarning meva tanalari klestotesiyalardan
iborat bo‘lib, ularning ichida xaltachalar betartib joylashgan. Sporalari ko‘pincha rangsiz, ba’zi
hollarda rangli bo‘ladi. Bu tartib zamburuglari saprofit bo‘lib, o‘simlik
va xayvon qoldiqlari va
boshqalarda hayot kechiradi. Ba’zi avlodlari ishlab chiqarishda ahamiyatga egadir. Bu tartib 1 ta
Euratiasae (Euratatsiya) oilasini tashkil etadi. Bu oila zamburuglari uruglarda turli kasalliklarni
keltiradi, mevalarni saqlashda yashil guborlarni hosil qiladi. Bu oila 2 ta avlod beradi:
1. Aspergillus
2. Penicillum
Bu avlodlar bir –biridan konidiyalarining tuzilishiga qarab farq qiladi.
Bularni turli xil
chirigan o‘simlik qoldiqlarida, iste’mol
qilinadigan mahsulotlarda, mevalarda uchratish mumkin.
2.Eysiphales tartibiga kiruvchi zamburuglarning meva tanachalari kleystotesiylardan iborat.
Bu zamburug obligat parazitlar hisoblanadi. Bularning miseliysi yaxshi rivojlangan bo‘ladi. +ishloq
xo‘jalik o‘simliklarida un-shudring kasalliklarini keltiradi. Bu tartibga 1 ta
Eysiphaseae oilasi
kiradi. Oila esa o‘z ichiga bir nechta avlodni oladi.
Dostları ilə paylaş: