6 olmosh ravish fe’l olmosh



Yüklə 93,03 Kb.
səhifə3/48
tarix01.01.2022
ölçüsü93,03 Kb.
#107545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
2 5208808312203643257

2. Kishilik olmoshlari uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlardir.

So‘zlovchi birinchi shaxs, tinglovchi ikkinchi shaxs, nutqdan tashqari barcha shaxs, narsa, voqea-hodisalar o‘zga, ya’ni uchinchi shaxs sifatida qaraladi.




I shaxs

Men

Biz

II shaxs

Sen

Siz

III shaxs

U

Ular

Ba’zan biz, siz, ular birlik ma’nosida ham qo‘llaniladi, bunday hollarda ular uslubiy vazifa bajargan hisoblanadi. Biz birlik ma’nosida qo‘llanganda kamtarlik, bajargan ishida o‘zini ta’kidlamaslik ma’nosini bildiradi.Misol: Mening uyim о'rniga Bizning uyimiz. Men g‘olib chiqdim о‘rniga Biz g'olib chiqdik.

Shuningdek ,siz,ular yakka shaxsga ishora qilib, hurmat ma’nosini bildiradi.



Misol: Sen kelding o‘rniga Siz keldingiz, U keldi o‘rniga Ular keldilar.

Siz hurmat ma’nosini bildirganda, ko‘pincha, ko‘plik ma’nosini ifodalash uchun unga-lar qo‘shimchasi qo‘shiladi.

Misol: Sizlarga doimo baxt yor bo'lsin. Agar -lar sen olmoshiga qo‘shilib kelsa, tinglovchini biroz kamsitish ma’nosini bildiradi.Misol: Senlarga aytyapman, gapga quloq solsang-chi.



Men, sen olmoshlariga -ni,-ning,-niki qo‘shimchalari qo‘shilganda, talaffuzda bir n tovushi tushib qoladi va shunday yoziladi: men+ning=mening, sen+ning-sening, sen+niki-seniki.

U kishilik olmoshiga –ga, -da, -dan kelishik qo‘shimchalari qo‘shilganda esa talaffuzda bir n tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: u+ga – unga, u+da – unda kabi.

Eslatma: Kishilik olmoshlari egalik qo‘shimchalarini qabul qilmaydi.

Kishilik olmoshi u bilan ko‘rsatish olmoshi u shakldosh hisoblanadi. Ular bir-biridan so‘rog‘i,gapdagi vazifasi va qaysi so‘zlar bilan birikib kelishiga ko‘ra farqlanadi.



Misol: U ba'zan tojikcha lahjada gapirardi, ba'zan о‘zbekcha qochirimlar qilardi. Ukishilik olmoshi,kim? so‘rog‘iga javob bo‘ladi,gapdagi vazifasi – ega.

U voqea hech esimdan chiqmaydi. U - ko‘rsatish olmoshi,qaysi? so‘rog‘iga javob bo‘ladi,gapdagi vazifasi – aniqlovchi.

Eski o‘zbek tilida kamtarlik ifodasi sifatida men o‘rnida ko’pincha kamina, kaminayi kamtarin, faqir, qulingiz, bandayi ojizingiz singari so‘z va birikmalar qo‘llangan.

Hozirgi o‘zbek tilida ham xuddi shu ma’noda ba’zan men o‘rnida kamina so‘zi ishlatiladi.

Men olmoshi o‘rnida yuqoridagi so‘zlar ega vazifasida qo‘llanilganda, kesim ba’zan III shaxs shaklida, ba’zan esa I shaxs shaklida (asosan, eski o’zbek tilida)bo‘lishi mumkin. Ammo doimo mazmunan I shaxsda bo’ladi. Masalan: Faqir sizning xizmatingizga bel bog'lagan jumlasida faqir so’zi ega vazifasida qo‘llangan va kesim sifatida qo‘llanayotgan so‘z (bel bog'lagan) III shaxsda qo‘llanmoqda. Bu gapda faqir so‘zi men o‘rnida, bel bog'lagan fe’li belbog'laganman o‘rnida qo‘llanmoqda: Men Sizning xizmatingizga bel bog’laganman.

Ba’zan kesim II shaxda ham qo‘llanishi mumkin. Misol: Sizga ne bo'ldi, ikki haftadan buyon faqiringizni zoriqtirib qo'ydingiz. Ushbu gapda kesim II shaxsda qo‘llanmoqda, sababi olmosh o‘rnida qo‘llanuvchi so‘z ega emas, to‘ldiruvchi vazifasida qo‘llangan. Kesim esa ham shaklan, ham mazmunan II shaxsni ifodalagan.



Yüklə 93,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin