Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   131
O\'zbek folklori P

«Savrixonning ro‘moli»
qo‘shig‘ida ham aynan shunday 
voqeabandlikni ko‘ramiz. Bunday voqeabandlik kelin salom, 
yor-yorlarda va ayrim mehnat qo‘shiqlarida ham uchraydi.
Voqeaband bo‘lmagan qo‘shiqlarda har bitta to‘rtlik 
mustaqil alohida bir kechinmani ifodalab keladi. Ularni faqat 
ohang va naqarotlar bog‘lab turadi. 
Devor ustiga devor, 
Devona bo‘lsin akang.
Boshida shoyi ro‘mol, 
Parvona bo‘lsin akang.
Yaqu-yaqu yaqu yaq. Yaqu-yaqu yaqu yaq.


– 168 –
– 169 –
Tog‘lar boshi o‘rama, 
Kiyik shoxi burama.
Boy qizini bermasa, 
Boyni Xudo urama. 
Yaqu-yaqu yaqu yaq. Yaqu-yaqu yaqu yaq.
O‘lanlarda ham voqeabandlik kuzatilmaydi. 
Voqeaband bo‘lmagan qo‘shiqlarning o‘zi kompozitsion 
jihatdan yana uchga bo‘linadi.
1. 
Holat qo‘shiqlar.
Hamma qo‘shiqlarda kechinma, 
holat aks etsa-da holat qo‘shiqlarida qahramon hech kimga 
murojaat qilmaydi, balki o‘z holatini anglatishga harakat 
qiladi: 
Yor yurgan ko‘chalarni, 
Supuray sochim bilan.
Chang chiqsa suv sepay, 
Ko‘zdagi yoshim bilan.
2. 
Murojaat qo‘shiqlar.
Bunday qo‘shiqlarda qahra-
monning so‘zlari kimgadir – sevgilisi, yaqinlari yoki boshqa 
bir kimsaga murojaat tarzda bo‘ladi: 
Otma meni toshlar bilan, 
Uchib ketay qushlar bilan.
Qushlar qaytsa, men qaytmasam, 
Ko‘zing to‘lsin yoshlar bilan.
3. 
Aytishuv qo‘shiqlari
ning eng go‘zal namunasi o‘lan 
va laparlardir. Ularda qiz va yigit juft bo‘lib yoxud tarafma-
taraf bo‘lib, aytishuvda o‘zaro musobaqalashadilar. 



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin