Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə15/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

Ballast qatlami


Ballast qatlamining asosiy vazifasi shpalalardan tushadigan kuchni er polotnosining asosiy maydonchasiga bir tekis tarqatish, shpalalarning vertikal va gorizontal kuchlar ta’siriga chidamliligini ta’minlash, iz osti zaminining elastikligini ta’minlash, hamda rels-shpala panjarasini profilda rostlash va undan ustki suvlarni qochirishdan iborat.
Ballast qatlami o’zida suv ushlamasligi, asosiy maydonchani ortiqcha namlanishdan saqlashi kerak. Ballast materiali mustahqam, elastik, bosimga va atmosfera ta’siriga chidamli, hamda arzon bo’lishi kerak. Ballast zichlanishda maydalanib ketmasligi, poezd o’tganda changimasligi, shamol uchirmasligi, suv bilan yuvilmasligi va o’t o’smasligi kerak. Ballast sifatida sochiluvchan, suvni yaxshi o’tkazadigan materiallar: shcheben (chaqiq tosh), shag’al, yirik qum, asbest chiqindilari va chig’anoq ishlatilishi mumkin. Eng yaxshi material sifatida tabiiy toshlarni parchalab tayerlangan shcheben va shag’al tosh ishlatiladi. Temir yo’llarda qo’llaniladigan shcheben 2 xil o’lchamda: 25 dan 60 mm gacha va 25 dan 50 mm gacha kattalikdagi parchalangan tosh bo’laklaridan tashkil topadi. Strategiya yo’llari uchun va qurilish maqsadlarida bo’laklari 5 dan 25 mm gacha bo’lgan mayda shcheben ishlatiladi. Shcheben materiali suvni yaxshi o’tkazadi, qish sharoitlarida muzlab yopishmaydi, yo’lning bo’ylama kuchlariga qarshiligini qumlik ballastga nisbatan 1,5 barobar va vertikal kuchlarga nisbatan 2 barobar oshiradi, ishlash muddati katta. Ammo shcheben temir yo’l bo’ylab tashiladigan sochiluvchan yuklar (ko’mir, torf, ruda) ta’sirida tez ifloslanadi. Og’irlik kuchlari ta’siridan shcheben bo’laklarining er polotnosiga o’yilib kirishi va ifloslanishining oldini olish uchun va tejamkorlik maqsadida uning ostiga qumli qavat to’shaladi.

Rasm 2.14. Ikki yo’llik liniyalarda bosh yo’llar ballast prizmasining ko’ndalang kesimi: 1-shcheben; 2-qum.

Oddiy tosh va tosh - qumli ballastlar tabiiy sharoitlarda qatlamlangan bo’lib, suv o’zanlaridan olinadi. Bunday ballast arzon, kam ifloslanadi, ammo bosimga chidamliligi kamroq, suvni yomon o’tkazadi va qishda muzlab yopishib qolishi mumkin.


Ballast qatlami yo’lga prizma shaklida to’shaladi va odatda yon tomonlari 1:1,5 nisbatda yotqiziladi. Ustki qismining kengligi belgilangan meyorlar asosida olinadi. (jadv 2.2)
Jadval 2.2.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin