Milliy g`oyaning bunyodkor g`oya ekanligi. Uning jamiyatni jamiyat, millatni millat, xalqni xalq qilishdagi o`rni va ahamiyati Reja



Yüklə 25,97 Kb.
səhifə1/2
tarix24.11.2022
ölçüsü25,97 Kb.
#119848
  1   2
Milliy g`oyaning bunyodkor g`oya ekanligi. Uning jamiyatni jamiyat, millatni millat, xalqni xalq qilishdagi o`rni va ahamiyati


Milliy g`oyaning bunyodkor g`oya ekanligi. Uning jamiyatni jamiyat, millatni millat, xalqni xalq qilishdagi o`rni va ahamiyati


Reja:



  1. Milliy g`oyaning bunyodkor g`oya ekanligi. Uning jamiyatni jamiyat, millatni millat, xalqni xalq qilishdagi o`rni va ahamiyati

  2. Milliy g`oyaning yot va zararli g`oyalardan farqi, uni
    aniqlash mezonlari

  3. Mustaqillik sharoitida jamiyat g`oyaviy-mafkuraviy
    asoslari o`zgarishining mamlakat taraqqiyotini ta`minlashdagi
    ahamiyati


Milliy g`oyaning bunyodkor g`oya ekanligi. Uning jamiyatni jamiyat, millatni millat, xalqni xalq qilishdagi o`rni va ahamiyati
Mustaqillik yillarida jamiyatimiz a`zolarining dunyoqarashi, fikrlash tarzida ko`pgina o`zgarishlar yuz bermoqda. Ana shunday sharoitda xalqimizni birlashtiradigan, bunyodkorlik faoliyatiga safarbar etadigan, uning ezgu maqsadlari va hayotiy manfaatlarini o`zida mujassam etadigan milliy g`oya va mafkurani yaratish muhim vazifaga aylandi. Jamiyatning taraqqiy etib borishi jarayonida oldin g`oya paydo bo`ladi, g`oya asosida mafkura, mafkura asosida tizim va siyosat paydo bo`ladi. Milliy g`oya - tanlagan taraqqiyot yo`limizning to`g`ri, adolatli va haqqoniy ekanligiga, u mana shu zaminda istiqomat qiladigan har bir insonning hayotiy manfaatlariga mos tushishiga keng ommani ishontirish orqali ularni bunyodkorlik ishlariga safarbar etish uchun xizmat qiladi. Milliy g`oya O`zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish jarayonida xalqni uyushtiruvchi, birlashtiruvchi, ma`lum bir maqsadga yo`naltiruvchi, harakat dasturi bo`luvchi bunyodkor g`oya bo`lib, u jamiyatni jamiyat, millatni millat, xalqni xalq qilish jarayonida muhim ahamiyatga egadir. O`zbekistonning milliy isliqlol mafkurasi oldida buyuk maqsad-muddaolar, o`ta dolzarb vazifalar turgan bo`lib, uning asosiy maqsadlaridan biri - O`zbekiston hududida yashovchi har bir fuqaroni, har bir millat va elat kishilarini barkamol inson qilib tarbiyalash, mustaqillikning ongli fidoyisiga aylantirishdir. Insonning faolligi uning ilg`or, bunyodkor, xalqning o`ziga xos va mos bo`lgan milliy g`oyaga amal va e`tiqod qilishiga bevosita bog`liqdir. Milliy istiqlol mafkurasi butun O`zbekiston xalqining milliy ruhini, madaniy merosini, his-tuyg`usini, milliy g`urur va iftixorini, kuch-qudratini, orzu intilishlarni o`zida ifodalaydi.
Milliy g`oya bunyodkor g`oya sifatida jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Agarda ijtimoiy taraqqiyotda milliy g`oya xalqning ishonch va e`tiqodiga aylansa, u jamiyat taraqqiyotiga kuchli ijobiy ta`sir ko`rsatadigan omilga aylanib, o`zining kutilgan natijasini beradi. Shuning uchun ishonch va e`tiqod masalasi milliy g`oyadagi muhim mezon hisoblanadi. Xalqni birlashtirish, mustaqillikni mustahkamlashning birdan bir yo`li-o`zbek xalqini uyushtiruvchi, yangi jamiyat qurishga safarbar etuvchi milliy g`oyani, jamiyat mafkurasini shakllantirishdan va odamlar ongi va qalbiga singdirishdan iborat bo`lib, O`zbekistonda milliy g`oya va mafkurani shakllantirish jarayoni bosqichma-bosqich olib borildi.
Milliy g`oya jamiyatni tashkil qilgan shaxslar, individlar va ijtimoiy guruhlarning siyosiy partiyalarga mansubligidan, qaysi dinlarga e`tiqod qilishidan, millati va irqidan, ijtimoiy maqsadidan qat`iy nazar, ularning manfaatlarini integratsiyalashtiruvchi hamda uniyersallashtiruvchi ijtimoiy faoliyat omili bo`lib hisoblanib, jamiyatdagi tinchlik-barqarorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bag`rikenglik milliy g`oya yordamida ta`minlanadi. O`zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, mamlakatimizda yashayotgan barcha ijtimoiy-siyosiy qatlamlarni. tabaqalarni, millat va elatlarni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi g`oyasi atrofida birlashtirishga va uyushtirishga katta e`tibor berib kelinmoqda. O`zini O`zbekiston fuqarosi deb bilgan har bir insonni umumiy Vatan tuyg`usi, xalq farovonligi, erkin va farovon hayot qurish, millatlararo totuvlik bilan uzviy bog`liq bo`lgan milliy g`oya birlashtiradi. Jamiyat hayotida milliy g`oya bajaradigan muhim vazifalardan biri, komil insonni, barkamol shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Komil insonni, barkamol shaxsni tarbiyalaslning muhim vositalari bo`lgan ta`lim-tarbiya, fan, madaniyat va ma`rifat, adabiyot va san`at, din, sport sohalariga, fanlarning mazmuniga milliy istiqlol g`oyalarini singdirish muhim ahamiyatga egadir. Milliy g`oyaga ishonch va e`tiqodni shakllantirish boy tarixiy ma`naviy meros, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg`unligi asosida amalga oshiriladi. Boy tarixiy ma`naviy merosni, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni fuqarolar ongi va qalbiga singdirishda milliy o`zlikni anglash, tarixiy xotirani tiklash, O`zbekiston fuqarolarida milliy g`urur va iftixor tuyg`ularining shakllantirilishi muhim ahamiyatga egadir.
Milliy g`oyaning Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligini ta`minlashdan iborat bo`lgan asosiy g`oyalarini hayotga tatbiq qilishda shaxs tarbiyasining quyidagi jihatlariga asosiy e`tibor qaratiladi:
-vatanparvarlik tuyg`usini shakllantirish va uni har bir insonning hayotiy ehtiyojiga aylantirish;
-tinchlik uchun kurashning har bir inson hayotiy maqsadi, manfaati va ehtiyojining markaziy masalasi sifatida e`tirof etilishi;
-el-yurt farovonligi uchun fuqarolarda fidoyilik va burchga sadoqat tuyg`ularni shakllantirish va rivojlantirish;
-millatlararo va dinlararo bag`rikenglik xislatlarining vujudga kelishi va takomillashib borishi:
-xalq va millat manfaatlarining shaxsiy va ijtimoiy guruhiy manfaatlarga qaraganda ustuvor ahamiyat kasb etishi;
-shaxsning milliy ongi, tarixiy ma`naviy merosi, milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish asosida milliy o`zlikni anglash jarayonini kuchaytirish va milliy g`urur va iftixor tuyg`ularini yanada mustahkamlash
“Ozod va obod Vaian, erkin va farovon hayot” g`oyasida mujassam bo`lgan milliy g`oya jamiyatni harakatga keltiruvchi kuchga aylanishi uchun, u o`zligini anglagan har bir fuqaroning ongidan chuqur joy olishi va yashash tamoyiliga aylanishi zarurdir. Milliy g`oya xalqimizning qadimiy va boy tarixidan, ulug` alloma ajdodlarimizning hikmatlari va hayotiy o`gitlaridan, bunyodkor g`oyalaridan, yashash ibratidan, shu bilan birgalikda jahondagi boshqa xalqlar tomonidan yaratilgan umuminsoniy qadriyatlardan oziqlariib taraqqiy etib bormoqda. Tarixiy xotira millatga kuch-qudrat bag`ishlaydi, hayotning og`ir sinovlarini munosib yengib o`tishga, o`zligini saqlab qolishga yordam beradi. G`oya xalqning o`tinishi, buguni va kelajagini bog`lab turuvchi fikr bo`lib, u avvalo, xalqimizning milliy ma`naviyatiga tayanadi. Milliy g`oya xalqimizning ma`naviy merosidan ozuqa oladi, milliy o`ziga xosligini saqlab turishga, milliy manfaatlarini amalga oshirishga va milliy taraqqiyot yo`larini belgilashga xizmat qiladi. Milliy g`oya va mafkuraning muhim vazifasi O`zbekiston fuqarolarda kelajakka komil ishonch, erkin va farovon hayotga umid his-tuyg`usini tarbiyalashdan iboratdir.
O`zbekiston xalqining milliy istiqlol g`oyasi, teran zaninga, tarixiy ildizlarga ega bo`lsa ham, tizim sifatida mustaqillik sharoitida shakllaridi va rivojlarinioqda. Milliy g`oyada Vatan ravnaqiga, uning gullab-yashnashi, ozod va obod bo`lishiga ustuvorlik berilgan. Vatan tuyg`usi, vatanparvarlik hissi madaniy merosimizda ham, milliy g`oyamizda ham salmoqli o`rin egallaydi. Milliy g`oya mamlakat muslaqilligini mustahkamlash, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga xizmat qiladigan mafkura to`g`risidagi yaXIIt va izchil ta`limot bo`lib, u jamiyatni jamiyat, millatni millat, xalqni xalq qilishga xizmat qiladi.

Milliy g`oyaning yot va zararli g`oyalardan farqi, uni


aniqlash mezonlari

Har bir xalq, millat va jamiyat o`z manfaatiga xizmat qilib, uning taraqqiyotini ta`minlashga yordam beradigan muayyan g`oyaga ehtiyoj sezadi. Milliy g`oya millat manfaatlarini, xalqning orzu-istaklarini o`zida mujassamlashtiradi. U o`zining asosiy g`oyalari va maqsadlari bilan komil insonlarni tarbiyalashga harakat qiladi. Mafkura - jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmunini, ularning intilishlarni o`zida mujassamlashtiradi. Barcha davrlarda har bir davlat, xalq, jamiyatning o`ziga xos g`oyasi va mafkurasi bo`lgan. Mafkura barcha davrlarda jamiyatni yuksak va bunyodkor maqsadlar yo`lida birlashtirib, jamiyat ahli o`rtasida sog`lom munosabatlarni shakllantirgan, hamda ezgu orzular, maqsad- muddaolariga erishishda ma`naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan omil vazifasini bajarib kelgan. Mafkuraning hayotiyligi odamlarning, millatning, jamiyatning milliy manfaatini, orzu-intilishlarni qay darajada aks ettira oladigan bosh va asosiy g`oyalar, bu g`oyalar ularning turmush tarsi, dunyoqarashi, tabiatiga qanchalik mos bo`lishi bilan belgilanadi. Milliy g`oyaning asosiy tushuncha va tamoyillari tizimida insonning jamiyatdagi o`rni bunyodkor kuch sifatida belgilanib, mustaqillikning bosh g`oyasi ham, asosiy g`oya va tushunchalari ham bunyodkorlik falsafasi asosida yoritilgan. Milliy g`oya doimo jamiyatga tahdid solib kelgan yot va zararli g`oyalarga qarshi kurashib, odamlarni ezgulik, farovonlik va baxtli hayotga da`vat etib kelgan. Milliy g`oya bunyodkor g`oya sifatida insonni ulug`laydigan, uning kuch g`ayrati va salohiyatini oshirib xalqi, Vatani, butun insoniyat uchun foydali ishlar qilishga safarbar etadigan, o`zida taraqqiyot, ma`rifat, do`stlik, tinchlik, adolat, halollik, poklik kabi ezgu his-tuyg`ularni mujassam etadigan, jamiyat taraqqiyoti va inson kamolotiga xizmat qiladigan g`oyadir. Milliy g`oya kabi bunyodkor g`oyalarga tayangan fuqarolar farovon hayot va erkin jamiyat qurish uchun harakat qiladilar. Milliy g`oya - millat tafakkurining ko`p asrlik mahsuli va davr taqozosi bilan takomillashib boruvchi uzluksiz hodisadir. Milliy g`oya - inson va jamiyat hayotiga ma`no-mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmui, xalq hayotining fikriy ifodasidir. Milliy g`oyaning mazmun-mohiyati va uning yot va zararli g`oyalardan farqli tomonlari mustaqillikdan keyingi davrda nazariy jihatdan asoslab berildi va O`zbekistonda adolatli huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurilish jarayonida amaliyotga, jamiyat hayotiga tatbiq qilindi.
Milliy g`oyani ishlab chiqish va jamiyat hayotiga tatbiq qilishda quyidagilarga e`tibor qaratiladi:
1.Tarixiy xotirani uyg`otish, o`tinishdan saboq chiqarish, o`zlikni anglash rnezoni bo`lishi;
2.Xalq maqsadlarini ifoda etib, jarniyat a`zolarini birlashtiruvchi g`oyaviy vazifani bajarish;
3.Millat, xalq va jamiyatni birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch e`tiborning manbai bo`lish;
4.O`zbekistonda yashovchi barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam vakillariga birday taalluqli ekanlik;
5.Millat aholisi ongi va qalbida “O`zbekiston -yagona Vatan” degan tushunchani shakllantirishga xizmat qilish;
6.Turli millat, qatlam, uning vakillari, siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan ustun turadigan yuksak fenomen - ijtimoiy hodisa mazmuniga ega ekanligi;
7.Biron-bir dunyoqarashni mutlaqlashtirmaslik yoki biron-bir kuch, partiya yoki guruh qo`lida siyosiy qurolga aylariniaslik;
8.Har qanday ilg`or g`oyani singdirish va har qanday yovuz g`oyaga qarshi javob bera olish;
9.Subyektivizm, volyuntarizm kabi illatlardan xoli va jamiyatimizning xolis fikriga tayanuvchi obyektiv mafkura bo`lish;
10.So`z bilan ishni, nazariya bilan hayotni birlashtira olish;
11.Davr o`zgarishlariga qarab, o`zi ifodalaydigan g`oya, manfaat, muddaolarni amalga oshirishning yangi-yangi vositalaridan ijodiy foydalanish.
Milliy g`oya va mafkuraning hayotiyligi, odamlarning, millatning, jamiyatning milliy manfaatini, orzu-intilishlarni qav darajada aks ettirishiga, ularning turmush tarzi, dunyoqarashi, tabiatiga qanchalik mos bo`lishi bilan belgilanadi. Hayot sinovlariga bardosh beradigan, odamlarning ezgu maqsad-muddaolarini ifodalaydigan, ularga ma`naviy-ruhiy quvvat beradigan mafkuralar ko`pchilik qabul qilib, shunday holdagina mafkura kuchli ruhiy quvvatga ega bo`ladi.
Bugungi kunda jamiyat hayotida milliy g`oya kurashib kelayotgan bir qancha yot va zararli g`oyalar mavjud bo`lib, bu ular vayronkor g`oyalar bo`lib hisoblanadi. Vayronkor g`oyalar deb inson va jamiyatni tubanhkka boshlaydigan, odamlarni g`arazli niyat va qabih maqsadlarga undaydigan, xalqlar va davlatlarni tanazzul va halokatga mahkum etadigan yovuzlik va jaholatga xizmat qiladigan g`oyalar majmuiga aytiladi. Milliy g`oyaga qarshi bo`lgan, jamiyatni tanazzulga yetaklaydigan yot va zararli, vayronkor g`oyalarga mustabidlik, bosqinchilik, terrorchilik, aqidaparastlik, jaholatparastlik, irqchilik, millatchilik, mahalliychilik, vatansizlik, yovuzlik g`oyalari kiradi. Bu g`oyalar bolshevizm, kommunizm, neokommunizm, fashizm, neofashizm, irqchilik, kosmopolitizm, shovinizm, panslavyanizm, panamerikanizm, panislomizm, paneronizm, panturkizm, nasizm, fundamentalizm, gegemonizm, konformizm kabi shakllarda namoyon bo`ladi. Hozirgi vaqtda mafkuraviy vositalar orqali o`z ta`sir doirasini kengaytirishga intilayotgan tajoyuzkor millatchilik va shovinizm, neofashizm va kommunizm, irqchilik va diniy ekstremizm kabi zararli g`oyalar va mafkuralar globallashuv va geopolitik maqsad va manfaatlar kuchaygan bir sharoitda jahondagi tinchlik va barqarorlikka tahdid solmoqda. Globallashuv jarayonlar va axborot oqimining tezlashuvi ham insoniyatning oldiga bir qator muammolarni qo`ymoqda. Turli mintaqaviy, diniy-etnik, tajoyuzkor millatchilik va shovinizm asosidagi mojarolar, ekologiya falokattari, ma`naviy tanazzul, giyohvandlik, terrorchilik kabi muammolar butun insoniyatni tashvishga solmoqda. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasida turli mafkuraviy markazlar tomonidan insonning ongi va qalbini egallash uchun kurash kuchayib bormoqda. Turli mafkura poligonlaridan tarqatiladigan, sirtdan bezarar bo`lib tuyuladigan, turli axborotlar, filmlar, badiiy asarlar, kundalik ehtiyoj molari orqali odamlarga mafkuraviy ta`sir ko`rsatish imkomyatiga ega bo`lgan mafkuraviy tahdidlar, avvalo insonlarning nozik his-tuyg`ulariga ta`sir etib, ularning ongi va qalbini egallashga qaratilgandir. Tahdid – inson, jamiyat va davlat hayoti hamda faoliyatiga nisbatan muayyan davr mobaynida aniq maqsadga yo`naltirilgan mahalliy, hududiy, mintaqaviy va umumsayyoraviy salbiy omillarning tajoyuzi tufayli aniq makon va zamonda vujudga keladigan xavf-xatar shakli, muayyan barqaror siyosiy-ijtimoiy va tarixiy vaziyatni ifodalovchi tushunchadir. Tahdidlar siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy-mafkuraviy tahdidlarga bo`linib, bularning ichida eng xatarlisi ma`naviy- mafkuraviy tahdid sanaladi. Tashqi mafkuraviy tahdid - bu mamlakatimizdagi barqarorlik va xavfsizlik tizimini izdan chiqarish uchun tajoyuzkor g`oya tarafdorlari tomonidan tashqaridan turib mamlakatimizga xuruj qilinishidir. Islom Karimov o`zining “Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch” nomli asarida ma`naviy-mafkuraviy tahdid tushunchalariga to`xtalar ekan: “Ma`naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e`tiqodidan qat`iy nazar, har qaysi odamning tom ma`nodagi erkin inson bo`lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko`zda tutadigan mafkuraviy, g`oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim, deb o`ylavman”1, degan edi.
Hozirgi kunda milliy g`oyamizga qarshi chiqib, jamiyatimiz hayotiga jiddiy xavf tug`diradigan mafkuraviy tahdidlarning asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iboratdir:
-islom xalifaligini tiklab, uning bayrog`i ostida musulmon xalqlarni yangi imperiyaga birlashtirishga qaratilgan intilishlar;
-yosh mustaqil davlatlarni sobiq itlifoqqa birlashtirish g`oyasi;
-tariximizni, milliy qadriyatlarimiz va dinning mohiyatini soxtalashtirishga urinishlar;
-axloqsizlik g`oyalarini yoyib, xalqni ma`naviy jihatdan buzishga intilishlar;
-turli mafkuraviy vositalar orqali mintaqaviy va dinlararo mojarolarni keltirib chiqarishga qaratilgan harakatlar.
Mafkuraviy tahdid eng avvalo, inson ongiga, tafakkuri va xulq-atvoriga xavf-xatar soladi. Inson ongi va qalbini yot va zararli, vayronkor va buzg`unchi g`oyalar bilan izdan chiqarishga harakat qilish mafkuraviy tahdidning eng asosiy mazmun mohiyatini tashkil qiladi. Mafkuraviy tahdid muayyan jamiyat a`zolarini yagona maqsad va muddaolardan chalg`itib, milliy g`oyaga va milliy mentalitetga mos kelmaydigan begona g`oyalar, fikrlar va qarashlarni chetdan turib eksporl qilish jarayonida o`zini yanada aniqroq namoyon qiladi.
Hozirgi paytda jamiyat ma`naviy hayotiga kirib keiayotgan yot va zararli g`oyalarning ma`naviy tahdid sifatida namoyon bo`lish xususiyatlar quyidagilarda ko`zga tashlanadi:
-O`zbekistondagi demokratik qadriyatlar va demokratik taraqqiyot imkoniyatlariga nisbatan odamlarda shubha bilan qarash holatini vujudga keltiradi:
-odamlarni ezgu g`oyalardan, milliy g`oyadan chalg`itishga, ularga xayoliy farovon turmush tarzini va`da qilishga harakat qiladi;
-jamiyat a`zolari, birinchi navbatda yoshlar tafakkurida milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg`ularini zaiflashtirishga harakat qiladi;
-xalqimiz urf-odatlari, milliy mentalitetiga begona odatlarni kiritishga intiladi;
-ekstremistik ruhdagi diniy g`oyalarni tiqishtirishga intiladi;
-aholi o`rtasida milliy taraqqiyot modeliga ishonchsizlik uyg`otishga harakat qiladi;
-jamoaparvarlik, ijtimoiy hamkorlik ruhini inkor etib, indiyidualizm g`oyalarini sun`iy ravishda tiqishtiradi.
Bugungi kunda mafkuraviy tahdidlar eng avvalo, oddiy insonlar qalbi va ongini zabt etishga, ularni o`z milliy qadriyatlaridan, umumbashariy sivilizatsiya yutuqlaridan mahrum qilishga, oxir oqibatda mamlakatimizni o`ziga qaram qilib olishga qaratilgan zamonaviy tajoyuzkorlikning mafkuraviy bir shaklidir.
Hozirgi davrda vayronkor g`oyalar quyidagi xususiyatlarga egadir: -g`oyaviy yakka hokimlikka intiladi; -fikrlar plyuralizmini rad etadi; -demokratik va milliy qadriyatlarni tan olmaydi; -mutlaq hokimiyatga da`vo qiladi; -jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy beqarorlikka moyillikning mavjudligi; -yagona, hukmron mafkuraga urinish; -ijtimoiy ixtiloflarni qo`llash; -aqidaparastlik va siyosiy ekstremizmni yoqlash.
Milliy g`oya uchun yot va zararli bo`lgan, vayronkor g`oyalarning tashkiliy asoslariga quyidagilar taalhiqlidir: -diniy ekstremizm; -xalqaro terrorizm; -narkobiznes; -noqonuniy qurol-yarog` savdosi; -begona, soxta diniy aqidalar; -jangarilikni targ`ib etish; -aqidaparastlik.
Jamiyatning taraqqiy etib borishi jarayonida yot va zararli, vayronkor g`oyalar jamiyat hayotida quyidagi zararli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin:-insonning fe`li-atvorini salbiy tomonga o`zgartiradi; -tafakkur tarzini o`z negizlaridan begonalashtiradi;-nosog`lom turmush tarzini shakllantiradi; -begona urf-odatlarni targ`ib qilib, ularning kirib kelishi uchun muhit yaratadi;-fikrlar xilma-xilligini chekiaydi; -qaramlik, tobelik, mutelik muhitini yaratadi;-mamlakatni, xalqni o`z milliy qadriyatlaridan, pirovard natijada o`z taraqqiyot yo`lidan begonalashtiradi;-jamiyatda xalqlar va millatlararo totuvlikka, dinlararo bag`rikenglikka rahna solib, u yerda ichki ixtiloflar va parokandalikni keltirib chiqaradi.
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi davrida ro`y berayotgan mafkuraviy jarayonlar inson ongi, qalbi xilma-xil usularda olib borilayotgan g`oyaviy targ`ibot va tashviqotning asosiy obyekti hamda maqsadiga aylanganini ko`rsatmoqda. Ma`lumki, xalqimizning asrlar davomida shakllanib kelayotgan nnlliy ongi va dunyoqarashida hamda xulq-atvor normalarida ota-onaga, o`zi yashayotgan mahalla jamoasiga, katta yoshdagi kishilarga chuqur hurmat bilan qarash, muayyan voqea va hodisalarga bosiqlik, mulohaza va andisha bilan munosabatda bo`lish, jamoa fikriga nisbatan alohida ehtirom ko`rsatish kabi xislatlar ustuvorlik qiladi. Bunday vaziyatda jahondagi turli xil geopolitik maqsadlarni ko`zlagan mafkuraviy markazlarning manfaatlari uchun xizmat qiluvchi vayronkor va buzg`unchi, yot va zararli g`oyalar hamda mafkuralar xalqimizning boy va ulug`vor qadriyatlariga, milliy madaniyatiga mutlaqo teskari va begona bo`lgan, asosan “indiyidualizm”, “egoizm”, “kosmopolitizm”, “zo`ravonlik”, “diniy mutaassiblik” kabi g`oyalarni turli yo`l va vositalar yordamida jamiyatimizga olib kirishga urinmoqdalar. lkkinchi tomondan, o`zbek xalqining necha ming yillik milliy urf-odatlari va ma`naviy merosi va qadriyatlariga nisbatan ham ma`naviy xurujlar amalga oshirilmoqda. Bu maqsadga erishish uchun global aloqa tizimlari va boshqa vositalar orqali odamlarni ma`naviy qashshoqlikka, tarkidunyochilikka, odamlarga nisbatan oqibatsizlik va shafqatsizlikka olib keluvchi g`oyalar hamda urf-odat normalar zo`r berib targ`ib qilinmoqda. Uchinchidan, hozirgi davrda xalqimizning boy va qadimiy milliy madaniyatiga nisbatan ham ma`naviy xurujlar amalga oshirilmoqda. Internet tarmog`idan, kinofilmlar va san`at turlaridan foydalangan holda insonni o`ziga jalb etuvchi, lekin yengil-yelpi, inson tafakkurini rivojlantirishga emas, aksincha, uning sayozlashuviga xizmat qiluvchi san`at va madaniyat namunalarini jamiyatimizga olib kirishga qaratilgan harakatlar amalga oshirilmoqda. Bunday san`at va madaniyat namunalarida behayotik va mantiqsizlik g`oyalari targ`iboti yetakchilik qilmoqda. G`arb “ommaviy madaniyati” ta`sirida yuzaga kelayotgan bunday mafkuraviy ta`sirlar salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun O`zbekiston fuqarolari, odamlarimiz, avvalambor, yoshlarimizning iymon-e`tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o`z mustaqil fikriga ega bo`lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash masalasiga katta e`tibor qaratilmoqda. Ularning tafakkurida o`zligini unutmaslik, ota-bobolarining muqaddas qadriyatlarni asrab-avaylash va hurmat dilish fazilatini qaror toptirish mafkuraviy immunitetni shakllantirishdagi muhim vazifa sifatida e`tirof etilmoqda.
Milliy g`oya va mafkuramizga qaratilgan har qanday tahdid va xavf-xatarlarning oldini ohshda milliy-ma`naviy, g`oyaviy-mafkuraviy xavfsizlikni ta`minlash masalasi alohida o`rin egallaydi. G`oyaviy-mafkuraviy xavfsizlik deganimizda, milliy g`oya va milliy mafkuraning millatni zaiflashtirishga qaratilgan, tashqaridan kirib keluvchi har qanday yovuz g`oyalar va mafkuralarga nisbatan kuchliligi, milliy ong, dunyoqarashni ular ta`siridan himoya qilishi va milliy manfaatlarni tarannum etishda hamda uning amaliyotda namoyon bo`lishini ta`minlay bilishdagi katta salohiyati nazarda tutiladi. Mafkuraviy xavfsizlikni ta`minlash jamiyat ma`naviy hayotida bo`shliq paydo bo`lishining oldini olish, o`zining pirovard maqsadlariga mos va unga xizmat qiladigan g`oyalar tizimini shakllantirish, uni mutlasil mustahkamlab borish, fuqarolarda mafkuraviy immuniletni oshirish orqali amalga oshiriladi. Milliy g`oya xalqni, millatni birlashtiradi. Jamiyat har bir a`zosining ma`naviy kamololga erishishini ta`minlab beradi. Milliy g`oya jamiyat a`zolarlidagi yuksak ma`naviyat belgilari hisoblangan vatanparvarlik, fidoyilik singari fazilatlarning shakllanishiga yordam beradi. Ularni ozod va obod Vatanni yaratish yo`liga safarbar etadi. Milliy g`oya jamiyat ma`naviy hayotiga tahdid soladigan yot va zararli g`oyalarga qarshi kurashadi, jamiyatning har bir a`zosida kelajakdagi farovon hayotga bo`lgan ishonchni mustahkamlaydi. Milliy g`oya turli yot va zararli g`oyalarga qarshi kurashish bilan birgalikda, mamlakatimiz fuqarolarini milliy mafkuramizning bosh g`oyasi bo`lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni barpo etishga yo`naltiradi. Ularni muslaqillikka sadoqat ruhida tarbiyalaydi.



Yüklə 25,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin