III-sinf “O‘qish kitobi”
“Ulug‘ oktyabr sotsialistik revolyusiyasi” bo‘limi
|
“Vatanimiz o‘tmishidan” bo‘limiga almashtirildi. Jumladan: “Malik sanjar qo‘zg‘oloni” (X.Sodiqov); “Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni” (X.Sodiqov);
|
“Lenin tiriklardan tirik” bo‘limi
|
“Navoiy bobokalonimiz” bo‘limi va h.k.
|
IV-sinf “O‘qish kitobi”
“Bizning jonajon armiya” bo‘limi
|
“Qushlar va hayvonlar bizning do‘stimiz” bo‘limi va h.k.
|
SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi o‘quv metodik markazi o‘zbek maktablarida ta’lim mazmunini milliylashtirish bo‘yicha o‘z ko‘rsatmalarida shunday murojaat qildi: “Mashqlar uchun matnlar, she’rlar va gaplar tanlashni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarimizga havola etamiz, ularning ijodkorligi, izlanuvchanligiga ishonch bildiramiz. Bunda o‘qituvchilar quyidagi talablarga rioya etishlari zarur.
Avvalo tanlangan material mazmunan milliy, odob-axloq talablariga javob berishi, siyosiy mavzuga mutlaqo tegishli bo‘lmasligi lozim.
Matnlar, she’rlar dasturning tanlangan bo‘limi mavzusini ochib berishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Tanlangan materiallar bolalar yoshiga mos, ularning fikrlash qobiliyatini o‘stiradigan, bolalar ongiga yaxshilik urug‘ini ekadigan, yozilishi esa sodda, ravon, tushunarli bo‘lmog‘i kerak.
Matnlar, she’rlar, gaplar o‘qituvchilar tomonidan yangi 1992-93 o‘quv yiliga qadar tayyorlanishi va metodik birlashmaning birinchi yig‘ilishida muhokama etilishi hamda tasdiqlanishi zarur”1.
YAngi taklif qilingan mavzularda ta’limning tarbiyaviy vazifasiga alohida e’tibor berildi. III sinf “O‘zbek tili” darsligining 215-mashqi “Donishmandlar tarbiya xususida”2 kitobidan parchalar keltirib, to‘la tarbiyaviy qimmatga ega bo‘ldi. Mashq topshiriqda: “O‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga so‘roq bering, ular nimani bildirayotganini ayting”, deyildi.
“Aziz o‘quvchilar! O‘qituvchilaringiz sizning ma’naviy otalaringizdir. SHuning uchun ularni chin ko‘ngildan seving, nasihatlarini jonu-dil bilan qabul qiling. O‘qituvchilaringizni hurmat qilib, huzurlarida adabli o‘tiring. O‘qituvchilaringiz yoningizda o‘tirsalar darhol o‘rningizdan turib, salom berib qarshi oling, buyruqlarini kutib turing. Biror narsa so‘rasalar, yaxshi javob bering. Darsda tushunmagan savollaringizni muloyimlik bilan so‘rang. Maktabni tamom qilganingizdan keyin ham shu hurmatli ustozlaringizni aslo unutmang”3 .
1993-94 o‘quv yilida ham dars va darsliklarni milliylashtirish imkoniyatlarini oshirish ustuvor, izchil davom ettirildi. Respublika o‘quv metodika markazi xalq ta’limi xodimlarining avgust kengashiga tavsiyanomalar yo‘lladi. Fan mutaxassislari tomonidan yo‘l-yo‘riqlar “Fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini qanday rejalashtirish kerak?”, “Qaysi fanlarni o‘qitishda qanday jihozlarga e’tibor berish lozim?” kabi savollarga javob tariqasida tayyorlanib, mustaqillikni mustahkamlovchi, milliy g‘urur, O‘zbekiston Vatanparvarligi va boshqa sifatlarni tarbiyalashga alohida e’tibor erish lozimligi tavsiya qilindi4.
Tadqiqot doirasidagi maktablarda darslar gumanitar fanlarni o‘qitishga, milliy tarbiyaviy vazifalarni belgilash o‘qituvchilarga dastlab qiyin bo‘ldi. Uning ikki sababi bor edi. Birinchidan, ilmiy istiqloliy tarbiya nazariyasi va uslubiyati bilan o‘qituvchilarning qurollantirilmaganligi; ikkinchidan, o‘qituvchilarning tarbiya nazariyasi, ta’lim va tarbiya birligini amalga oshirish bo‘yicha umumpedagogik tayyorgarliklari darajasi pastligi edi. SHu bois o‘qituvchilarning gumanitar ta’limning milliy mazmuni va tarbiya vazifalarini uyg‘unlashtirishiga faol yordam bermoq lozim edi. Mazkur zaruratni qondirish maqsadida o‘zbek maktabi gumanitar ta’lim mazmunidan milliy tarbiyaviy mazmunini asoslash, qayd qilish tamoyili belgilandi. Tamoyilning mohiyati va mazmunini yoritish uchun qo‘llanilgan tushunchalar ichidan milliy tarbiyaviy nuqtai-nazaridan eng ahamiyatlilarini ajratib, tarbiyaviy tus berib, izohlashdan iborat. Asta-sekin o‘qituvchilar ushbu tamoyil asosida mavzularning milliy tarbiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanishning ko‘nikma va malakalariga ega bo‘la bordilar. Milliy tarbiyaning maqsadi, vazifalarda kelib chiqib adabiyot, tarix, musiqa, odobnoma fanlaridagi har bir mavzuni milliy tarbiyaviy tahlil qilish tamoyilini qo‘llash yuzasidan o‘qituvchilarga tavsiyalar berildi. SHu tariqa darsliklarning milliy tarbiyaviy imkoniyatlarini pedagogik tahlil qilish usuli ishlab chiqilib qo‘llanildi. Buni quyidagi namunalarda namoyish qilamiz.
Abdullaeva Q. Alifbe 6 yoshlilar uchun
// Maxsus redaktor K.Qosimova.
/7-nashri. – T.: O‘qituvchi, 1992.-176 b.
MAVZULAR
|
O‘qituvchi milliy tarbiyaviy nuqtai nazaridan nimaga urg‘u berishi kerak: fazilatlar, buyumlar, ma’naviy tushunchalarini uqtirish
|
|
1-22 betlar
|
O‘quvchilarni milliy hayot manzaralari bilan tanishtirish: polizda; chol va sholg‘om; uzum uzish; uy hayvonlari; onaga mehribonlik...
|
|
A a harfi
|
Arra, asal
|
|
O o harfi
|
Ot, olcha
|
|
N n harfi
|
Non, ona, oy, ninachi va chumoli
|
|
I i harfi
|
It, ip
|
|
L l harfi
|
Lola, ilon, laylak
|
|
R r harfi
|
Rubob, tanbur
|
|
B b harfi
|
Bobom, dadam, onam, ukam
|
|
T t harfi
|
Tulki(ayyorlik, rostgo‘ylik)
|
|
E e harfi
|
Ekin, ko‘m-ko‘k, el
|
|
CH ch harfi
|
Yo‘lchi childirma chaldi
|
|
Ng ng
|
Gulsum singlim, uka
|
|
YU yu harfi
|
YUlduzlar (ahillik tushunchasi)
|
|
X x harfi
|
SHahrimiz, O‘zbekiston, milliy bog‘
|
|
‘ ‘ harfi
|
Onalar yashang! “A’lo Vatanga kim bo‘lsa farzand, hamma sizni qilar teng izzat”
|
|
J j harfi
|
Javlon-polvon(badantarbiya, salomatlik)
|
|
S s harfi
|
Ona ip yigiruv sexida ishlaydi... Onaga mehr
|
|
O‘qish bo‘limi
|
|
O‘qishni bildim
|
O‘qish o‘quvchining burchi
|
|
Fazoga yo‘l
|
Vatan uchun bilimli bo‘lish, xizmat qilish
|
|
Alisher bilan bulbul
|
Ajdodlarga hurmat
|
|
SHoir bilan shox
|
Vatanga, millatga xizmat qilish g‘oyasi
|
|
Xikmatlar
|
Birlik
|
|
Xalqa
|
Ajdodlarga hurmat
|
|
Zafar Diyor
|
Ajdodlarga hurmat
|
|
Serquyosh o‘lka
|
O‘zbekiston vatanparvarligi
|
|
CHol bilan bo‘ri
|
Milliy odob, vijdoniylik
|
|
Nima yaxshiyu-nima yomon
|
Milliy odoblilik
|
|
Tramvayda
|
Milliy odoblilik
|
|
Maqollar
|
Milliy odoblilik
|
|
Baxtiyorlar qo‘shig‘i
|
O‘zbekistonlik bolalarning vatanparvarligi
|
|
YUlduzlar qani buvijon
|
O‘zbekiston vatanparvarligi, vijdoniylik
|
|
Qanotli do‘stlarimiz
|
O‘zbekiston vatanparvarligi
|
|
Jahon bolalarining talabi
|
Millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik
|
|
Q.Muhammadiy “Non”
|
O‘zbekiston vatanparvarligi, milliy mafkuraviy onglilik, milliy odoblilik, vijdoniylik
|
|
Q.Muhammadiy “O‘zbekiston”
|
O‘zbekiston vatanparvarligi, milliy mafkuraviy onglilik, milliy g‘ururlik shakllantirish kabi milliy tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga qaratildi
|
|
O‘zbek adabiyoti, 5: Darslik-majmua/ B.Sarimsoqov, T.Xalilov, B, Qurbonboev.-T. “O‘qituvchi”,1993-352b.
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi. M.Burxonov, A.Oripov
|
O‘zbekistonga muhabbat, allomalar, ajdodlar ruhiga hurmat, O‘zbekiston vatanparvarligi, milliy onglilik
|
|
Xalq og‘zaki ijodi
|
ajdodlar ruhiga hurmat, milliy san’atga qiziqish, vijdoniylik
|
|
Maqollar
|
milliy odob, O‘zbekiston vatanparvarligi, ajdodlar ruhiga hurmat
|
|
To‘maris
|
Ajdodlar tarixiga, ma’naviyatiga hurmat, millat tarixiga qiziqish, vatanparvarlik
|
|
SHiroq
|
ajdodlar ruhiga hurmat, milliy g‘urur, fidoiylik
|
|
Asotirlar
|
Millat tarixini bilish, milliy madaniyatga hurmat, ahillik
|
|
Xayvonlar haqida
|
milliy madaniyatga hurmat, millatlararo muloqot madaniyati
|
|
Afsonaviy ertaklar. Latifalar
|
Ajdodlar tarixiga hurmat, vatanparvarlik, milliy madaniyat, tarixga hurmat
|
|
Mahmud Qoshg‘ariy
|
Ajdodlar ruhiga hurmat, millat tarixini bilish, milliy odoblilik
|
|
Ahmad YAssaviy
|
Ajdodlar tarixiga hurmat, e’tiqodilik, milliy mafkuraviy onglilik
|
|
Rabg‘uziy “Nuh payg‘ambar kema safari hikoyati”
|
Ajdodlar tarixiga hurmat, e’tiqodilik, millat tarixini bilish, jonivorlarga shafqat
|
|
Xoji
|
E’tiqod, donishmandlik
|
|
Abdulla Avloniy
|
Milliy g‘urur, ajdodlar ruhiga hurmat, topqirlik, farosatlilik, jaholatga qarshi turish
|
|
Xamza Hakimzoda Niyoziy
|
Millat tarixiga qiziqish, milliy madaniyatga bilimga intilish
|
|
CHo‘lpon
|
Milliy g‘urur, ajdodlar ruhiga hurmat, O‘zbekiston vatanparvarligi, zamonaviylik
|
|
Abdulla Qahhor
|
Ajdodlar tarixiga hurmat, hamdardlik
|
|
Mirtemir
|
Millat tarixiga qiziqish, tabiatsevarlik
|
|
Usmon Nosir
|
ajdodlar ruhiga hurmat, milliy madaniyatga qiziqish, O‘zbekiston vatanparvarligi, milliy g‘urur
|
|
Hamid Olimjon
|
O‘zbekiston vatanparvarligi, tabiat sevarlik
|
|
/ofur /ulom
|
O‘zbekiston vatanparvarligi
|
|
Asqad Muxtor
|
O‘zbekiston vatanparvarligi
|
|
Erkin Vohidov
|
O‘zbekiston vatanparvarligi, milliy odob, qarindoshlarga izzatlilik
|
|
Abdulla Oripov
|
O‘zbekiston vatanparvarligi, ajdodlar ruhiga hurmat, millat tarixiga qiziqish
|
|
O‘tkir Hoshimov
|
Ota-onaga mehrlilik, milliy odob
|
|
Xudoyberdi To‘xtaboev
|
Ota-onaga mehrlilik
|
|
SHukurxon Xolmirzaev
|
Ota-onaga mehrlilik, tabiat sevarlik
|
|
Alisher Navoiy
|
Ajdodlar ruhiga hurmat, vatanparvarlik, vijdoniylik, milliy odoblilik
|
|
Kaykovus
|
Ajdodlar ruhiga hurmat, ota-onaga mehrlilik
|
|
Berdaq
|
O‘zbekiston vatanparvarligi, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik
|
|
Vatan adabiyoti: 9-sinf uchun darslik-xrestomatiya / Tuzuvchilar: N. Karimov, O.Madaev, A.Fazlitdinov, SH.Ro‘zaev. – T.: O‘qituvchi, 1993-256 b.
|
|
Alpomish
|
Xalqni, millatni birlashtirish g‘oyasi, Baxillilik. Saxiylik. 10000 uyli Qo‘ng‘irot eli. “Zakot”, “el” tushunchasi; aka-ukalik, xalqparvarlik, 16 urug‘ Qung‘irot eli; diyonat, milliy g‘urur, sha’n, milliy tarixi; O‘zbekiston vatanparvarligi, fidoyilik, sadoqat, vijdoniylik,
|
|
XIV-XVI asrlar adabiyoti
Alisher Navoiy
|
Xalqparvarlik, tilga hurmat, rostgo‘ylik, shumlik, muloyimlik, xushfe’llik, yoqimtoylik, yolg‘onchilik, vijdoniylik
|
|
XIV-XVIII asrlar adabiyoti:
Maxmur
|
Ijobiy va salbiy sifatlar sharxi: “poraxo‘r” qozilar: laganbardorlik, vijdoniylik
|
|
XIX asrlarning ikkinchi yarmi va XX asr boshlari adabiyoti:
Muqimiy, Furqat
|
Hukmron tabaqalar qonun-qoidalaridan norozilik: to‘y, xatmi. Qur’on: baxillik:ochko‘zlik, munofiqlik, jadidlik
|
|
Zavqiy
|
Milliy g‘urur, sha’n, zamonaviylik
|
|
Avaz O‘tar
|
Himmatlilik, saxiylik, olijanoblik, xolis yaxshilik, shirin so‘zlilik
|
|
Hamza
|
Vatanparvarlik, millatparvarlik, bid’at, jaholat, jadidlik, qadimiychilik, zamonaviylik. Milliy madaniyatga hurmat, milliy mustaqillik, milliy she’rlar, milliy g‘urur, madaniy qadriyat, millat, mustamlakachilik, zamonaviy vatanparvarlik, Turkiston, milliy ruhsizlik, milliy jaholat
|
|
Komil YAshin
|
Diyonat, “siz” lamoq, mahalliychilik, o‘zbek madaniyati
|
|
Erkin Vohidov
|
Ajdodlarga hurmat; ota-onaga mehrlilik,
|
|
Zulfiya
|
Millatlararo muloqot madaniyati, do‘stlik
|
|
Abdulla Qahhor
|
qarindoshlarga mehrlilik, mahallichilik
|
|
O‘tmishdan ertaklar
|
Milliy odobga zid xollar; shavqatsizlik
|
|
Hur qiz
|
“1917 yil o‘zgarishi..”, erkin hayot, zulm, jaholat
|
|
Pirimqul Qodirov
|
YUlg‘ichlik, diyonat, halollik, manftparastlik, xushomadgo‘ylik, “ eski-yangilik”, qoloqlik, tarqoqlik tushunchalari
|
|
Abdulla Oripov
|
Hasadgo‘ylik, qora yuraklik, olchoqlik, ig‘vo, tuhmat, gunoh, befarqlik, ota-onaga mehrlilik, xudbinlik, vijdonlilik, milliy odob
|
|
“Jannat yo‘li” dostoni
|
O‘zbekiston vatanparvarligi, vatan tarixiga hurmat, ajdodlarga hurmat, milliy madaniyatga hurmat, istiqlol, milliy mafkuraviy onglilik
|
|
Odil YOqubov
|
Milliy zamonaviylik, hayo, odob, jismoniy va ma’naviy go‘zallik, halollik, pokizalik, milliy odob
|
|
Mirmuhsin
“Me’mor”
|
Milliy madaniyatga hurmat, urf-odatlarga hurmat, milliy g‘urur, halollik, ishbilarmonlik, xiyonatkorlik, razillik, vijdoniylik
|
|
Muxtor Avezov
|
Millatlararo muloqot madaniyati, turkiy xalqlarga hurmat, milliy g‘urur
|
|
Rabindranat Tagor
|
Vatanparvarlik, ma’rifatlilik, manfaatparastlik, O‘zbekistonga do‘st mamlakatlarga birodarlik hissi, milliy zamonaviylik, qadimiychilik, “ovrupolashgan bengal ziyolilari”, ovrupolashuv, g‘arbiylik, xind ayollariga xos mustahkam iroda, pokiza axloq, chidam, matonatlilik tavsifi
|
|
|
|
Har bir fazilatni shakllantirishning asosiy shartlaridan biri - dastlab ana shu fazilat, sifat haqida o‘qituvchilarda, keyin o‘quvchilarda tushuncha, bilimning mavjudligiga bog‘liq. Aks holda bu fazilat shaxs xulq-atvorida namoyon bo‘lmaydi, namoyon bo‘lsa-da, anglanmaganligi tufayli o‘tkinchi xarakterga ega bo‘lib qoladi. Ikkinchidan, fazilat, sifat haqida tushuncha, bilimning tarbiyalanuvchi ongidagi darajasini qayd qilish lozim. CHunki biz ko‘rsatayotgan tarbiyaviy ta’sir, milliy ta’lim mazmuni o‘quvchilar tomonidan qanday va qay darajada qabul qilinayotganligi, bu ishda nimalar takomillashtirilishi va nimalar tuzatilishi kerakligi aniqlanadi. Darhaqiqat, shaxsning har bir sifati, shu sifatning tarkibiy qismlari bo‘lmish intellektual, emotsional- irodaviy va amaliy faoliyatning shakllanganligiga va ular orasidagi uyg‘unlikka bog‘liq. SHu tufayli milliy tarbiyalanganlikning har bir fazilati qanday rivojlanganligini aniqlashda dastlab o‘quvchining o‘z yoshiga mos ravishda mazkur fazilat haqidagi tasavvurlari, tushunchalari, bilimlari o‘rganildi. Uchinchidan bu - Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta’lim mazmunini milliylashtirish choralarining qanday samara berayotganligini o‘rganish va takomillashtirish lozim bo‘lgan yangi qirralarini belgilash imkonini berdi.
Ana shu qarashlardan kelib chiqqan holda o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilariga ularning yosh, zakovat xususiyatlaridan kelib chiqib, ishlab chiqilgan mezonlar va sinf rahbarlarining kuzatishlariga (pedagogik konsilium a’zosi sifatida) asoslangan holda milliy tarbiyaning asosiy tushunchalarini sharhlab berish taklif qilindi. O‘quvchilarning javoblarini tahlili qilish uchun ularga qo‘yidagi so‘rov varaqasi tarqatildi.
S O‘ R O V V A R A Q A S I
Muhtaram o‘quvchi! Quyidagi so‘zlar, iboralarning ma’nosini siz qanday tushunasiz? Marhamat qilib quyidagi gaplarni o‘z fikringiz bilan davom ettirib, tugatsangiz:
Milliy g‘urur bu - . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
O‘zbekiston vatanparvari deb shunday kishini aytish mumkin-ki, u . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
Vijdoniylik bu - . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
Millatlararo muloqot madaniyati bu - . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
Milliy odob bu - . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
Milliy mafkuraviy bu - . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
O‘quvchilarning javoblari quyidagicha baholandi: so‘z, ibora ma’nosini to‘liq, chuqur ochib berilsa – 3: qisman ochilsa – 2: va to‘g‘ri javob bersa, yoki javob bera olmasa –1 ball bilan belgilandi. U yoki bu tushunchaga qo‘yilgan ballar jamlanib, yig‘indi javoblar sinfga bo‘lindi. SHunday qilib, o‘quvchilarning milliy istiqloliy tushunchalarni qanday tushunganliklari aniqlandi. Nihoyat, olingan o‘rtacha ballarning umumiy reytingi tuzildi (9-jadval).
9- jadval. O‘quvchilarning milliy tarbiyaviy fazilatlarni tushunish darajalari va ularning reytingi ( uch balli tizimda)
O‘rni 1 Tushuncha, ibora. . . . . . . . . . . . . . . . . . . ball.
1. Milliy odob 2.1
2. O‘zbekiston vatanparvarligi 1.94
3. Millatlararo muloqot madaniyati 1.85
4. Milliy g‘urur 0.83
5. Vijdoniylik 0.89
6. Milliy mafkuraviy onglilik 0.51
Ko‘rinib turganidek, o‘quvchilarda milliy tarbiyaviy fazilatlar haqidagi umumiy tushunchalar darajasi dastlab juda past edi. Mavjud tasavvurlar ham tor, o‘zaro bog‘lanmagan, hayotiy mustahkamlanmagan edi. Bu esa har bir o‘quvchi darajasida, har bir sinf miqyosida milliy mafkuraviy onglilik, ijtimoiy ong, fikr, xulosa, baho, munosabat, xatti-harakatning faol namoyon bo‘lishini ta’minlay olmas edi. CHunki javoblarda umumta’lim maktab o‘quvchilarining O‘zbekiston millat oldidagi burchlari, ajdodlarga hurmatini namoyon qilish muayyan tarzlari ishga tushirilmagan edi. Bunga oydinlik kiritish uchun o‘quvchilardan olingan ayrim xarakterli javoblarni keltiramiz: Vatanparvarlik tushunchasini so‘ralgan o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilarining 43,3 foizi “vatanga muhabbat”, “tug‘ilgan joyini sevish”, “ota-onaga muhabbat”, “bag‘rikenglik” kabi ma’nolarda tushunishlari aniqlandi. 30,8 foizi esa vatanga xizmat qilish, uni kuylash, madh qilish, himoya qilish deya talqin qilishdi. O‘quvchilarning 8,8 foizi esa “vatanparvarlik – bu mamlakatda amalga oshirilayotgan mustaqillikni mustahkamlashga o‘z xissasini qo‘shmoq, vatan oldidagi qiyinchiliklarini hal qilishda hozirjavoblik, mehnatsevarlik bilan qatnashish ekanligini bildirdilar. O‘quvchilarning 13,2 foizi bu savolga javob berisha olmadi.
“Millatlararo muloqot madaniyati” o‘quvchilarda turlicha javoblarni yuzaga keltirdi: so‘ralganlarning 2,8 foizi bu tushunchani “boshqa xalqlar tarixi, madaniyatini bilish” deb atagan bo‘lsalar, 35,1 foizi – odamlar orasidagi do‘stlik, birlik, birodarlik deb atadilar. O‘quvchilarning 19,4 foizi bu tushunchani baynalmilal jangchilarga hurmat, 11,7 foizi esa xalqlar orasidagi hamkorlik deya talqin qildilar. 15,5 foiz o‘quvchilar “turli mamlakatlar bolalarining bir-biriga xat yozishlari, bir-birlari bilan uchrashib turishlari” degan javobni bergan bo‘lsalar, 15,4 foiz o‘quvchilar bu iborani sharhlay olmadilar.
O‘quvchilarning “milliy g‘urur, milliy istiqlol mafkurasi, vijdoniylik”ni tushunishlarida hali mavhumlik hukmron edi. CHunki 70 yildan ortiq davom etgan sovet tarbiya tizimida “vijdon” tushunchasi o‘rganilmagan, tarbiya predmetiga aylanmagan, kundalik pedagogik lug‘atda faol ishlatilmas edi. Milliy istiqlol mafkuraviy ongi esa endigina shakllanayotgan, uning pedagogik asoslari hali ishga tushirilmagan edi.
“Milliy g‘urur” esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri “millatchilik” deya tushuntirilib, unga qarshi munosabat hosil qilingan edi. Bu o‘quvchilarga berilgan “millatchilik nima?” savolga olingan javoblarda ham aks etdi. Masalan, “Magazin, avtobuslarda o‘zbekcha gapirish – millatchilik deb o‘ylayman”(Ravshan I.) “Men o‘zimni millatchi deb hisoblayman, chunki o‘z xalqimdan faxrlanaman (Iroda Q.), “millatchilik bu – o‘z millatini himoya qilish. Men millatchilikni yomon ko‘raman” (Erkin T.) va h.k. O‘quvchilarning bir qismi millatchilikning asl mohiyati, bir millatni ikkinchi millatga qarshi qo‘yish, o‘z millatini ulug‘lab boshqalarni pastga urish ekanligini to‘g‘ri bayon qilishdi.
Ommaviy tajribani o‘rganish 11 foiz darslarda milliy tarbiyaning maqsadi rejalashtirib amalga oshirilganligi ko‘rsatilgan edi. O‘qituvchilarga yuqorida bayon qilingan uslubiy yordam tizimi ko‘rsatilgach, tadqiqot amalga oshirilgan maktablar gumanitar fanlar bo‘yicha dars, mavzu oldiga muayyan milliy tarbiyalanganlik darajasidagi umumiy ko‘rsatkichni ko‘tarish sari qo‘yilgan jiddiy va samarali ta’limiy qadam bo‘ldi. Ilmiy-amaliy tadqiqot oxirida olingan natijalarni qiyoslash o‘quvchilarning “milliy odob” haqidagi tasavvurlari 2.1 dan 2.9 ga, O‘zbekiston vatanparvarligi haqidagi tasavvurlari 1.94 dan 2.5 ga; millatlararo muloqot madaniyati haqidagi bilimlari 1.85 dan 2.6 ga; milliy g‘urur haqidagi tushunchalari 1.83 dan 2.8 ga, vijdoniylik haqidagi tushunchalari 0.89 dan 1.97 ga; milliy mafkuraviy onglilik haqidagi anglash ko‘rsatkichlari 0.51 dan 2.2 ga oshganligi qayd qilindi.
Albatta bu choralar – milliy tarbiyaviy tushunchalarni shakllantirish, o‘quvchilarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashning muhim bir qismi edi, xolos. CHunki Al Xorazmiy ta’biri bilan aytganda “So‘z – gul, ish – mevadir”. YA’ni milliy tarbiyaviy tushunchalarning puxta egallanganlik hali ushbu fazilatlarning o‘quvchilarda shakllanganligining kafolatini bera olmas edi. O‘quvchilarda bu fazilatlarning namoyon bo‘lishi (mevaga aylanishi uchun) milliy tarbiyaviy faoliyat turlari, shakllari, uslublari to‘liq ishga tushirilishi kerak edi.
Dostları ilə paylaş: |