To’g’ri bajarilgan ish: Kabelning himoya qobig’i RJ-45 konnektori ichiga kirgan . Bundan tashqari sakkizta sim o’z o’rnida turganiga va ularning tartibi o’zgarib ketmaganligiga ishonch xosil qilish zarur. U qo’yidagi ko’rinishda bo’lishi zarur:
1.10-rasm. To’g’ri bajarilgan ish.
8. Oxirgi marta ish to’g’ri bajarilganini tekshdim. Bundan so’ng konnektorni maxsus siquvchi instrumentning RJ-45 konnektoriga mo’ljallangan maxsus joyga joylashtiring va instrument dastaklarini siqdim.
1.12-rasm. Maxsus siquvchi instrumentida UTP kabelga konnektorni ulash.
9. Endi yuqorida bajarilgan ishlarni kabelning keyingi uchida xam bajardim. Bu yerda xam simlar ranglari ketma-ketligi yuqoridagidek bo’ladi. Ish yakunida to’g’ri ulash usulidagi kompyuter tarmog’i kabeli xosil bo’ldi.
Kross-kabel. Kross-o’tkazuvchi kabelini tayyorlash yuqoridagi kema-ketlikda asosida amalga oshiriladi. Bunda to’g’ri ulashdan farqli tomoni shundaki, rangli simlarning tartibi o’zgaradi. To’g’ri ulashda simlar tartibi kabelning ikkala uchida xam bir xil bo’ladi. Kross-o’tkazuvchida kabelning ikkinchi uchida birinchi uchiga qaraganda rangli simlar ketma-ketligi turlicha bo’ladi.
Kabelning birinchi uchidagi simlar ketma-ketligi to’g’ri ulanishdagidek bo’ladi, ya’ni:
1.13-rasm. Kross-kabelning birinchi uchi:
1- to’q sariq – oq, 2 - to’q sariq, 3 - yashil-oq, 4 - ko’k, 5 - ko’k-oq, 6 – yashil, 7 - jigar rang-oq, 8 - jigar rang.
Kabelning ikkinchi uchining rangli simlari qo’yidaricha tartiblanadi:
1.14-rasm. Kross-kabelning ikkinchi uchi:
1- yashil-oq– oq, 2 – yashil, 3 - to’q sariq oq, 4 - ko’k, 5 - ko’k-oq, 6 -to’q sariq, 7 - jigar rang-oq, 8 - jigar rang.
Agar e’tibor bersangiz yashil va to’q sariq juftliklar (xuddi kesishshigani kabi) o’rin almashishadi. Ayna shuning uchun ham kross-o’tkazuvchi deb nomlanadi. Tayyorlangan kross-o’tkazuvchi kabeliga to’g’ri o’tkazuvchi kabeldan farq qilishi uchun marker yordamida belgi qo’ying.
Dostları ilə paylaş: |