Mohir qo’llar To’garak reja va ishlanmalari


Bigizdan foydalanish qoidalari!



Yüklə 5,58 Mb.
səhifə5/10
tarix21.09.2023
ölçüsü5,58 Mb.
#129232
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3 sinf Mohir qo`llar texnologiya to`garak 2021 2022 yil 34 soatlik (2)

Bigizdan foydalanish qoidalari!

  • Avvalo bigiz bilan ishlaganingizda ustozingiz yoki ota-onangiz ko’magiga tayaning.

  • Bigizni o’rinsiz ishlatmang.

  • Sirti silliq va sirpanchiq bo’lgan qattiq predmetlarni bigiz bilan teshmang.

  • Teshiladigan predmetni qo’lingizda ushlamang, uni stol, taglik ustiga qo’yib teshing.

Pichoq bilan ishlash qoidalari!

  • Uchi yumaloq maxsus pichoqdan foydalaning.

  • Maxsus pichoqni o’qituvchi ko’rsatganidek ishlating, kesganda qattiq bosmang.

Igna bilan ishlash qoidalari!

  • Ishlatib bo’lgach maxsus igna yostiqchaga sanchib qo’ying.

  • Ignani hech qachon og’zingizga solmang.

  • Ortiqcha ignalarni ignadonda quruq holatda saqlang.

  • Ishdan oldin va ishdan keyin ignalarni sanab ko’ring, yetishmagan ignalarni albatta toping.

Mavzu: “Kuz” manzarasini applikatsiya usulida yasash
Sana__________
Mashg’ulotning maqsadi. Ta`limiy: DTS talablari asosida Mashg’ulot o`tish. Tabiiy materiallardan applikatsiya yasash, somondan o’yinchoqlar yasashni o’rgatish.
Tarbiyaviy: O`quvchilarni ilm olishga qiziqtirish. Mehnatsevarlik va halollikka o'rgatish.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni guruhda ishlash, yangi mavzuni guruhda munozara orqali anglab yetish ko‘nikmasini shakllantirish.
Mashg’ulotning turi. Yangi bilim beruvchi.
Mashg’ulotning metodi. Amaliy tushuntirish.
Mashg’ulotning jihozi. Somon, yelim, qaychi, qalam, bo`yoqlar, cho`tkalar, taglik qogo`z, yoki klyonka, narsaning namunasi.
Tashkiliy qism. Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni Mashg’ulotga tayyorgarligini tekshirish.
O`qituvchi Mashg’ulot boshida o`quvchilar tomonidan yasalgan bir nechta applikatsiyalarni ko`rsatadi. Bolalar diqqat bilan ko`rib chiqishadi. O`qituvchi bugungi Mashg’ulot mavzusini e`lon qiladi. O`quvchilar Mashg’ulotga tayyorlanib kelishgan bo`ladi.

Yüklə 5,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin