Morfеmika-morfologiya



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/125
tarix17.12.2022
ölçüsü1,59 Mb.
#121313
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125
hozirgi ozbek adabiy tili morfemika-morfologiya

АDАBIYOTLАR 
1. Mengliyev B.R. Hozirgi o„zbek tili. Morfemika. Derivatsiya. Morfologiya. II qism. Qarshi-2005. 
2. Abuzalova M.Q. Hozirgi o„zbek tili. Morfologiya, 1-qism. Mustaqil so„z turkumlari. (Ma„ruza 
matnlari). Buxoro-2003. 
3. Nurmonov A., Shahobiddinova Sh., Iskandarova Sh. va boshqalar. O„zbek tilining nazariy 
grammatikasi. Morfologiya.-T.: Yangi asr avlodi. 2001.- 182 b. 
4. O„zbek tili grammatikasi. I tom. Morfologiya. Max.muh. G„.A.Abdurahmonov va boshq. T.: Fan, 
1972.-610 b. 
5. Bahriddinova B.M. Hozirgi o„zbek adabiy tilidan mashqlar to„plami. II qism (Morfemika. 
Derivatsiya. Morfologiya), Qarshi, Nasaf n. 2005, 85 bet 
 
MАVZUNI MUSTАHKАMLАSH UCHUN SАVОL VА TОPSHIRIQLАR 
 
1. Leksemalarning ma‟noviy tasnifidagi “ma‟noviy nomustaqillik” belgisi tushunchasini 
izоhlаng. 
2. Tilshunоslikdа оraliq uchinchi аtаmаsini nimаni аnglаtаdi? 
3. Yordamchi so„zlar оraliq uchinchimi? 
4. Ko„makchilаrning grаmmаtik mа‟nоlаri misоllаr аsоsidа аniqlаng. 
5. Bog„lovchilаrning grаmmаtik mа‟nоlаri misоllаr аsоsidа аniqlаng. 
6. Yuklamalаrning grаmmаtik mа‟nоlаri misоllаr аsоsidа аniqlаng. 
 
 
 
 
 
15-MA‟RUZA. MAVZU: SO„Z–GAPLAR 
 
Rеjа: 
1. So„z-gaplar to„plamini ajratish tamoyillari. 
2. So„z–gaplar tasnifi. 
3. So„z-gaplarning sintaktik xususiyatlari. 
Mаvzu bo‘yichа tаyanch tushunchаlаr: mоdаl, undоv, tаsdiq-inkоr, tаklif so‘zlаr, so‘z-gаplаr. 
 
So„z-gaplar to„plamini ajratish tamoyillari. O„zbek formal tilshunosligida so„z-gaplarning 
mohiyati, turlari, ularning leksik materiali tavsifi, qo„llanish xususiyatlari empirik asosda etarlicha 
o„rganilgan. Shakl-vazifaviy tilshunoslikda gapning eng kichik qurilish qolipi [Wpm] sifatida talqin 
qilingach, ziddiyatli, izohtalab nuqtalarga ega bo„lgan so„z-gaplarga ham lison/nutq ixtilofi nuqtayi 
nazaridan yondashish zarurligi ayon bo„lib qoldi va har bir gapning til bosqichida o„z qolipi mavjud 
bo„lgani kabi, so„z-gaplarning ham o„ziga xos muayyan bir lisoniy qurilish qolipi bo„lishi shart va 
zarurligi e‟tirof etildi.
Bo‘laklarga ajratilmaydigan gaplar yoki so‘z-gaplar umumiy atamasi ostida birlashtiriladigan 
gaplarning alohida belgilari mavjudki, ular shu belgilari bilan mustaqil so„zlardan, yordamchi so„zlardan, 
sodda yoxud qo„shma gaplardan farq qiladi. Bular quyidagilar:
1) mustaqil holda gap bo„la olish belgisi;
2) gap tarkibida shu gapning biror bo„lagi bilan sintaktik aloqaga kirisha olmaslik belgisi;
3) o„ziga xos g„ayrioddiy ma‟noga ega bo„lish belgisi; 


96 
4)bog„lamalar bilan birika olmasligi va shuning uchun mayl, zamon, shaxs/son shakllariga ega 
emaslik belgisi.
So„z-gaplar deganda shu to„rt asosiy belgi bilan bir majmuaga birlashtiruvchi hodisalar 
tushuniladi.

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin