Birinchi bob



Yüklə 270 Kb.
səhifə8/15
tarix24.12.2022
ölçüsü270 Kb.
#121752
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
1-SINF ONA TILI DARSLARIDA “UNLI TOVUSHLAR VA HARFLAR” MAVZUSINI O’RGATISHDA NOAN’ANAVIY USULLARDAN FOYDALANISH

Matn yaratish muammolari. Kishilarning bir-birlarini anglab, bir-birlari bilan gaplashishlarida, aloqada vosita bo'lish tilning asosiy vazifasidir. Tilning asosiy vazifasi fikr bayon qilishdir. Bu tilning kommunikativ vazifasi sanaladi.
Kommunikatsiya-biror fikrni bildirish, xabar berish, gaplashish bilan bir-birini tushunish. Kommunikativ jarayon ong bilan, tafakkur bilan bog’liq bo'lgan sotsial hodisa. U kollektivni ko'zda tutuvchi ijtimoiy xarakterga ega. Til kollektivga xos hodisa bo'lib, u "talab natijasida-ehtiyojidan, boshqa odamlar bilan aloqa qilish ehtiyojidan-eng zarur ehtijdan tuqilgan".
So'zlashish jarayondagi har bir shaxs-so'zlovchi va tinglovi kollektivining bir a'zosi, u ham ijtimoiy xarakterga ega, chunki u jamiyat bilan bog’liqdir.
Jamiyat asoslaridan bo'lgan ong va til mehnat jarayoning mahsulidir. Mehnat jaryonida turli xil kommunikativ holat mavjud bo'ladi. Kommunikativ holat so'zlovchi vak tinglovchi aloqador bo'lgan sotsial komponentlarning roli kattadir. Kommunikativ holatdan so'hbatdoshlarni o'rab olgan aniq narsa-predmetlar, shunindek, nutqiy aloqani vujudga keltigan vaqt, joy holat, suhbatdoshlar bilim darajasi.
Kishi qanday sharoitda fikr bayon etganini aniqlash uchun kommunikativ yoki aktni o'rganish loziim. Nutqiy akt bir necha bosqichdan iborat:
Yashirin bosqich. Bunga so'zlovchinig maqsad va niyati hamda shu maqsadni bilish uchun kerak bo'lgan bilim, saviyani ishga solishga kerak. Masalan, "Ega deb nimaga aytiladi?" degan savol berilsa, suhbat ishtirokchilari gap va ega tushunchalarining ma'nosini biladi.
Tashqi ifoda bosqich. Nutqiy aktni bu bosqichida til vositalaridan tashqari lisoniy vositalar mimika, imo-ishora ham ishtirok etadi.
Demak, nutqiy kommunikatsiya darak, aloqa, xabar qilish va aqliy, qissiy holatni ham o'z ichiga oladi.
Badiiy matn xoh katta, xoh kichik bo'lsin, u matnning tugalangan shakli deb, hayotning mustaqil bir parchasi, in'kosi deb qaraladi. Hayotning matnda in'kos etish usullvari va shakllari ko'p. Bu in'ikos shakl va mazmun, mavzu va g’oya, obraz va syujet, kompozitsiya va til kabi elementlar orqali vujudga keladi. Har bir muallif bu usullardan o'z dunyoqarashi, tushunchasiga qarab foydalanadi. Shuning natijasida turli xil matnlar yaratiladi va ularda muallif induvidialigi namoyon bo'ladi. Muallif indivudialigini vujudga keltiruvchi dalillar quyidagilar:



Yüklə 270 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin