Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi


I.Kirish…………………………………………….…………………….…3-4



Yüklə 75,53 Kb.
səhifə2/9
tarix30.01.2023
ölçüsü75,53 Kb.
#122754
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2 5431514074582095733 (3)

I.Kirish…………………………………………….…………………….…3-4
II.Asosiy qism:
1.Shaxs ma’naviyatini shakllantirishda ota-ona mas’uliyati……...…..5-18
2. Oilada bola ma’naviyatini shakllantirish omillari…………………19-22
3.Adabiyot va san’at – shaxs ma’naviyatini shakllantirish va rivojlantirishning muhim vositasi………………………………...…………23-25
4. Shaxs ma’naviyatini shakllantirishda axloqiy tarbiyaning o`rni….26-33
IV.Xulosa………………………………………………………..…………..34
V.Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………35

KIRISH
Ma’naviyat qotib qolgan narsa emas. U jamiyat va inson bilan, ijtimoiy amaliyot bilan birga takomillashadi, boyiydi, o‘zgaradi. Unga davlat siyosati, ijtimiy tabaqalar, millatlar, xalqlar, mamlakatlar, madaniyatlar o‘rtasidagi munosabatlar, aloqalar muayyan tarzda ta’sir ko‘rsatadi. Ma’naviyatning milliy tiklanish, mustaqillikni mustahkamlash va xalq tafakkurini boyitish borasidagi ahamiyati uni bus-butun holda o‘rganib, ijtimoiy vazifalarini, imkoniyatlari va salohiyatini ochib berishni taqozo etadi. Ma’naviyat to‘g‘risida aniq va nisbatan mukammal tasavvurlargina Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashda ma’naviy omillardan samarali foydalanish imkonini beradi.
Bugungi kunda ma’naviyatni nafaqat bir joyga to‘plash, shuningdek, yagona predmet nuqtai nazaridan o‘rganish zarurati tug‘ildi. Ma’naviyat shakllana boshlashi jarayonida insonda asl insoniy tabiat vujudga kela boshladi, u asta-sekin ma’naviy shaxsga aylana bordi.
Yovvoyi odam ma’naviy shaxs emas, demak u erkin ham emas. U tabiatga, uning tasodiflariga, injiqliklariga to‘liq qaram. Yovvoyi odam “erkinligi” instinkt (mayllar)ga asoslangan. Ma’naviy shaxs erkinligi esa axloq, huquq va iqtisodiyot me’yorlariga, ixtiyoriy tanlashga asoslangan. Yovvoyi odamdan farqli, ibtidoiy odamda ma’naviy shaxs unsurlari mavjud. Lekin u hali ma’naviy shaxs emas, chunki unga individuallik va mas’ullik etishmaydi. Ibtidoiy odamdagi ma’naviyat unsurlari jamoa ongining, irodasining bir bo‘lagi bo‘lib mustaqil individual ongning va irodaning ko‘rinishlari emas. Ma’naviyat rivojlanishining asosiy maqsadi – ma’naviy shaxsni tarbiyalash. Ma’naviy shaxs erkin tafakkurga, uning asosida erkin tanlay olish imkoniga ega shaxs. Ongli tanlash, ijtimoiy zaruratni anglash, insonparvarlikka va taraqqiyotga xizmat qiluvchi huquqiy, axloqiy va iqtisodiy me’yorlarni yaratib, ularga ongli ravishda, ixtiyoriy itoat etishgina insonga erkinlik va ma’naviylik bag‘ishlaydi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, ma’naviyat insonning mehr-muruvvat, adolat, to‘g‘rilik, sofdillik, vijdon, or-nomus, vatanparvarlik, go‘zallikni sevish, undan zavqlanish, yovuzlikka nafrat, iroda, matonat va shu kabi ko‘plab asl insoniy xislatlar va fazilatlarning uzviy birlik, mushtaraklik kasb etgan majmuidir. Ma’naviyat bu shunchaki insoniy xislatlar majmui emas, balki ijobiy hislatlar, fazilatlar majmuidir

Yüklə 75,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin