Yakka tartibdagi va guruhli on-line loyihalar. Bunday loyihalar
Internetda ishlash, turli manbalardagi axborotlarni tahlil qilish, guruh bilan kelishib
ishlash, vazifalarni bajarish bo’yicha mas’uliyat va vazifalarni birgalikda
taqsimlash ko’nikmalarini shakllantiradi (collaboration). Hozirgi vaqtda
ko’pchilik Evropa kompaniyalari collaboration usulidan kundalik faoliyatida keng
foydalanishadi. Virtual sinf xonasi. Bunda turli Internet aloqa vositalari
yordamida, shuningdek, talabalar bevosita jismoniy tarzda o’qituvchi bilan yoki
o’zaro ushrashishi, muloqot qilishi mumkin. Bu talabalarga muayyan erkinlik
beradi. Audio va video ma’ruzalar, animatsiya va simulyatsiyalar. Bular
aralash ta’limni yanada oddiy, boy va qiziqarli qiladi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar, blended learningning o’ta moslashuvchan
tizim ekanligini ko’rsatmoqda. Demak, talaba 2-sentabrda darsga kelib o’qituvchi
bilan ko’rishadi va fanning kirish darsida ma’lumotlarni electron shaklda oladi.
Adabiyotlar ro’yxati o’rniga web-sayt manzilini hamda login va parollarni oladi.
Ma’ruza darsida ma’lumotlar qisqa beriladi va havola etilgan manbalarda juda
ko’plab qiziqarli materiallar, sinov va imtixonlarni topshirish uchun zarur
topshiriqlar bo’ladi. Ma’ruzalar asosan PowerPoint taqdimotlari shaklida bo’ladi.
Darslarning bir qismi on-line rejimida bo’ladi. Bunday materiallarni talabalar
yakka tartibda mustaqil yoki guruh bo’lib o’zlari o’zlashtirishlari zarur bo’ladi.
On-line darslar savol-javob tarzida bo’lishi mumkin. Ishlangan ma’lumotlar
o’qituvchiga fayl tarzida yuboriladi va o’qituvchi tomonidan baholanib qaytariladi.
Muddatidan kechikkan ishlarni o’qituvchi qabul qilmaslikka haqlidir. Nazorat
ishlari o’qituvchi nazorati ostida ham o’tkazilishi mumkin. Yakuniy imtixonlar
sinfda o’tkaziladi.
Xullas, blended learning talabalarni o’z faoliyatini tashkil qilishga o’rgatadi.
|