Milliy g`oyaning bunyodkor g`oya ekanligi. Uning jamiyatni jamiyat, millatni millat, xalqni xalq qilishdagi o`rni va ahamiyati Reja


Mustaqillik sharoitida jamiyat g`oyaviy-mafkuraviy asoslari o`zgarishining mamlakat taraqqiyotini ta`minlashdagi ahamiyati



Yüklə 25,97 Kb.
səhifə2/2
tarix24.11.2022
ölçüsü25,97 Kb.
#119848
1   2
Milliy g`oyaning bunyodkor g`oya ekanligi. Uning jamiyatni jamiyat, millatni millat, xalqni xalq qilishdagi o`rni va ahamiyati

Mustaqillik sharoitida jamiyat g`oyaviy-mafkuraviy
asoslari o`zgarishining mamlakat taraqqiyotini ta`minlashdagi
ahamiyati

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan ijobiy o`zgarishlar har bir insonning milliy o`zligini anglashini, milliy g`ururi o`sishini yangi bosqichga ko`tardi. Milliy g`oya mustaqillik sharoitida mamlakatimiz ma`naviy hayotini yuksaltirishga, jamiyat a`zolarini ma`naviy jihatdan kamolotga yetkazib berishga xizmat qiladigan qudratli kuchga aylandi. Odamlar ongida mustaqillik, ma`naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish, xalqning milliy ruhini uyg`otish va tiklash jamiyatning barqaror rivojlanishining muhim sharti va kafolatidir. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz qoldirgan ma`naviy merosni tiklash ishlari boshlanib ketdi. Ma`naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan ma`naviy boyliklar-siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq-odob me`yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san`at asarlari majmuidir. Ma`naviy qadriyatlar, boyliklar jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi va o`sha davr hayotini aks ettiradi. Har bir avlod ma`naviyatni yangidan yaratmaydi, ma`naviy merosga tayanadi, biroq uni qanday bo`lsa shundayligicha, ko`r-ko`rona qabul qilavermaydi, taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, adolat nuqtai nazaridan qabul qiladi va rivojlantiradi.
Mustaqillik sharofati bilan ma`naviy hayotimizda uyg`onish yuz berdi. Ulug` mutafakkirlarimiz, bobokalonlarimizning ruhi shod etildi, nomi, izzat ikromi, hurmati o`z joyiga qo`yildi. Ularning ma`naviy meroslari xalqimizga qaytarildi. Xalqimizning boy tarixiy ma`naviy merosi, milliy davlatchilik an`analari, urf-odat va marosimlarini o`rganishga, qayta tiklashga, ulardan foydalanishga e`tibor kuchaytirildi.
Milliy davlatchiligimizning tarixiy tajribasi o`rganildi. Amir Temur tuzuklari, Forobiy, Beruniy, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarimizning odil davlat qurish va barkamol insonni tarbiyalash haqidagi dono fikr-mulohazalari mustaqillik davrida demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etilishida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Chunki, xalqimizning milliy davlatchilik tarixi ming yilar avval shakllangan bo`lib, bugungi kunda biz qurayotgan buyuk davlat asoslari ana shu qadimiy poydevorga tayanadi.
G`oyaga qarshi faqat g`oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma`rifat bilan bahsga kirishishga chorlagan milliy istiqlol g`oyasi jamiyatimiz faoliyatining mezoniga aylanib, mustaqillikdan so`ng jamiyatga, el-yurt ishiga har tomonlama munosib, jismonan yetuk, ongu tafakkuri yuksak, ma`naviy barkamol insonlarni tarbiyalash masalasiga asosiy e`tibor qaratildi. Lekin o`z xalqiga, uning an`analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, haqiqiy insonni tarbiyalash mumkin emas. Vatanparvarlik va fuqarolar yakdilligi-yosh va mustaqil O`zbekiston davlati barpo etilayotgan negizdir.
O`zbekistonda mustaqillik yillarida boy tarixiy merosimizni tiklash davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Milliy madaniyatimizga, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga buyuk hissa qo`shgan bobokalonlarimizning ma`naviy merosi xalqimizga qaytarildi. Tavallud topgan kunlari butun mamlakat va xalqaro`miqyosda keng nishonlandi. Mustaqillik yillarida buyuk shaxslarning xotirasiga bag`ishlab barpo etilgan yodgorliklar majmuasi jamiyat ma`naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va milliy g`ururni yanada kamol toptirish hamda xalq ongi-tafakkuriga milliy mafkura asoslarini singdirishga, dunyo xalqlariga o`zbek davlatchiligining ildizlari naqadar baquvvat ekanligini namoyish etishga xizmat qilmoqda. Buyuk allomalarimizning o`nlab nodir va noyob asarlari yangitdan kashf etilib, ingliz, fransuz, nemis, yapon va boshqa xorijiv tilarda nashr etildi. Jumladan. Imom Buxoriy, Ahmad Farg`oniy, Imom Tenniziy, Burhonuddin Marg`inoniy, Imom Moturidiy, Mahmud Zamaxshariy, Amir Temur, Mirzo Ulug`bek, Ahsher Navoiy, Zahinddin Muhammad Bobur, Kamoliddin Behzod, Sharafiddin Ali Yazdiy, Aziziddin Nasafiy kabi ulug` zotlarning merosi butun dunyoga targ`ib etilmoqda.
Muslaqillik yillarida xalqimiz madaniyati va ma`naviyatini yuksaltirish uchun fidoiylik ko`rsatgan jadid ma`rifatparvarlaridan Mahmudxo`ja Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Otajon Hoshimov, Botu, Elbek va boshqalar haqida ko`plab ma`lumotlar, ijodidan namunalar chop etildi.
Mustaqillik tufayli boy tariximiz va madaniy merosimiz, urf-odat va an`analarimiz, dinu diyonatimiz qayta tiklandi. Asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an`analarimiz xalqimizning bemisil boyligi, istiqlolimizning mustahkam poydevori va porloq istiqbolimizning kafolatidir. Bugungi globallashuv davrida inson ongi va tafakkurini egallash yo`lidagi kurash keskinlashayotgan, yoshlarni yot g`oya va mafkura, salbiy illatlar ta`siriga tortishga urinishlar tobora kuchayayotgan bir sharoitda ajdodlarimizning orzu-umidlari, intilishlari va boy tafakkurini o`zida mujassam etgan ma`naviy merosimiz va milliy qadriyatlarimizni ko`z qorachig`idek asrash va uni yosh avlod ongu-shuuriga singdirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Mustaqillikdan keyingi davrda tarixiy an`analarga sadoqat, ajdodlar merosidan faxrlanish, ijtimoiy hayotning eng muhim yo`nalishlariga alohida e`tibor qaratish mustaqil siyosat va milliy g`oyamizning eng muhim hayotbaxsh omillariga aylandi. Mustaqillik davrida O`zbekistonda madaniyat, fan va ta`lim sohasida avvalgi davr bilan taqqoslab bo`lmaydigan darajada beqiyos yutuqlarga erishildi. Milliy hunarmandchilikning turli sohalari rivojlantirildi. Musiqa, amaliy va tasviriy san`at kabi yo`nalishlar rivojiga ham e`tibor kuchaytirildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida hukumatga qarashli bo`lmagan “Sog`lom avlod uchun” jamg`armasi tashkil qilindi. Mamlakatimizda “Umid niholari”, “Barkamol avlod” va “Uniyersiada” sport o`yinlarini o`z ichiga olgan uch bosqichli vagona uzluksiz tizim shakllantirildi. Mustaqillikdan keyin O`zbekistonda ma`naviy hayotning ajralmas qismi bo`lgan xalqaro kino, teatr va musiqali festivalar o`tkazish yaxshi an`anaga aylanib qoidi. O`zbekistonda an`anaviy ravishda o`tkazrlayotgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali butun jahon madaniy jamoatchiligi orasida keng shuhrat qozonmoqda. O`zbekistonda milliy merosimizni asrab- avaylash, amaliy san`at va hunarmandchilik yo`nalishidagi qadimiy an`analarni tiklash, bu borada ijodkorlarga har tomonlama ko`maklashish, yosh iste`dodlarning faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish, ularning ijodini qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish masalasiga alohida e`tibor qaratilmoqda. O£zbekistonda mustaqillikdan so`ng ko`plab festivalar, ko`rik-tanlovlar, milliy hunarmandchilik yarmarkalari turli ko`rgazmalar, konsertlar doimiy ravishda o`tkazilmoqda.
O`zbekistonda mustaqillikdan so`ng dinga nisbatan munosabat ijobiy tomonga o`zgarib, dinga ma`naviyat, qadriyat sifatida munosabat shakllantirildi. O`zbekistonda yashab faoliyat ko`rsatayotgan turli konfessiyalar vakillarining ma`naviy dunyosi, e`tiqod erkinligi uchun mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab keng yo`l ochildi. O`zbekistonda dinga bo`lgan munosabat “dunyoviylik - dahriylik emas” degan tamoyil asosida belgilandi. O`zbekistonda turli e`tiqodga mansub diniy tashkilotlar o`rtasida o`zaro hurmat va bag`rikenglik muhiti o`rnatilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Dunyoviy davlat tuzumi amal qilayotgan O`zbekistonda barcha dinlarga bir xil va teng munosabatda bo`lish bugun real voqelikka aylandi. O`tgan davr mobaynida bag`rikenglikning muhim omillaridan biri bo`lgan millatlararo va dinlararo totuvlik ta`minlandi. Bugungi kunda O`zbekistonda insonning erkin fikrlash erki, xohlagan diniga e`tiqod qilisli erkiga yoki hech qanday dinga e`tiqod qilmaslik erkiga bo`lgan huquqi tan olingan. Mustaqillik yillarida dinning, eng avvalo, islom dinining ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatidagi mavqeyi tiklandi.
O`zbekistonning ma`naviy hayotidagi o`zgarish va yangilanishlar eng avvalo, milliy g`oya va milliy mafkurada o`z ifodasini topib, milliy g`oya va milliy mafkura konsepsiyasi ishlab chiqilganda quyidagi masalalarga e`tibor qaratildi:
-milliy mafkura, avvalambor, o`zligimizni, muqaddas an`analarimizni anglash tuyg`ularini, xalqimizning ko`p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyat oldiga bugun qo`yilgan oliy maqsad va vazifalarni o`zida qamrab olishining shartligi;
-jamiyatimizda bugun mavjud bo`lgan xilma xil fikrlar va g`oyalar, erkin qarashlardan, har qanday toifalar va guruhlarning intilishlari va uinidlaridan, har qanday insonning e`tiqodi va dunyoqarashidan qat`iy nazar, ularning barchasini yagona milliy bayroq atrofida birlashtiradigan, xalqimiz va davlatimizning daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng buyuk maqsadlar sari chorlaydigan yagona g`oya - mafkura bo`lishi zarurligi;
-milliy mafkuramiz har qanday millatchilik va shunga o`xshagan unsurlardan, boshqa eiat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlaridan mutlaqo xoli bo`lib, qo`shni davlat va xalqlar, umuman jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda, munosib hurmat va izzat qozonishda poydevor va rahnamo bo`lishi darkorligi;
-milliy g`oya birinchi navbatda yosh avlodimizni valanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashi, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarni payvand qilishdek oliyjanob ishlarimizda madadkor bo`lishi zarurligi;
-milliy g`oya Vatanimizning shonli o`tinishi va buyuk kelajagini uzviy bog`lab turishga, o`zimizni ulug` ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari deb his qilish, shu bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishnioqqa yo`l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil da`vat qiladigan g`oya bo`lishi muhimligi. Milliy g`oya va mafkura xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat qilib, xalqni, millatni birlashtirib, bunyodkorlik ishlariga da`vat eladi.
Mamlakatimiz mustaqilligining ma`naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an`ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbiga ona yurtga muhabbat, milliy istiqlol g`oyasiga sadoqat tuyg`ularini chuqur singdirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda:
-o`zbek xalqining boy tarixiy, ilmiy, badiiy, madaniy-ma`lifiy va axloqiy merosini har bir fuqaroning ma`naviy mulkiga aylantirish, milliy o`zlikni anglashni ustuvor yo`nalish sifatida amalga oshirish, milliy g`oya va mafkurani xalqimizning ongi va qalbiga chuqur singdirish, uni ruhiy va ma`naviy kuch-qudrat manbaiga aylantirish;
-Vatan ozodligi yo`lida jasorat ko`rsatgan buyuk ajdodlarimizning ibratli hayotini keng targ`ib etib borish, siyosiy jarayonlarga, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar tahlili asosida jamiyatning har bir a`zosi qalbida milliy g`ururni kuchaytirish, hech qachon, hech kimga qaram bo`lmaslik tuyg`usini kamol toptirish:
-aholining barcha qatlamlarida, xususan, yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, fidoyilik va vatanparvarlik tuyg`ularini mustahkamlash, ularda dunyo va mamlakat miqyosidagi siyosiy jarayonlarga mustaqil va ongli munosabatda bo`lish hissini uyg`otish;
-jamiyatda o`zaro insoniy munosabatlar, izzat-ehtirom, mehr- muruvvat, millatlararo totuvlik, diniy bag`rikenglik g`oyalarini shakllantirish jarayonlarni milliy g`oya va ma`naviyat tamoyillari bilan uyg`un tarzda tizimli va uzluksiz targ`ib etib borishni yo`lga qo`yish;
-turli ommaviy axborot vositalari va Internet tarmoqlarida tarqatilayotgan, urf-odatlarimiz, milliy mentalitetimizga zid, odobsizlik va axloqsizlikni targ`ib etuvchi vayronkor g`oyalarning yoshlarnliz ongiga salbiy ta`sir o`tkazishining oldini olish;
-axloqiy, tarbiyaviy ishlarni yanada takomillashtirish, yoshlarda yuksak ma`naviy va madaniy sifatlarni shakllantirish, umuminsoniy qadriyatlar, milliy o`zlikni anglash, g`urur va iftixor, sog`lom turmush tarzini qaror toptirish, boy tarixiy-madaniy merosga asoslangan holda mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash, xalqimizning azaliy an`ana va urf-odatlariga asoslangan holda jamiyatda o`z o`rnini topish, kasb-hunar egallashga bo`lgan ishtiyoqini kuchaytirish:
-yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar mazmunini keng targ`ib etish orqali ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish;
-yoshlarning turli sohalarda erishayotgan yutuqlarini keng targ`ib etish va ularning ongida barkamol shaxs idealini shakllantirish orqali zamonamiz qahramonlarini kamol toptirish, bugungi kunda g`oyaviy, mafkuraviy sohada olib borilayotgan ishlarning muhim qismidir
Yüklə 25,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin