Министерство высшего и средне-специального образования республики узбекистан


-jadval. Molibdenitning asosiy minerallari



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə16/39
tarix25.11.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#134164
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
Министерство высшего и средне-специального образования республик

5-jadval. Molibdenitning asosiy minerallari



Minerallar



Formulasi



Molibdenning miqdori %



Zichligi
g/sm3



Qattiqligi

Molibdenit

MoS2

59,9

4,7

1,3

Povelit

CaMoO4

48,2

4,5

3,5

Ferromolibdit

3MoO3Fe2O37H2O

39,7

4,5

1,5

Vulg’fenit

‘bMoO4

26

6,8

3



Molibdenit – molibdenning eng ko’p tarqalgan mineralidir. U murakkab kristall panjaraga ega. Qatlamlarida kuchli atom bog’lanishlar mavjud, qatlamlar orasida esa kuchsiz molekulyar bog’lanish mavjud. SHuning uchun molibdenit minerali parchalanishi qiyin bo’lgan mineral hisoblanadi.
Molibdenit minerali yanchish jarayoni natijasida uzun bo’laklar shaklida zarracha bo’lib yanchiladi. SHu sababdan u tabiatan yuqori gidrofob, yahni suvda namlanmaydigan xususiyatga ega mineral hisoblanadi.
Molibdenit zarrachalari suvda yomon namlanadi, ammo, uglevodorod yog’lar bilan yaxshi tahsirlashadi. SHu sababdan molibdenit uchun yig’uvchi reagent sifatida uglevolorodlar – kerosin, transformator moyi, mashina moyi va boshqalar keng qo’llaniladi.
Dastlabki rudada molibdenit minerali kam bo’lsa ham uning tabiiy suv yuqtirmasligi xossasi sababli, qo’shimchalari ko’p metallardan ham yig’uvchi reagentlar ishtirokida, kuchsiz ishqoriy muhitda (pH 8–8,5) molibdenning ajralishi 95 % ga yetadi. Molibdenit oksidlanmaydi va birgina ko’pik hosil qiluvchi bilan flotatsiyalanishi mumkin.
Molibdenit uchun flotatsiya jarayonida yig’uvchi reagent sifatida ksantogenatlar va ditiofosfatlar ham qo’llanilishi mumkin, ular anion yig’uvchilar hisoblanadi, bunda muhit pH 6 – 7 ga teng.
Molibdenitni apolyar reagentlar bilan dastlabki ishlov berish ulapHi adsorbtsiya anion yig’uvchilik xossalarini pasaytiradi. Anion yig’uvchilar molibdenit yuzasida ON, NS, va S2- kontsentratsiyasi yuqori bo’lsa desorbtsiyalanib qoladi. Molibdenitning tazyiqlovchilari sifatida kraxmal va dekstrinni qo’llashimiz mumkin.
Povelit – molibdenitning oksidlangan mahsuloti, molibdenitning oksidlanish chegarasida uchraydi.
Povelit yog’ kislotalarida ishqorli muhitda flotatsiyalanadi. Flotatsiyada muhit sozlovchi reagent sifatida soda va suyuq shisha qo’llaniladi.
Agarda rudada kaltsiyli minerallar uchraydigan bo’lsa (flyuorit, apatit, kalg’tsiy va boshqalar), ular ham yaxshi flotatsiyalanib, boy povellitli kontsentrat olishni qiyinlashtiradi. Molibden rudalari volframdan sheelit minerali bilan birga kollektiv boyitmada ajraladi va keyingi gidrometallurgik ajratish jarayoniga jo’natiladi.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin