-titrash chastotasi
f
(Gts);
-titrash amplitudasi
A
(mm); -titrash tezligi
V
(mm/s); -titrash
tezlanishi
w
(mm/s
2
).
Titrash uskuna, jihoz va kommunikatsiyalarning
mexanik mustahkamligini va
germetikligini sifatsizlanishiga olib kelishi va har xil avariyalarning sababchisidir.
Titrash ta`sirida inson tanasidagi a`zolarning funktsional holatlarini ishdan chiqishi,
markaziy asab, yurak va qon aylanish tizimida hamda harakatlanish a`zolarida salbiy o`zgarishlar
sodir bo’ladi. Uning za-rarli ta`siri charchash, boshning, panja va suyak bug’inlarining og’rishi,
haddan tashqari asabiylashish va harakat faoliyatining buzilishi bilan namoyon bo’ladi va ayrim
hollarda tebranish kasalligining rivojlanishiga olib keladi. Uning og’ir
shakllari, mehnat
qobiliyatining qisman yoki butunlay yo`qolishiga olib keladi. Shovqin va titrashning ish joylarida
ruxsat etilgan darajalari SanPiN N0067-96 berilgan.
Ishlab
chiqarishda dastgoh, mashina va qurilmalarning ishlashi natijasida shovqin va
titrashlar yo’zaga keladi. Bunga asosiy sabablar: detal va qismlarning
bir-biriga urilib ishlashi,
ishqalanib ishlashi, bir-biriga
nisbatan harakatlanishi, katta tezlikda harakatlanib havo
molekulalarini katta tezlik bilan harakatlantirishi va hokazo. Bular inson organizmiga ta’sir
ko‘rsatib, asosan asab tizimlari
va eshitish organlarini, suyak to‘qimalarini kasallantiradi.
Dostları ilə paylaş: