93
qiladi. Ammo bu vazifa bog„lovchi va ko„makchilar uchun o„zgarmas, barqaror sanaladi. Yuklama-
larning o„ziga xos xususiyati shundaki, ular so„zlarga yoki gaplarga so„roq, ta‟kid, kuchaytiruv, ayirish-
chegaralash, o„xsha-tish kabi qo„shimcha ma‟nolarni beradi va funktsional “bog„lash”
belgisiga nisbatan
beqaror, o„zgaruvchan sanaladi, ya‟ni “bog„-lash” belgisi bo„lishi ham, bo„lmasligi ham mumkin.
Chunonchi, na-na yordamchisi teng bog„lovchilarning bir turi sifatida inkor bog„lovchisi sanalib kelgan.
G„.Abdurahmonov esa uni inkor bog„lovchisi deb atash bilan birga, unda
yuklamalik xususiyati ham
borligini ko„rsatadi. Haqiqatan ham, bu yordamchi ham bog„lovchilik, ham yuklamalik vazifasini
bajaradi. Bog„lovchi vazifasida kelganda ayrim teng huquqli bo„lak (komponent)larga inkor ma‟nosini
berib, ularni bog„laydi:
Na so‘zlarida ma’no bor, na ishlarida hayo. (Oyb.) Bu yordamchi so„z yuklama
vazifasini bajarib, mazmunidan inkor anglashilgan gaplar tarkibida keladi va inkor ma‟nosini ko„rsatadi:
Raisningerkatoy o‘g‘li na o‘qiydi, na biror joyda ishlaydi.
Go„yo yordamchisi mazmunidan o„xshatish yoki chog„ishtirish ma‟nolari anglashilgan sodda va
qo„shma gaplar tarkibida ishtirok etadi. Sodda gaplardagi funksiyasiga ko„ra ko„proq yuklamalarga
yaqin turadi:
Tursunoy go‘yo qalbi bilan ashulaga jo‘r bo‘lar edi. (A.Mux.)
Kampirning yuzida go‘yo
Dostları ilə paylaş: