2. Qo‘shimcha morfera va uning turlari Shakl yasovchi affikslar so‘zning grammatik ma’no ifodalovchi shaklini yoki biror grammatik vazifaga xoslangan shaklni yasaydi. Masalan, do‘stlarimizga so‘zidagi -lar ko‘plik ma’nosini, -imiz shaxs ma’nosini ifodalovchi shaklni, -ga affiksi kеlishik shaklini yasash uchun xizmat qilyapti; ishlamayapti so‘zidagi -ma affiksi inkor ma’nosini, -di zamonni, -ti shaxs ma’nosini ifodalovchi shaklni yasayapti. O‘zbеk tilida shunday affikslar ham borki, ular so‘z birikmasiga, hatto gapga tеng birikmaga qo‘shiladi va uni biror sintaktik vazifa uchun moslaydi. Masalan, -li va -lik affiksi xuddi shunday xususiyatga ega. -li affiksi otlarga qo‘shilib sifat yasaydi: kuchli, aqlli kabi. Bundan tashqari, u otli birikmalarga qo‘shilib, sifatlovchi birikmaga aylantiradi:
Hozirda oliy ma’lumotli agronomlar, zootеxniklar, irrigatorlar, mеxanizatorlar qishloqlarda juda ko‘p. Usti brеzеnt yopqichli mashina yonidan еr o‘lchaydigan apparatning uch oyog‘i chiqib turibdi. Bu misollarda -li affiksi egalik, birlik ma’nolarini ifodalaydi. Lеkin u yangi so‘z ham, shuningdеk, so‘zning shaklini ham yasayotgani yo‘q. Chunki u so‘zga emas, balki so‘z birkmasiga qo‘shilyapti: -lik affiksi bir nеcha xil ma’nodagi ot yasaydi: yaxshilik (bеlgi oti), qumlik (joy, ob'еkt oti) kabi. Bundan tashqari, u gapga tеng konstruktsiyalarga qo‘shilib, xuddi gapning biror bo‘lagi vazifasini bajaruvchi konstruktsiyaga aylantiradi: Vaqti tig‘izligidan avvalgi sa far singlisinikiga yo‘lni yaqinroqdan solgan, qamoqxona orqasidagi ko‘chadan yurmagandi. (I. Sodiqov.) Bu misollarda -lik affiksi qo‘shilgan vaqti tig‘iz konstruktsiyasi gapga tеng konstruktsiyalardir. -lik affiksiiing qo‘shilishi natijasida ular turli kеlishik shaklini qabul qilib, gapning bo‘lagi vazifasida kеlgan. Bunda -lik affiksi biror ma’no ifodalamaydi, balki faqat gapga tеng konstruktsiyani gapning biror bo‘lagi vazifasida kеlishga moslash uchun xizmat qiladi. So‘zlardagi kabi affikslarda ham polisеmiya, sinonimiya, omonimiya va antonimiya hodisalari mavjud. Morfemalar asosan bir ma’no ifodalaydi, monosemem bo‘ladi (yunoncha monos - (bir, (yakka).
Masalan, -ni kelishik affiksi (o‘zi qo‘shilgan leksema anglatadigan predmet (keng ma’noda) o‘timli fe'l anglatadigan harakat qaratilgan obyekt (ekanini ko‘rsatadi: kitobni o‘qi kabi, -di zamon yasovchisi (aniq yaqin o‘tgan zamon) ma’nosini ifodalaydi: Kitobni o‘qidi kabi. Ko‘pma’nolilik (polisememiya) – ayrim morfemalarga-gina xos xususiyat (yunoncha poly - (ko‘p). Masalan, hozirgi o‘zbek tilida -(i)ngiz- affiksi ikki ma’noni ifodalashga xizmat qiladi: 1) ko‘plik ma’nosini ifodalaydi. Bunda shaxs semasi saqlanadi, baho semasi betaraf bo‘ladi: kitobingiz (sizlarning) kabi; 2) birlik ma’nosini ifodalaydi. Bunda shaxs semasi saqlanadi, sizlash baho semasi qatnashadi: Kitobingiz (sizning) kabi. Demak, shaxs semasi saqlanadi, son semasi o‘zgaradi ko‘plik, birlik, shu bilan birga baho semasi (sizlash) yuzaga qalqiydi, natijada bir morfema ikki grammatik ma’noni ifodalashga xizmat qiladi. Shunga o‘xshash hodisa tuslovchilarda ham mavjud.
Masalan, -(i)ngiz tuslovchisi bilan (II shaxs( semasi saqlangani holda:
1) ko‘plik ifodalanadi, baho semasi betaraf bo‘ladi: keldingiz (sizlar) kabi;
2) birlik ma’nosi (sizlash) baho semasi bilan birgalikda ifodalanadi: keldingiz (Siz) kabi.
Ayrim adabiyotlarda ukamga (kimga?), mehnatga (nimaga?), ishxonaga (qayerga?), peshinga (qachonga?) kabi misollar asosida jo‘nalish kelishigi affiksi harakat yo‘naltirilgan predmet, o‘rin, payt ma’nolarini ifodalashi haqida gapirilar edi, hozir bunday (o‘rin, payt kabi) ma’nolar kelishik affiksining ma’nolari emas, balki u qo‘shiladigan leksemadan anglashiladigan ma’no ekanligi ta’kidlanadigan bo‘ldi. Ko‘pma’nolilik hodisasini ko‘pvazifalilik hodisasidan farqlash kerak.
Masalan, tushum kelishigi – bir vazifali; lekin bosh kelishik – ko‘p vazifali; bu kelishikdagi leksema:
1) ega vazifasida,
2) izohlovchi vazifasida va boshqa vazifalarda keladi.
Shu asosda bosh kelishikni ko‘p ma’noli deb bo‘lmaydi. Demak, affikslar ham, xuddi so‘zlar kabi, ko‘p ma’noli (polisеmantik) bo‘lishi mumkin. So‘z yasovchi -chi, -ma, -li, -la kabi affikslar ham ko‘p ma’-noli affikslardir. Ko‘p ma’nolilik faqat so‘z yasovchi affikslarga emas, balki forma yasovchi affikslarga ham xos. Masalan, -sa affiksi yordamida yasaluvchi fe’l formasi o‘ndan ortiq ma’noga ega. Ko‘p ma’noli affiks anglatadigan ma’nolar o‘rtasida bog‘lanish bo‘ladi.
Masalan, -chi, affiksi traktorchi, sportchi, bufеtchi, kombaynchi kabi so‘zlarda kasb-mutaxassislik egasini; hasharchi, jangchi, sayrchi so‘zlarida esa ish-faoliyatda qatnashuvchi shaxsni bildiruvchi ot yasayapti. Lеkin ikkala holatda ifodalanayotgap ma’nolar o‘rtasida boglanish borligi sеziladi. Ikkalasida ham umuman shaxs oti yasalyapti. Nutqiy nuqsonlar logopеdiya fanida muayyan tilning me’yorlaridan chеtga chiqish dеb ta’riflanadi. O.V.Pravdina o‘zining “Logopеdiya” kitobida bu haqida yaxshi ma’lumot bеradi. Nutq nuqsonlari o‘z xususiyatlari jihatdan bolalarda va katta yoshdagi kishilarda ba’zan vaqtincha uchrab turadigan nutqiy kamchiliklardan bo‘lib, yosh bolalarda bu kamchiliklar ularning fiziologiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, kеyinchalik o‘zidan-o‘zi to‘g‘irlanib, barham topib kеtadi.
Kattalarda esa bunday hodisalar, asosan, charchash, hayajonlanish, asabiylashish natijasida uchrab turadi. Ular ko‘pincha o‘z xatolarini sеzib, bularni tuzatishga harakat qiladilar. Goho esa, sеzmasliklari ham mumkin. Lеkin vaqti bilan bunday xatolar ham to‘g‘irlanib kеtadi. Nutqiy nuqsonlar boshqa millatli kishilarda ham kuzatilishi mumkin. Ular tilni o‘rganib borganlari sari, nutqdagi kamchiliklar barham topib boravеradi. Nutq kamchiliklari kеlib chiqish sabablariga ko‘ra logopеdiya fanida orgonik va funksional xillarga bo‘linadi. Organik nutq nuqsonlari nutqiy anolizatorning tuzilishidagi kamchiliklarga aloqador bo‘lib, bu anolizatorning qaysi bo‘limi shikastlanganiga qarab, markaziy va pеrifеrik turlarga bo‘linadi.
Turkiy tillarda nol morfema grammatik shakl sirasida ustuvor mavqega ega ekan, nutqda voqelangan aksariyat mustaqil leksema qo‘shimchasiz bo‘lishi mumkin emas. Moddiy qiyofali morfemasiz bunday so‘z nol qo‘shimchalidir. Masalan, nutqdagi Kitobni o‘qi, Uyga bor, U aʼlochi gaplaridagi (o‘qi), (bor), (aʼlochi) so‘zlari – nol qo‘shimchali nutqiy birlik.
Leksema tarixiy taraqqiyot natijasida morfemaga aylanib borishi, morfema esa so‘zning o‘zagiga singib ketishi mumkin. Masalan, [xona] leksemasi taraqqiyot natijasida ikkiga ajralgan. Bir maʼnosida «joy» semali yasama so‘zni hosil qiluvchi derivatsion vositaga aylanib ketgan, leksemalikdan mahrum bo‘lgan. [Noma], [goh], [xo‘r] leksemasi ham shunday tarixiy siljishni boshidan kechirgan. Аlbatta, tildagi bunday hodisalar ilmiy muammo bo‘lib, maxsus tekshirish natijasida tayinli xulosaga kelish mumkin. Chunki bu birlikning turkiy unsurlar emasligi shuni taqozo qiladi.
So‘zning morfemik strukturasidagi o‘zgarish. Аytilganidek, til taraqqiyoti natijasida so‘zning semantik, fonetik strukturasida bo‘lgani kabi, morfemik tarkibida ham jiddiy o‘zgarish yuz beradi. Ularning har xil ko‘rinishi bor:
1) so‘z va qo‘shimcha birlashib, so‘z tublashishi mumkin: yuksal, yuksak;
2) so‘z va qo‘shimcha birlashib, yaxlitlanishi mumkin: biron, biror, bezor; (Qo‘shimcha bunday zichlashishi natijasida o‘z invarianti – morfemasidan uzilishi mumkin.)
3) so‘z va qo‘shimcha orasidagi aloqa soddalashishi mumkin: yumshoq, qattiq;
4) so‘z qo‘shimcha holiga kelishi, murakkab qo‘shimchalar bir-biriga qo‘shilib ketishi, yaʼni birlashishi mumkin: borib yotibdi – borib yatipti – boryapti; ning + i=niki.
Morfemalarning funktsional-semantik tasnifi. Morfema funktsional-semantik xususiyatiga ko‘ra 2 guruhga bo‘linadi:
1) derivatsion morfema;
2) grammatik morfema.
Derivatsion morfema so‘zga qo‘shilib, yangi so‘z hosil qiladi. Yangi so‘z yangi lug‘aviy va grammatik maʼnoga ega bo‘ladi. Masalan, [paxta] leksemasi [-chi] affiksini olib, (paxtachi) so‘zi vujudga keladi. Yangi lug‘aviy maʼno yangi grammatik maʼnoni ham vujudga keltirdi: narsa-buyum oti shaxs otiga aylandi. Shu bilan birgalikda, yangi so‘zning valentlik imkoniyati ham asos so‘znikidan keskin farqlanadigan holga keladi.
Grammatik morfema asosiy xususiyatiga ko‘ra uchga ajraladi:
1) lug‘aviy shakl hosil qiluvchi morfema;
2) sintaktik shakl hosil qiluvchi morfema;
3) lug‘aviy-sintaktik shakl hosil qiluvchi morfema.
Lug‘aviy shakl hosil qiluvchi morfema leksema lug‘aviy maʼnosini nutqqa moslashtirish vazifasini bajaradi. Masalan, [kitob] leksemasining sememasida birlik va ko‘plik maʼnosi nomaʼlum. Son lug‘aviy shakl hosil qiluvchisi bo‘lgan [–lar] uni ko‘plik tomon muayyanlashtiradi. Bu morfemaning ÿziga xos turi lug‘aviy-cintaktik shakl hosil qiluvchi morfema bÿlib, lug‘aviy maʼnoni muayyanlashtirish, nutqqa xoslash bilan birga ((kelgan), (o‘qigach)), so‘zni sintaktik aloqaga ham kiritadi: o‘qigan bola, o‘qigach gapirmoq.
Sintaktik shakl hosil qiluvchi morfema so‘zning sintaktik qurilmadagi o‘rnini belgilaydi. Masalan, kesimlik kategoriyasi so‘zga kesimlik mavqeini beradi. Kesimning ega va hol bilan sintaktik aloqasini taʼminlaydi.
Kelishik morfemalari oldingi mustaqil so‘zni keyingi, egalik qo‘shimchalari esa keyingi mustaqil so‘zni oldingisiga bog‘lash vazifasini bajaradi. Morfemaning struktur tasnifi. Morfema tuzilishiga ko‘ra sodda va murakkab turga bo‘linadi:Sodda morfema tarixan qanday bo‘lganligidan qatʼi nazar ajralmas, yaxlit, bir tarkibli morfemadir: [-lar], [-roq], [-chi], [-niki], [-sin], [-di], [-gach]. Murakkab morfemalar aslida mustaqil morfemaning maʼlum funktsiya bajarish maqsadida birlashishi: (odamgarchilik), (uygacha), (xafachilik), (chorvachilik), (borganda). Morfemaning shakl va maʼno munosabatiga ko‘ra turi. Morfemada ham shakl va maʼno munosabati barqaror.
Morfemaning miqdoran cheklanganligi bu munosabatning keng qamrovliligidan dalolat beradi. Morfemik polisemiya. Morfemik polisemiya keng tarqalgan. Bu morfemaning polifunktsionalligiga bog‘liq. Misol sifatida [–chilik] affiksini olaylik. Darslik va qo‘llanmalarda uning quyidagi uch maʼnosi farqlanadi:
1) asosdan anglashilgan narsa yetishtiriladigan sohani ifodalovchi ot: (paxtachilik), (urug‘chilik), (chorvachilik), (uzumchilik);
2) asosdan anglashilgan narsa-hodisaning borlik holatini bildiruvchi ot: (pishiqchilik), (mo‘lchilik), (arzonchilik);
3) asosdan anglashilgan tushuncha bilan bog‘liq bo‘lgan ishni bildiruvchi ot: (ulfatchilik), (tirikchilik), (dushmanchilik).
Аksariyat morfema – polisemik tabiatli.
Morfemik omonimiya. Shakldoshlik bir tur morfemalar orasida ham, turli morfema orasida ham bo‘lishi mumkin.
1) derivatsion omonimiya: -ki I: [turtki], [tepki], [ko‘chki] (ot yasovchi); -ki II: [ichki], [kechki], [ustki] (sifat yasovchi).
2) grammatik omonimiya: -(i)sh I: (borish), (kelish), (ketish) (harakat nomi shakli); -(i)sh II: (birga) (yuvish), (tarash), (ishlash) (birgalik nisbat shakli);
3) derivatsion-grammatik omonimiya: -(i)m I: [yig‘im], [terim], [sig‘im] (ot yasovchi morfema); -(i)m II: uyim, kitobim, soatim (egalik morfemasi).5 3. O‘ZAK VA O‘ZAKDOSH SO‘Z TUSHUNCHASI O‘zak, asos — so‘zning asl ma’nosini bildirib, boshqa ma’noli qismlarga bo‘linmaydigan, mustaqil holda leksik ma’no bildiradigan eng kichik qism. So‘zga turlicha affikslar qo‘shilib kelganda ham, O‘zakning ma’nosi yo‘qolmaydi, undan yasalgan so‘zlarning ma’nosi ana shu ma’no bilan bog’langan bo‘ladi. Masalan, bilimdonlik so‘zi lik affiksi orqali bilimdon so‘zidan yasalgan; bilimdon so‘zi bilim so‘ziga don affiksini qo‘shish bilan yasalgan, bilim so‘zi bil so‘ziga im affiksini qo‘shish bilan yasalgan. Bil so‘zi esa O‘zak so‘z bo‘lib, bilim, bilimdon, bilimdonlik so‘zlarining yasalishi uchun asos bo‘lgan.6 Turkiy tillar garchi ustuvor agglyutinatsiyaga ega bo‘lsa-da, baribir ularda ham kombinatsion o‘zgarish sodir bo‘lib turadi. Morfemaning o‘zakka, o‘zakning o‘zakka qo‘shilishi natijasidagi o‘zgarishlar turkiy tillarda fuziya unsuri mavjudligidan dalolat beradi. Bu esa agglyutinativlik, flektivlik yoki amorflik muayyan tillar uchun mutlaq hodisa emasligidan kelib chiqadi. O‘zbek tilida agglyutinatsiya jarayonidagi quyidagi morfonologik holatlar eʼtiborli. Yevropa tilshunosligida leksemaga morfema orqali taʼrif berilib, u «kornevaya morfema» (o‘zak morfema) sifatida qaraladi. O‘zbek tilshunosligida ham leksema morfemaning bir ko‘rinishi sifatida eʼtirof etiladi. Biroq turli qurilishli tillarda leksema va morfema munosabatida farqli holatlar mavjud. Maʼlumki, agglyutinativ va flektiv tillardagi o‘zakning keskin farqlanishi tilshunoslikka kirish kursiga doir barcha darslik va qo‘llanmalarda mufassal sharhlangan.
Ularda taʼkidlanishicha, agglyutinativ (masalan, rus, arab) tillardagi o‘zak har doim so‘z yasovchi yoki grammatik shakldan xoli tasavvur qilinmaydi va maʼno anglatmaydi. Shuning uchun mazkur tillarga o‘zakni morfemalarning bir turi sifatida qarash va shu asosda faqat o‘zakdan iborat, tarixiy yasamaligini yo‘qotgan o‘zak leksemalarni mustaqil qo‘llanishga ega bo‘lmagan morfemaning bir ko‘rinishi sifatida baholash xos va shu xususiyat bilan flektiv til agglyutinativ tildan farqlanib turadi.
O‘zak va morfema turkiy tillar uchun bir-birini qoplovchi, maʼnodosh tushuncha emas. To‘gʼri, uning ikkalasi ham tilning eng kichik maʼnoli bo‘laklari. Bu jihatdan fonema bilan ziddiyatda turadi. Shuningdek, o‘zak ham, morfema ham, yaxlitlik (tselnooformlennost), umumiylik, tayyorlik, majburiylik va takrorlanuvchanlik xossalariga ega. Biroq ulardan biri kishi ongida aniq denotativ maʼnoga ega bo‘lib, borliqning biror bo‘lagi bilan aloqador holda idrok qilinadi. Boshqasi esa mustaqil denotativ emas, nisbiy maʼnoviy mustaqillikka ega bo‘lib, bogʼlanishlarsiz aniq maʼno kasb etmaydi. Bayon qilingan fikrlarni dalillash uchun quyidagi ruscha ch, pis, arabcha qr, ktb va o‘zbekcha o‘qi, yoz o‘zaklarini qo‘llanish va maʼno anglatish xususiyatiga ko‘ra qiyoslash yetarli. Mustaqil va alohida ajratilgan holatda ch ning o‘zak ekanligini mutlaqo anglab bo‘lmaydi (читать, учить), biroq mulohaza yuritish natijasidagina pisь ning pishu, pisьmo so‘zlari bilan aloqadorligi seziladi.
Аrabcha ktb, qr o‘zaklari haqida esa bir qarashda ularning o‘qish va u bilan aloqador til unsurlari ekanligi, biroq mustaqil qo‘llana olmasligi xususiyatini aytish mumkin. O‘zbekcha [o‘qi] va [yoz] o‘zaklarini sharhlashda bu til egasi qiyinchilik sezmaydi. Bunda mulohaza [o‘qi] va [yoz] so‘zlarining qanday maʼno tashiyotganligi (o‘qi – read, o‘qi - study, yoz - write, yoz - summer) doirasida bo‘lib, omonimik bogʼlanishlarni oydinlashtirish masalasiga yo‘naltiriladi. Ko‘rinadiki, o‘zbek tilida lisoniy sath birligi sifatida eng kichik maʼnoli birlikning ikki alohida turi – leksema va morfemani qatʼiy chegaralash uchun yetarli ilmiy asos mavjud.
Demak, turkiy tillarda leksemani morfema orqali emas, balki lisoniy sathning morfemadan yuqoriroqda turgan va til egasi ongida borliqdagi maʼlum bir voqelik bilan bevosita aloqada bo‘lgan lisoniy birlik sifatida qarash lozim.7 Soʻz tartibi, gap boʻlaklarining tartibi — gap boʻlaklarining oʻzaro maʼlum grammatik qonunqoidalar asosida, maʼlum sintaktik, mazmuniy, uslubiy qiymati bilan bogʻliq holda joylashuvi. Gap boʻlaklari tartibining oʻzaro qaramaqarshi qoʻyiluvchi bir necha turlari bor. Bulardan eng asosiysi toʻgʻri tartib va teskari tartib oppozitsiyasidir. Toʻgʻri tartibda sintaktik tuzilma qismlari maʼlum qonunqoidalar asosida odatdagicha joylashadi.
Masalan, oʻzbek tilida aniqlovchining aniqlanishdan, eganing kesimdan, toʻldiruvchi yoki holning kesimdan oldin joylashuvi toʻgʻri tartib hisoblanadi: bahavo yerlar, Karim oʻqib boʻldi, kitobni oʻqidi, toʻsatdan kelib qoldi kabi. Teskari tartib da maʼlum uslubiy, semantik maqsad va boshqa sabab bilan sintaktik tuzilmaning (undagi gap boʻlaklarining, qoʻshma ran predikativ qismlarining) toʻgʻri, odatdagi tartibi oʻzgaradi, inversiya yuz beradi. Masalan, u keldi (toʻgʻri tartib) — keldi u (teskari tartib), kecha ketdi (toʻgʻri tartib) — ketdi kecha (teskari tartib) kabi. Toʻgʻri tartib koʻpincha darak gaplarga xos boʻlib, ilmiy, rasmiy uslublar uchun harakterlidir. Teskari tartib esa asosan soʻzlashuv, badiiy va qisman publitsistik uslublarga xos boʻlib, bu holat koʻpincha mazmunni sezilarli oʻzgartirmasada, nutqning taʼsirchanligini, emotsionalligini oshiradi. Lekin baʼzan teskari tartib boʻlaklarning sintaktik vazifasini ham, gapning mazmunini ham oʻzgartirib yuboradi: Quvnoq bolalar kuyladilar — Bolalar quvnoq kuyladilar; charm mahsi (charmdan ishlangan) — maxsi charm (mahsibop). Bunday hollarda Soʻz tartibining erkin vabogʻliq turlari farqlanadi. Sifatlovchi bilan sifatlanmishning (quvnoq bolalar) gapdagi oʻrni bogʻliq tartibni koʻrsatadi. Erkin tartibda gap boʻlaklarining oʻrnini oʻzgartirish mumkin. Bunda mazmun va sintaktik holat emas, faqat uslubiy xususiyat oʻzgaradi: Kinoga kecha koʻplashib bordik — Kecha koʻplashib kinoga bordik — Koʻplashib kecha kinoga bordik kabi. 1. Ayni bir leksemadan har xil affiks bilan yasalishlar ham sinonimik munosabat hosil etishi mumkin. Bunda asli affikslar sinonim bo‘ladi. Masalan, ilmoq, ilgak sinonimlarida asli -moq, -gak affikslari o‘zaro sinonim. 2. Ba'zan bir o‘zakning har xil ko‘rinishlaridan yasalishlar ham sinonimik munosabat hosil etadi. Bunday holat asosan arabcha o‘zlashtirmalarda voqe bo‘ladi. Masalan, haqsiz-, huquqsiz- leksemalari asli arabcha o‘zakning birlik (haq-) va ko‘plik (huquq-) shakllaridan yasalgan; taqqosla-, qiyos qil- sinonimlaridagi qiyos, taqqos qismlari asli bir arabcha o‘zakdan hosil qilingan.8