Nazariy qism qurilmaning tavsifi



Yüklə 92,61 Kb.
səhifə1/3
tarix12.01.2023
ölçüsü92,61 Kb.
#122183
  1   2   3
Fokus masofa


LABORATORIYA ISHI (3-stol, 152 aud.)
YIG’UVCHI LINZALARNING FOKUS ORALIG’INI ANIQLASH



  1. KERAKLI ASBOBLAR

Optik taglik, yig’uvchi linzalar to’plami, chizg’ich, yorug’lik manbai (buyum), ekran.

  1. NAZARIY QISM

  2. QURILMANING TAVSIFI

Linzalar barcha optik asboblarning asosiy qismi hisoblanadi. Linza deb ikki tomoni sferik sirt bilan chegaralangan shaffof moddaga aytiladi. Ikki tomoni qavariq linzani ko’raylik (2-rasm). Uning egrilik radiuslari R1 va R2, egrilik markazlari C1 va C2 bo’lsin. Linzaning chegaralovchi sferik sirtlarning markazlari
orqali o’tuvchi to’g’ri chiziq linzaning bosh o’ptik o’qi deyiladi (2-rasm). Linzaning o’rta qismiga joylashgan O nuqtani uning optik markazi deyiladi. Optik markazdan o’tgan barcha to’g’ri chiziqlar linzaning optik o’qlari deyiladi. Optik markazdan bosh fokusgacha bo’lgan masofa OF linzaning fokus masofasi deyiladi (3- rasm).

Bosh fokus masofa F linzaning egrilik radiuslari R1 va R2 va uning sindirish ko’rsatkichi n bilan


(1)
formula orqali bog’langan. Bu yerda 1/F = D - linzaning optik kuchi deyiladi va dioptriyada o’lchanadi (Fokus masofasi 1 m bo’lgan linzaning optik kuchi 1 dioptriya bo’ladi).
Qavariq linzalarning bosh fokus masofasini aniqlashda turli usullardan foydalaniladi.
1 usul: Fokus masofasini an`anaviy usul bilan aniqlash.
Agar linza bilan buyum orasidagi masofani d va linza bilan tasvir orasidagi masofani f bilan belgilasak (4-rasm ), linzaning fokus masofasi:

(2)
yoki (3)
formula bilan ifodalanadi.



Yüklə 92,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin