1-SINF ONA TILI DARSLARIDA “UNLI TOVUSHLAR VA HARFLAR” MAVZUSINI O’RGATISHDA NOAN’ANAVIY USULLARDAN FOYDALANISH
Matnni tasvirlash. Matn ustida ishlashda katta ahamiyatga ega bo'lib, o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, undan to'g’ri foydalanish esa yozuvchi tasvirlangan hayotiy manzaralarni o'quvchilar aniq tasavvur qilishlari uchun qulay sharoit yaratadi. Matn ikki xil tasvirlanadi: 1.So'z bilan tasvirlash. 2.Grafik tasvirlash So'z bilan tasvirlash o'ziga xos ish turi bo'lib, unda manzarani so'z yordamida aniq qayta tiklash talab qilinadi. So'z bilan tasvirlash, shuningdek, grafik tasvirlash uchun ham o'quvchi matnni, undagi voqea sodir bo'lgan vaziyatni, qatnashuvchi shaxslarning tashqi ko'rinishini, xarakterli xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. So'z bilan tasvirlash so'zni aniq tanlashni talab qilib, o'quvchilar nutqini rivojlantirishda foydali vositalardan biri hisoblanadi.
Tasvirlashdan o'qituvchi turli maqsadlarda, chunonchi, reja tuzishga asos sifatida, qayta hikoyalashga tayyorlash, voqea yuz bergan sharoitni aniqlash maqsadida foydalanishi mumkin. Tasvirlashdan musitaqil ish sifatida ham foydalaniladi: o'qituvchi matnni ma'lum qismidan o'quvchilarga juda ma'qul bo'lgan so'z bilan manzarani yoki grafik tasvirlashni va unga muallif so'zini tanlashni topshiradi.
O'quvchilar qayta hikoyalashdan oldin so'z bilan tasvirlash uchun matnni o'qiydilar, nisbiy tugallangan qismlarni ajratadilar, lavhalarni tartib bilan tasvirlaydilar. Bu muallif nima haqda yozganini ko'z oldiga keltirishga imkon beradi. Shundan keyin matnni qayda hikoyalash uchun leksik-stilistik tayyorgarlik o'tkaziladi. Matn tasvirlashga o'rgatishni kitobda berilgan rasmni matnni shu rasmga mos qismiga taqoslashdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Bunda o'quvchilar yozuvchi tasvirlagan qahramondagii yoki tabiatdagt xarakterli tomonlarni rasmda ko'rsata olganiga ishonch hosil qiladilar.
So'z bilan tasvirlash qayta hikoyalashga aylanib qolmasligi zarur. Buning uchun muallif matnni leksik-stilistik tomondan tahlil qilish manzarani tasvirlashda so'zni aniq tanlashga yordam beradi. Tahlil jarayonida o'qituvchi o'quvchilar e'tiborin muallif ishlatgan so'z va so'z birikmalariga jalb qiladi.
Grafik tasvirlash ko'proq uyda bajariladi. Buning o'quvchilar tasvirlaydigan matn qismini ajratadilar, uni diqqat bilan qayta o'qib, mazmunini o'zlashtiradilar va unga mos rasm chizadilar. Darsda o'quvchilar chizgan rasmlariga qarab tanlab o'qish o'tkaziladi.
Matn yuzasidan grafik tasvirlashning murakkabroq turi ekranlashtirsh (ekranga ko'rsatishga moslash) hisoblanadi. Bu ijodiy ish bo'lib, rasm matnda uyq’unlashtiriladi. Buning uchun asar suyujetining rivojlanishga moslab muayyan izchillikda rasmlar yaratiladi. Ekranlashtirishda kollektiv bo'lib ishlanadi, kadrlar ularga mos, yozuvlar va muzika birgalikda tanlanadi.
Darslikda rasmli matnlar nihoyatda ko'p. Ona tili ta'limi jarayonida rasmli matnlardan ham foydalaniladi. Rasmli matnlar bilan ishlashda ishni quyidagi tarzda amalga oshirish mumkin:
1.O'qituvchi qismlarga bo'lingan matn tanlab, rejani tuzadi va matn rejasi bandalari o'rnini almashtirib, sarlavha tarzida doskani chap tomonida yozib qo'yadi. O'quvchilar matnni birinchi qismini o'qiydilar, shu qism mazmuniga mos sarlavhani doskadan tanlaydilar, uni o'qituvchi doskani o'ng tomonida yozadi. Keyin o'quvchilar matnni ikkinchi qismini o'qib, tegishli sarlavhani doskadan tanlaydilar va hokazo. Shunday qilib doskadan o'qilgan matnning rejasi hosil bo'ladi.
2.Matn qismlarini tahlil qilish jarayonida o'oquvchilar o'qituvchi rahbarligida har bir qismdagi asosiy fikrni aniqlaydilar va unga sarlava topadilar. O'qituvchi sarlavhalarini reja bandlari tarzida doskaga yozib boradi.
3. Qismlarga bo'linmagan matn tanlanadi, sarlavahlar matn rejasi tartibida doskaga yoziladi. O'quvchilarga berigan sarlavhalardan foydalanib matnni qismlarga bo'lish topshiriladi. Ular matnni o'qiydilar, birinchi sarlavahga tegishli qismni ajratadilar, keyingi qismlar ham shunday belgilanadi.
4.Qismlarga bo'linmagan matn tanlanadi, sarlavhalar aralash tarzda doskaga yoziladi. O'quvchilarga yuqoridagi qismlarga bo'lish topshiriladi. O'quvchilar matnni o'qib, nisbiy tugallangan qismni ajratadilar va unga mos sarlavhani doskada tanlaydilar. Ish shu tarzda davom ettirilib, matn rejasi tuziladi.
5.Oquvchilar asarni mustaqil ravishda qismlar bo'lish va har bir qismga sarlavha topishga, ya'ni berilgan matn rejasini tuzishga yuqoridagi kabi asta-sekin o'rgatilib boriladi. Reja tuzish uchun so'roq va darak gaplardan, ayrim holatda atov gaplardan foydalanish mumkin. Faqat har bir rejada bir turdagi gaplar ishlatilishi zarur.
Shunday qilib, o'quvchilarda matn ustida ishlash ko'nikmasini shakllantirishda ular diqqati ishning mazmuni va bajarilish yo'llariga qaratiladi.