Tranzistorli quvvat kuchaytirigichining tuzilish sxemasini tuzish va hisoblash
Tranzistorli quvvat kuchaytirigichining (TQK) tuzilish sxemasini tuzish va hisoblash uchun quyidagi dastlabki berilganlar zarur:
1) uzatkich yuklamaga berishi kerak bo‘lgan R1yu, quvvat;
2) ishchi chastotalar diapazoni;
3) yuklama turi va uning parametrlari;
4) ta’minot manbai kuchlanishi;
5) qo‘zg‘atkichning chiqish quvvati Rqo‘z.
Tuzilish sxemasini hisoblash quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
1. Chiqish (oxirgi) kaskadining tuzilmasi aniqlanadi. Bunda birinchidan, yuqori filtrlash darajasi berilgani uchun TQK chiqishida polosali filtr o‘rnatilishi hisobga olinishi kerak. Ikkinchidan, berilgan chastotalar diapazonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan tranzistorlardan eng quvvatlisi bo‘lgan KT962A tranzistor (2−ilova) 4 Vt chiqish quvvatiga ega. Demak, berilgan yuklamadagi quvvat faqat quvvatlarni qo‘shish qurilmalarining (QQS) qo‘llanilishi orqali olinishi mumkin. SHunday qilib, uzatkichning chiqish kaskadi quyidagi tugunlardan iborat bo‘ladi:
- ηF foydali ish koeffitsientili chiqish filtri;
- ηQQS foydali ish koeffitsientili QQS;
- ηMZ foydali ish koeffitsientili kollektor MZ.
2. Oxirgi kaskad (OK) tranzistorlari tanlanishi kerak bo‘lgan quvvat aniqlanadi. Dastlab masalan, mos ηF= 0,95; ηQQQ=0,9; ηMZ= 0,95 foydali ish koeffitsientlari beriladi.
U holda OK chiqish zanjirlarining natijaviy foydali ish koeffitsienti quyidagiga teng bo‘ladi: