3.4. Strelkali ko’chalar
Parallel yo’llarga olib boruvchi ketma-ket joylashgan strelkali o’tkazgichli yo’llar strelkali ko’cha deb ataladi. Bunday ko’cha harakat tarkibini birlashtiriluvchi yo’llarning har biriga o’tkazish imkonini beradi. Odatda strelkali ko’cha bir xil vazifali yo’llarni park deb ataluvchi guruhga birlashtiradi. Asosiy yo’lga nisbatan joylashuvi va og’ish burchagiga qarab strelkali ko’chalar har xil ko’rinishli bo’ladi.
3.3 rasmda asosiy yo’lga krestovina burchagi α ostida joylashgan strelkali ko’cha tasvirlangan bo’lib, ular kam yo’lli parklarda qo’llanadi. Burilish burchagi cho’qqisi S nuqta koordinatalarini uning asosiy elementlarini gorizontal va vertikal o’qlarga proektsiyalab topiladi:
.
bu erda e- yo’l o’qlari orasidagi masofa.
Rasm 3.3. Strelkali ko’chaning o’q chiziqli chizmasi
Ulanishning to’liq uzunligi LqaQxQT.
Bunday ulanishlar uzunligi bir yo’lning ikkinchi yo’lga nisbatan og’ish burchagini e’tiborga olgan holda maxsus xisoblar yordamida topiladi. Strelkali ko’chalar tuzilishi bo’yicha quyidagi turlarga bo’linadi: krestovina burchagi ostida (qisqartirilmagan), strelkali o’tkazgichlarning asosiy va yon yo’lda joylashgan xillari. Bunday ulanish yaxshi ko’rinish va xizmat qulayliklarini ta’minlaydi, yo’llarni trapetsiya, trapetsoid va parallelogramm ko’rinishlarida ulash imkonini beradi. og’ish burchagi ostida qisqartirilgan ko’chalar, strelkali o’tkazgichning krestovina burchagi ostida bo’lishi mumkin. Ular bekat maydonining etishmovchiligida, manevr harakatlari yo’li uzunligini qisqartirishda, hamda ma’lum qurilmalarni joylashtirish uchun kengaytirilgaan yo’l oralig’ini loyihalashda qo’llanadi. Elpig’ichsimon ko’chalar barcha yo’llarda burilish radiusi bir xil bo’lgan nokontsentrik va keyingi yo’llar radiusi yo’l oralig’i qiymatiga oshib boradigan kontsentrik ko’chalardan iborat bo’ladi. Bunday ko’chalar strelkali bo’g’izlar burilish joylarga tushgan hollarda qo’llanadi. Kombinirlashgan ko’chalar parkdagi yo’llar soni juda ko’p bo’lib, ular bir nechta turdagi oddiy ko’chalarning birga qo’llanishi natijasida yuzaga keladi (rasm 3.4).
Rasm 3.4. Kombinirlashgan (aralash) turdagi strelkali ko’cha
Ajratish punktlarida yo’l oralig’ini kengaytirish maqsadida yo’lning parallel surilishi qo’laniladi. Bunda ikki yo’lning biri parallel suriladi (yo’lovchi platformalarni joylashtirish, uchastka yo’l oralig’idan bekat yo’l oralig’igacha o’tish kabi holatlar). Bosh yo’llar surilganda burilish radiusi 3000-4000m , tezkor harakat yo’llarda esa (160kmG’s)-5000m dan kam bo’lmasligi kerak. O’zgaruvchan o’tish burilish yo’lari texnik shartlar va me’yorlardan, ular orasidagi to’g’ri yo’l bo’laklari esa 75m dan kam bo’lmasligi kerak. Bekat yo’llarini surishda to’g’ri yo’l bo’lagi poezd harakati yo’llarida 15 m dan kam bo’lmasligi kerak. Surilish hisoblari quyidagicha bajariladi. Ishlar va mo’ljallash qulayligi uchun ajratish punktlaridagi barcha strelkali o’tkazgichlar toq sonli poezdlar keladigan tomondan juft sonlarda raqamlanadi. Raqamlash kirish strelkalaridan bekat markazi tomon bajariladi. Strelkali se’zd va strelkali o’tkazgichlar uzluksiz juft va toq sonlarda raqamlanadi. Yo’l tamoqlari ko’p bo’lgan katta bekatlardagi strelkalar alohida parklar bo’yicha raqamlanadi. Bunda park o’qi strelkalarni juft va toq raqamlash uchun chegara vazifasini o’taydi. Har bir parkka alohida yuzlik ichidagi raqamlar beriladi, masalan 100-199, 200-299 va hokazo. Bosh yo’llarda va parklarga qo’yilmagan yo’llardagi strelkalar 1-99 gacha raqamlanadi. Ajratish punktini qayta qurishda strelkalarning mavjud raqamlanishi saqlanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |