Montessori tizimida didaktik materialning roli. Bolalarning kuzatuvlari natijasida Mariya Montessori tomonidan tanlangan bolalar rivojlanish vositasi, didaktik yordam. Barcha materiallar qiyinchilik darajasiga ko'ra belgilanadi va bolaga erkinlik bilan kiradi, shuningdek qiyinchiliklarni izolyatsiya qilish, xatolarni nazorat qilish va boshqalar kabi bir qator maxsus xususiyatlarga ega. Barcha materiallar yuqori sifatli tabiiy materiallardan yaratilgan. Asosiy vazifa bolaning shaxsiy rivojlanishini rag'batlantirishdir. Material bilan o'yin paytida bolada ma'lum psixologik fazilatlar shakllanadi, ichki motivatsiya rivojlanadi. Montessori materiallari birinchi navbatda bolaning ruhiy rivojlanishiga hissa qo'shadi va hissiy yoshini moslashtiradi. Bolaning o'zi mustaqil ravishda harakat qiladi, uning ichki kuchlari ozod bo'ladi. Hozirgi kunda Mariya Montessori metodikasiga asoslangan turli xil innovatsion didaktik materiallar yaratilmoqda.
Zamonaviy yondashuv asosida yaratilayotgan didaktik materiallar bolalarni aqliy qobiliyatini rivojlantiruvchi, bolalarning jamoa bo'lib o'ynashlarini ta'minlovchi vositadir. Boshlang`ich mantiq, qo'l motorikasi, tasavvur, kuzatuvchanlik, chaqqonlikni 147 shakllanishi uchun xizmat qiladi. Bolaning rivojlanish jarayoni qo'llar harakati orqali ham amalga oshadi. Montessori pedagogikasining asosiy tamoyillaridan biriga ko'ra, barmoqlar uchining harakati inson intellektining taraqqiyot qurolidir. Bu tamoyil asosida bolada turli narsalarning xususiyatlarini bilib olishi, barmoqlarini harakatga keltirib mashq qilishi mumkin. Ushbu jarayonlarda bola ko'z bilan chamalash, diqqatni jamlash xususiyatlari, irodasini taraqqiy ettirishiga yordam beradi. Bolalarga o'yin orqali berilgan ta'lim-tarbiya yuqori samara beradi va xotirada yaxshi saqlanadi. O'yin rivojlantiruvchi amaliyot. O'yin o'z – o'zini anglashda, o'z – o'zini boshqarishda aql va ijodda erkinlikdir. Bolaning mustaqil faoliyati rejalashtirilmaydi, u bolaning qiziqishi va kayfiyatiga bog`liq. Montessori ta`lim tizimi har bir bolaga cheksiz tanlov erkinligini beradi. Bunga ko'ra har bir bola nima bilan shug`ullanishini hal qilishni mustaqil ravishda tanlaydi. Yuqorida keltirilgan Montessori metodikasi asosida ishlangan innovatsion didaktik materiallar orqali ta'limiy-tarbiyaviy faoliyat olib borilganda 90% bolalarda o'zlashtirish, rivojlanish darajasi yuqori bo'lganligini ko'rsatdi. Guruhlarda ijodiy, rivojlantiruvchi muhitni yaratish - muvaffaqiyat garovidir. Maktabgacha ta'lim tashkiloti bolalar uchun quvonch, shodlik tarqatuvchi maskan bo`lishi lozim. Bolalar bu yerga hatto dam olish kunlari ham kelishga intilishi kerak. Montessori pedagogikasi asosida yaratilgan muhit bunga misol bo’la oladi. Yaxshi tashkil etilgan bunday psixologik muhitda bola o’zini o’z uyidagidek tutadi, mustaqil va barcha muammolardan holi bo’ladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotida jazoga yo’l qo’yish mumkin emas. Bu yerda asosiy jihat - bolalarning yutuqlari va erkinliklaridir. Montessori pedagogikasi - bu ishonchni, erkinlikni va o'zini ifoda etish qobiliyatiga asoslangan bolalarni tarbiyalash usuli. Montessori pedagogikasi ijodiy fikrlash jarayonini tezlashtiradi va charchoq davrida bolalarga yordam beradi.
Italyan pedagogi Mariya Montessori metodidan foydalanish ta'lim yoshidagi bolalarni har tomonlama kompleks rivojlantirishda, bilish va o'rganish faoliyatini oson o'zlashtirishda 148 bolaning mustaqil va erkin faoliyatini ta'minlashda, bolada ta'lim jarayoniga tabiiy intilishini yuzaga keltiruvchi vosita sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
NAZORAT SAVOLLARI:
1. Boshlang`ich mantiq, qo'l motorikasi, tasavvur, kuzatuvchanlik, chaqqonlikni nechta shakllanishi uchun xizmat qiladi ?
2. Montessori pedagokikasi qanday tarbiyalash usuli hisoblanadi?
3. Qaysi jarayon bolani ko'z bilan chamalash, diqqatni jamlash xususiyatlari, irodasini taraqqiy ettirishiga yordam beradi?
4. Montessori nazariyasi nechta printsiplarga asoslanadi?
5. Montessori ta'limi nima?
ASOSIY ADABIYOTLAR: 1.Yu.I.Fausek “Montessori bolalar bog‘chasi” T.:”Yangi avlod asri” 2008.
2. В.Г.Димитриева. “Методика раннего развития Марии Монтессори. От 6 месясев до 6 лет”. Москва.: “РуЛит” . 2010
3. Л.Жукова“Ум на кончиках палцев”. Москва.: “Академия” 2013.
4. Sodiqova Sh.A. Maktabgacha pedagogika. T.: Tafakkur bo‘stoni. 2013.
5. Е. Косарева, С. Дэвис, ”Монтессори для малышей”, Издательство Эксмо. 2019.
6. Д.Орлова. “Большая книга монтессори”. М.: 2010 г.