Birinchi bob


Matn tuzish uchun qo'yiladigan talab va vazifalar



Yüklə 270 Kb.
səhifə9/15
tarix24.12.2022
ölçüsü270 Kb.
#121752
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
1-SINF ONA TILI DARSLARIDA “UNLI TOVUSHLAR VA HARFLAR” MAVZUSINI O’RGATISHDA NOAN’ANAVIY USULLARDAN FOYDALANISH

1.3. Matn tuzish uchun qo'yiladigan talab va vazifalar

Boshlang’ich sinflarda to'g’ri, tez ongli va ifodali o'q’ishga o'rgatish vazifasi o'quvchilarda asarni tahlil qilish ko'nikmasini shakllantirish bilan birga amalga oshiriladi. O'qish malaklalarini shakllantirish bilan matn ustida ishlashning o'zaro bog’liqligi asrni tahlil qilishga qanday yondashishni belgilab beradi. Asarning tahlil qilishning metodik qoidasi asar mazmuning uning tasviriy-ifodali vositalari bilan bog’liq holda qarashdir. Ya'na bir asosiy hoida asr ustida ishlash jarayonida ta'limiy-tarbiyaviy vazifalarni umumiy bajarishda amalga oshirish hisoblanadi. Bu qoidarlar asar ustida ishlashning asosiy yo'nalishin belgilaydi, shuningdek, matni tahlil qilish jarayonida o'quvchilar bajaradigan topshirqlarni va muhokama qilish uchun o'quvchilarga beradigan savolarning xarakterini aniqlab olishga yordam beradi.


Matnni mazmun va hamda lisoniy jihatdan o'rganishda quyidagi ishlash turlaridan foydalanish mumkin:
Tanlab o'qish. Bunda o'quvchi matnni berilgan vazifaga mos qismini o'qiydi. Vazifa asarning faktik mazmunini oydinlashtirish, sabab, natija bog’lanishini beligilash, badiiy xususiyatlarin ochish, o'qilgan matnga o'z shaxsiy munosabatini ifodalashdan iborat bo'lishi mumkin. Tanlab o'qishdan matn ustida ishlashningt barcha bosqichlarida har xil qiyinlikda foydalaniladi. Tanlab o'ish ongli vo ifodali o'qish malakasini shakllantirishni matn ustida ishlash ko'nikmasini shakllantirish bilan birga qo'shib olib borishga, bolalarning ijodiy tasavurin, nutqi vo zehnini o'stirishga imkon beradi, shuning uchun unda o'qish darslarida keng foydalaniladi. Tanlab o'qish matn rejasini tuzishda, qahramonga xarakteristika berishda, asar g’oyasini aniqlashda tatbiq etiladi. Matn ustida ishlashda keng tarqalgan ish turlaridan biri berilgan savolga o'z so'zi bilan javob berishdir.
Mashqning bu turi o'quvchilarda o'qilganlar yuzasidan muhokama yuritish ko'nikmasini o'stirishga, o'atnashuvchi shaxslarni bag’olashga, muallif tasvirlangan hayotiy lavhalar bilan asar g’oyasi o'rtasidagi bog’lanishni aniqlashga imkon beradi. Savollar ma'lum maqsadga yo'naltirilgan va muayyan izchillikda bo'lish zarur. Matn ustida ishlashda matn mazmunini qaiyta hikoyalashni talab qiladigan savollardan ham foydalaniladi. Agar o'qituvchi asar g’oyasini tushunishda o'quvchilarga yordam berishni ko'zda tutsa, savol sabab-natija tarzida bo'ladi. O'quvchilarni savol berishga o'rgatish bilan matn ustida ishlashda yangi natijada erishiladi. K.D.Ushinskiy o'z asarlarida bolalarni savol berishga o'rgatish muhimligini ta'kidlab, agar o'qituvchi savolni to'g’ri bera olsa, javobni yarmi tayyor bo'ladi o'qtiradi. O'quvchilarning ongli ravishda savol tuzishga o'rgatish uchun o'qituvchi matnga o'zi tuzgan yoki ona tili kitobida berilgan savollarni tahlil qiladi. Taylil uchun "Nega u yoki bu savol qo'yilgan unda nima yoki kim haqida gap boradi, savol ko'proq qaysi so'zlar bilan boshlanadi, qaysi savollar qiyinroq? kabi savollarni ishlatadi va matndan foydalangan holda bu savollarga qanday javob berishni o'rgatadi. Ikkinchidan, o'qituvchi o'quvchilar e'tiborini matnga savol tuzish yo'liga qaratadi vo savol tuzishdan oldin matnni diqqat bilan o'qish, qatnashuvchi shaxslarni ko'rsatish, savol tuzaladigan qismni ajratish kerakligini tushintiradi. Savol tuzishga o'rgatishning boshlang’ich bosqichida bu mashq kollektiv bajariladi vo ta'limiy xarakterda bo'ladi. Buning uchun qulayroq savol ajratilib, nima uchun u qo'lay qiziqarli ekani yoki, aksincha, noqulay bo'lsa, nega noqulayligi tushintiriladi. Shundan so'ng o'quvchilarga matrnga savol tuzib yozib kelish uyga vazifa sifatida topshiriladi. Savol tuzish o'quvchilardan asr mazmuni bilan puxta tanishishni talab qiladi, ongli o'qish malakasini o'stiradi, uy vazifasini tekshirishda faolikni ta'minlaydi.

Yüklə 270 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin