Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi


Bekat yo’llariga chegara qoziqchalari va signallar qo’yish



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə29/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

3.5. Bekat yo’llariga chegara qoziqchalari va signallar qo’yish
Harakat tarkibini yondosh yo’llarda xavfsiz joylashtirish uchun chegara qoziqchalari qo’yiladi. Chegara qoziqchalari strelkali o’tkazgichning krestovina tomonidan yo’l oralig’i 4,10 m ga teng bo’lgan joyida o’rtaga qo’yiladi. Agar yo’llar burilish joyida bo’lsa chegara qozikchalari qo’yiladigan joy maxsus hisoblar orqali topiladi. Strelkali o’tkazgichning markazidan chegara qoziqchasigacha bo’lgan masofa krestovina markaziga, hamda burilish radiusiga bog’liq bo’ladi. 3.5 rasmda chegara qoziqchalarining qo’yilishi va hisoblash formulalari ko’rsatilgan.
Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida va manevr harakatini boshqarish maqsadida raz’ezd, quvib o’tish punkti, hamda barcha bekatlarda quyidagi maxsus signallar o’rnatiladi: kirish, o’tkazuvchi, yo’nalish (marshrut), chiqish, ogohlantruvchi va boshqa signallar. Signallar harakat yo’nalishi bo’yicha yo’lning o’ng tomonida yoki tepa tomonidan o’rnatiladi. Chiqish signallarining o’rnatish joyini topishda, chegara qoziqchalarini topishdagi hisoblar tartibi qo’llaniladi. Kirish va chiqish signallarining strelkali o’tkazgichlar markazi va chegara qoziqchalariga nisbatan joylashishi 16a va 16b rasmda ko’rsatilgan.

Rasm 3.5. Chegara qoziqchasini qo’yish chizmasi

Bu erda
Δ- yo’lning burilish joylarida gabarit masofasining kengayishi;


a- tarqaluvchi yo’llar to’g’ri bo’lgan holat;
b- tarqaluvchi yo’llarning birida burilish bo’lgan holat;
l0- strelkali o’tkazgich markazidan chegara qozig’igacha bo’lgan masofaning proektsiyasi;
R- to’g’ri yo’l bo’ylab yo’l o’qidan chegara qoziqchasigacha bo’lgan masofa;
RqΔ - shu masofaning burilish joyidagi qiymati.


3.6. Yo’lning to’liq va foydali uzunligi


Ajratish punktlaridagi yo’llar to’liq va foydali uzunlik bilan tavsiflanadi .O’tkinchi yo’lning to’liq uzunligi shu yo’lni chegaralovchi strelkali o’tkazgichlarning yo’naltirgichlari (ayrilari) orasidagi masofa bilan belgilanadi (3.6 rasm). Yo’lning to’liq uzunligi qurilish maqsadlarida yo’l ustki qismi tarkiblarini hisoblashda qo’llaniladi .Yo’lning foydali uzunligi to’liq uzunligining tarkibiy qismi bo’lib , foydali uzunlik chegarasida harakat tarkibi qo’shni yo’llardagi harakatga xalaqit bermaydigan bo’lib joylashadi.Ushbu uzunlik chegara qoziqchalari, chiqish yoki manevr signallari, yohud strelkali o’tkazgichlar (rasm 3.6,a) yoki tirgaklar (rasm 3.6, b) bilan chegaralanishi mumkin.

Rasm 3.6. Bekatlarda signallar qo’yish va yo’llarning foydali uzunligini topish


Foydali uzunlik bo’yicha bekat yo’llarining sig’imi hisoblanadi .Bir yo’lda joylashishi mumkin bo’lgan vagonlar soni quyidagicha topiladi.
vagon;
bu erda
lfoy-yo’lning foydali uzunligi;
lp- yo’lning lokomotiv band qiladigan uzunligi, m;
lv-vagon uzunligi , m;
O’tish, bog’lash, tortish va ekipirovka yo’llarining, hamda ehtiyot berk yo’llarining hajmi hisoblanmaydi.
3.7. Bekatlarning asosiy qurilmalari


Yuk poezdlarini o’tkazish va ishlov berish uchun, hamda yo’lovchi poezdlariga xizmat ko’rsatish uchun bekatlarda yo’l tarmoqlari, saralash qurilmasi, yuk hovlisi, lokomotiv va vagon xo’jaligi va boshqalar mavjud bo’ladi.
Yo’llar poezdlarni qabul qilish va jo’natish uchun, vagonlarni poezd tarkibiga yig’ish uchun, manevr harakatlari va boshqa ishlar uchun xizmat qiladi.
Ma’lum bir jarayonlar uchun mo’ljallangan yo’llar maxsuslashtirilagan yo’l guruhlari-parklarga birlashtiriladi (qabul-jo’natish, saralash, texnik va shu kabi parklar).
Geometrik tuzilishi bo’yicha parklar trapetsoid ,parallelogramm va «baliqcha» (3.7 rasm) shaklida bo’ladi.

Rasm 3.7. Parklar shakli


Aksariyat hollarda qabul-jo’natish parklari va ayrim boshqa parklar ham 3-4 yo’lni birlashtirgan trapetsiya yoki trapetsoid ko’rinishda loyihalanadi . Parklardagi yo’llar soni ko’p bo’lsa ularning foydali uzunliklari orasidagi farq kattalashib ketadi .
Lokomotivlar va yo’lovchi vagonlar turadigan parklar yo’llar uzunligi bir xil bo’lgan (chekka yo’llardan tashqari) parallelogramm shaklida loyihalanadi.
Qabul-jo’natish va boshqa ko’plab parklar asosiy yo’lda simmetrik joylashgan trapetsiya yoki trapetsoidlardan tashkil topgan «baliqcha» shaklida loyihalanadi.
Saralash yo’llarini qurishda har xil shakllardan tashkil topgan kambinirlashgan parklar loyihalanadi.
Poezdlarni tarqatish va qayta tuzish uchun saralash vositalari quriladi. Ular oddiy tortish yo’li yoki saralash tepaligidan iborat bo’lishi mumkin. Yuk hovlisi-bu omborxonalar va yo’l tarmoqlari joylashgan hudud.
Lokomotiv xo’jaligi har xil inshootlar va qurilmalar bilan jihozlangan bo’lib, lokomotivlarni ta’mirlash va ekipirovka ishlarini bajaradi.
Vagon xo’jaligi vagonlarni texnik ko’rikdan o’tkazish va ta’mirlash ishlarini bajaradi.
Yo’lovchilarga xizmat qilish uchun maxsus yo’lovchi binolari, platformalari va boshqa inshootlar quriladi.
Bulardan tashqari bekatlarda tez buziluvchan yuklarni tashish xizmatlari va temir yo’l xizmat bo’linmalarining xo’jaliklari: yo’l, inshoot, aloqa, suv ta’minoti, yuk, kanalizatsiya, elektr ta’minoti, yoritish, avtomatika va telemexanika hamda, ma’muriy-texnik binolar joylashadi.

3.8. Bekat ishining texnologik jarayoni haqida tushuncha.




Bekatning texnologik jarayoni deb poezdlar tarkibi va vagonlar bilan ishlash, ularni tarqatish, qayta tuzish, yig’ish, manevr va mahalliy ishlarni bajarish tartiblari bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni ilg’or, ilmiy asoslangan uslublarda tashkil qilish tizimiga aytiladi.
Bekatning texnologik jarayonini tuzishda quyidagi tamoyillarga rioya qilinishi kerak:
ilg’or jarayonlarni o’rganib umumlashtirish va texnologiyaning barcha bo’g’inlariga ulash;
zamonaviy texnikani qo’llash (avtomatika, teleboshqaruv, kompyuterlashtirish) va bekatdagi barcha jarayonlarni mexanizatsiyalash;
bekatning barcha parklari va tsexlarida uzviy davomiylikni saqlagan holda jarayonlarni uyg’unlashtirish va parallel bajarish;
ish jarayonida parklarning o’zaro hamkorligini ta’minlash va harakat jadvali bilan bog’lash, ya’ni bekatning barcha bo’g’inlarida zaruriy texnologik jadallikni ta’minlash;
bekat ishining lokomotiv va vagon xo’jaligi texnologiyasining hamkorligi va bir bo’tunligini ta’minlash, hamda bekat va korxona tortish yo’llariga xizmat qilishni yagona texnologik jarayon asosida tashkil qilish;
bekat texnologiyasini muntazam takomillashtirish, uning ishida tejamkorlikni ta’minlash va tannarhini kamaytirish;
ishlab chiqarish unumdorligini oshirish va uning sharoitlarini yaxshilash.
Saralash va uchastka bekatlarining texnologik jarayonlari avval alohida park va tsexlarga tuzilib keyin bekat uchun umumiy tuziladi.
Ikki tomonli saralash bekatlarida texnologik jarayon har bir saralash tizimi uchun alohida tuziladi.

4 bob. Ajratish punktlarida er polotnosi va yo’lning ustki qurilishini loyihalashning texnik me’yorlari


4.1. Asosiy me’yoriy holatlar


Yo’l tarmoqlari bo’lgan ajratish punktlarini loyihalashda qurilish me’yorlari va loyihalash qoidalari, temir yo’llarda bekat va tugunlarni loyihalashga qo’yiladigan talablarni belgilovchi texnik shartlar, ko’rsatmalar va yo’riqnomalardan foydalaniladi .


Sanoat korxonalarining ichki boshobcha yo’llarini loyihalashda sanoat trasportini loyihalash tartib va qoidalariga rioya etiladi. Bekat va tugunlar ular joylashgan temir yo’l darajasiga qarab mos me’yorlar bo’yicha loyihalanadi.
10-yil ishlatish – saralash vositalari (tortish yo’llari, saralash bekatsidagi saralash tepaligi), bekatlardagi yangidan qo’yilayotgan qabul-jo’natish yo’llarining foydali uzunligi, yo’lovchi binosi sig’imi, depolarda stoylalar va yuk ko’tarish vositalarining gabarit o’lchamlari;
5-yil foydalanish –bekatlarda saralash vositalari (saralash bekatsi bundan mustasno), stantsyalarda yo’llar soni, tugunlarda kelish yo’llarining echimlari ,echiladigan ajratish punktlari soni, er polotnosining kengligi, yo’l ustki tuzilishining turi, depoda stoylalar soni , ustaxona binolari hajmi, aloqa turlari, aloqa kabel liniyalari va kanallar soni, elektr bekatlari asosiy jihozlarining quvvati , ekipirovka (ta’minot) qurilmalari, suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlari, telefon, telegraf bekatlari va aloqa apparat zallari sig’imlari, turar joy va maishiy–madaniy qurilishlar hajmi;
2-yil foydalanish-bekatlarda yuk maydonchalari, omborxona qurilmalari va boshqalar.
Bekatlarda odatda har xil xizmat sohasida 1 -toifali texnologik qurilmalar va inshootlarni birlashtirish kerak.
Lokomotiv brigadalarining xizmat uchastkalari doirasidagi barcha temir yo’llarda, raz’ezdlar, quvib o’tish punktlari, oraliq va uchastka bekatlarini imkon qadar bir turda loyihalash tavsiya etiladi.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin