Strelkali o’tkazgichlarning asosiy o’lchamlari
Rels turi
|
Krestovina markasi
|
Krestovina burchagi
|
Asosiy o’lchamlar
|
a
|
b
|
R65
|
1G’22
|
2o35’50’’
|
31,86
|
39,26
|
P65, P50
|
1G’18
|
3o10’12,5’’
|
25,56
|
31,96
|
P65*
|
1G’11
|
5o11’40’’
|
14,06
|
20,42
|
P65
|
1G’11
|
5o11’40’’
|
14,02
|
19,35
|
P50, P43
|
1G’11
|
5o11’40’’
|
14,43
|
19,10
|
P65
|
1G’9
|
6o20’25’’
|
15,19
|
15,85
|
P50, P43
|
1G’9
|
6o20’25’’
|
15,42
|
15,64
|
P50
|
1G’6 sim
|
9027’45’’
|
6,93
|
10,61
|
* - 160 kmG’s gacha tezliklar uchun relslar nishabligi bilan.
Chizmaga strelkali o’tkazkichni ko’chirish quyidagicha bajariladi: o’tkazgich markazidan belgilangan masshtabda to’g’ri yo’l o’qi bo’ylab krestovina markasining maxraj raqamiga teng birlik o’lchab qo’yiladi va ushbu uzunlik oxirida yo’l o’qiga perpendikulyar bir birlik (markaning surat raqamiga teng) o’lchab qo’yiladi; shundan so’ng olingan nuqtani o’tkazgich markazi bilan birlashtiriladi.
Strelkali o’tkazgichlar band qiladigan yo’llar uzunligini qisqartirish, hamda strelkalarga qarab turishni engillashtirish maqsadlarida ularni ixcham joylashtirishga harakat qilinadi.
2.29-rasmda strelkali o’tkazgichlarning yondosh joylashuv chizmalari ko’rsatilgan, hamda strelkali o’tkazgich markazlari orasidagi masofalarni hisoblash formulalari keltirilgan. O’tkazgichlar orasidagi to’g’ri qo’yma qiymati 1,2 va 3 chizmalarda harakat tezligi, yo’lning vazifasi va joylashgan o’rniga qarab harakat tarkibining o’tishini hisobga olib topiladi. Ushbu qiymat miqdori 4,5 dan 25 metrgacha olinadi. 4 va 5 chizmalarda qo’yma yo’l oralig’i (e) qiymatiga qarab quyidagi formulalar bilan topiladi:
4 – chizma uchun: va
5 – chizma uchun .
Rasm 2.29. Strelkali o’tkazgichlarning yondosh joylashuv chizmasi
S’ezdlar, berk (to’mtoq) kesishuvlar, strelkali ko’chalar
Yo’llarni ulash uchun boshqa, keng tarqalgan qurilmalardan biri strelkali s’ezdlardir. Birlashtiriluvchi yo’llarda joylashuviga qarab s’ezdlar oddiy, chorraxasimon va qisqartirilgan bo’lishi mumkin.
Oddiy s’ezd ikki oddiy yakka strelkali o’tkazgichlar va ikki krestovina o’zagi oralig’ida qo’yiladigan birlashtiruvchi yo’l f dan iborat bo’ladi.
Rasm 2.30. Oddiy s’ezd
S’ezddagi strelkali o’tkazgichlar markazlarining koordinatlarini topish uchun OO1 chizig’i yo’l o’qiga (KL) va unga perpendikulyar chiziqqa (yo’l oralig’iga) proektsiyalanadi:
; .
Oxirgi tenglamadan to’g’ri qo’yma uzunligi hisoblanadi
.
S’ezd to’liq uzunligining proektsiyasi
.
Chorrahasimon, yoki qo’sh s’ezd (rasm 2.31) ikki oddiy s’ezdlarning kesishuvidan iborat bo’lib to’rt strelkali o’tkazgich va krestovina o’zaklari oralig’idagi to’mtoq (berk) kesishmadan tashkil topadi. Bunday s’ezdlar ikki ketma-ket joylashgan oddiy s’ezdlar uchun etarlicha uzunlikda joy bo’lmagan tanqis sharoitlarda qo’llanadi.
Rasm 2.31. Chorraxasimon s’ezd
qisqartirilgan s’ezdlar bir-biridan uzoqda katta oraliqda joylashgan yo’llar ulanishining umumiy uzunligini qisqartirish maqsadida qo’llanadi.
Chorraxasimon s’ezdlar qurilishida, hamda yo’llarning, harakat tarkibini bir yo’ldan boshqasiga o’tkazmasdan kesishuv joylarida berk turdagi kesishmalar quriladi. Ular to’g’ri va o’tkir burchak ostida bajarilishi mumkin. Magistral temir yo’llarda asosan 1G’9 va 1G’11 krestovina markali o’tkir burchakli to’mtoq kesishmalar qo’llanadi. Ushbu kesishmalar kontrrelsli ikki o’tkir va ikki o’tmas burchakli to’rt krestovinalardan iborat (rasm 2.32). To’g’ri burchakli kesishmalarda barcha krestovinalar bir xil bo’ladi.
Rasm 2.32. Yo’llarning o’tkazgichsiz kesishuvi (to’mtoq kesishuvlar)
Dostları ilə paylaş: |