3.2. Bekat yo’llarining tasniflanishi
Ajratish punktlarining yo’l tarmoqlari bosh yo’llar (peregon yo’llarining bekatdagi davomi), bekat yo’llari va maxsus vazifali yo’llardan iborat.
Bekat yo’llari: qabul-jo’natish, saralash, o’tish, birlashtiruvchi, ortish-tushirish, lokomotiv va vagon xo’jaligi yo’llariga bo’linadi.
Maxsus vazifali yo’l tarmoqlariga ehtiyot va to’tib qoluvchi berk yo’llar, hamda korxona shohobcha yo’llari kiradi.
Ehtiyot va to’tib qoluvchi berk yo’llar harakat xavfsizligini ta’minlaydi, yondosh yo’llarga harakat tarkibining chiqib qolishidan saqlaydi (ehtiyot berk yo’li), hamda boshqaruvni yo’qotgan harakat tarkibini to’tib qolishni ta’minlaydi. Agar bekatga tepalik tomonidan katta uzunlikda surunkali qiyalik yo’l to’tashsa, bunday murakkab topografik holatlarda bekatga kirish tomonidan to’tib qoluvchi berk yo’lar quriladi.
Ajratish punktlarida yo’l tarmoqlari tegishlicha raqamlanadi, jumladan, bosh yo’llar rim raqamlarida, bekat yo’llari esa arab raqamlarida belgilanadi. Toq sonli poezdlarni o’tkazuvchi bosh yo’llarga I va III-raqamlari, juft yo’nalish poezdlari yo’llariga esa II va IV raqamlari beriladi. Yo’l tarmoqlari ko’p bo’lmagan ajratish punktlarida ikki tomonlama harakat uchun ixtisoslashgan yo’llar bosh yo’llardan keyin yo’lovchi binosidan qarama-qarshi dala tomonga qarab tartib bo’yicha arab raqamlarida belgilanadi.
Ikki yo’llik uchastkalarda yo’llar juft va toq yo’nalishlarda harakatlanish uchun ixtisoslashgan bo’lsa, u holda tartib bo’yicha tegishli juft va toq raqamlar bilan belgilanadi. Yirik bekatlarda asosiy parklar alohida tartib raqamiga ega bo’ladi.
3.3. Temir yo’llarda gabaritlar va bekat yo’llari orasidagi masofa
Bekatlarda har xil qurilma va inshootlarning (signallar, kontakt tarmoqlari, tayanchlari aloqa va yoritish tarmoqlari sim yog’ochlari, yuk omborxonalari, platformalar, ma’muriy binolar va texnik qurilmalar) yo’llarga nisbatan joylashishi, hamda yo’l o’qlari orasidagi masofalar inshootlarning yaqinlashish gabariti va harakat tarkibi gabariti bilan belgilanadi.
Ushbu gabaritlar MDH davlatlarining barcha temir yo’l tarmoqlari uchun umumiy bo’lib, davlat standartlari bilan belgilangan.
Inshootlarning yaqinlashish gabariti S chegaraviy (yo’l o’qiga tik) ko’ndalang o’lcham bo’lib, uning ichiga inshoot va qurilmalarning hech bir qismi kirmasligi kerak. S gabaritini asosiy ko’rinishi va o’lchamlari 3.1 – rasmda ko’rsatilgan.
Harakat tarkibining gabariti T-chegaraviy (yo’l o’qiga tik) ko’ndalang o’lcham bo’lib, unda to’g’ri gorizontal yo’lga qo’yilgan yukli va bo’sh tarkiblar chetga chiqib ketmasdan joylashishi shart.
Inshootlarning yaqinlashish gabariti ikki xil qo’llanadi: yangi va rekonstruktsiya qilinayotgan temir yo’llarda inshootlarning yaqinlashishi S gabariti talablariga rioya qilishi kerak.
Zavod, fabrika, ustaxonalar, depo, yuk hovlilari, korxona, baza va omborlar, daryo va dengiz porti yo’llari, inshoot va korxonalar orasidagi yo’llar, inshootlarning yaqinlashish gabariti Sp talablariga javob berishi kerak. Sp va S gabariti o’zaro o’lchamlari bilan farqlanadi.
MDH davlatlari temir yo’llarida ikki xil harakat tarkibi gabaritlari 1-T va T qo’llaniladi. Gabaritlarning ko’rinishlari va o’lchamlari 3.1, 3.2- rasmlarda ko’rsatilgan.
1-T gabariti temir yo’llarning umumiy tarmoqlarida, korxonalarga kirish va ichidagi yo’llarda ishlatiladi. Shuningdek T gabaritli harakat tarkiblari faqat S gabaritiga bo’ysunadigan yo’llar, inshoot va qurilmalar orqali o’tishi mumkin.
Bundan tashqari, 0-T, 01-T, 02-T, 03-T harakat tarkiblari gabaritlari MDH davlatlarining 1520 (1524) mm va chet davlatlarning 1435 mm izli temir yo’llarida ishlatiladi.
Rasm 3.1. Inshootlarning yaqinlashish gabariti S:
-o-- barcha yangi qurilayotgan qurilma va inshootlarning yaqinlashish chizig’i. Ayrim uchastkalardagi holatlar bo’yicha alohida ko’rsatmalar mavjud;
-x-- temir yo’l uchastkasi elektrlashtirilgan holda ham, ushbu uchastkada va elektrlashtirishdan holi bo’lgan yo’llarda qurilma va inshootlarning yaqinlashish chegarasi;
--ooo-- bekat va peronlarda yo’l qurilmalariga kirmaydigan barcha qolgan binolarning fundamentlari va tayanchlarining, er osti simlarining, quvurlarning yaqinlashish chegarasi;
-oo-- peregonlarda va bekat yo’llarining foydali uzunligi chegarasida biror-bir qurilma ushbu chiziqdan baland bo’lmasligi kerak. Muhandislik qurilmalari, pereezdlarning (to’shama) nastillari va strelkali o’tkazgichlarning mexanizmlari bundan mustasno;
-ooooo-- tonellar, estakadalar va boshqa qurilmalar konstruktiv elementlarining yaqinlashish chizig’i.
a1, a2-1520 mm temir yo’lda tegishlicha 670 va 760 mm ga teng.
Rasm 3.2. Harakat tarkibining gabaritlari T (a) va 1-T (b):
-oooooo- -faqat signal qurilmalari uchun;
-o-o-o- - tashqariga chiqib turadigan ahamiyatsiz qismlar uchun: dastak, tirsakqo’ygich, paravan va boshqalar.
Ajratish punktlaridagi yondosh yo’llar o’qlari orasidagi masofa poezdlarning harakat xavfsizligini, shuningdek turli operatsiyalarni bajaruvi bekat xodimlari uchun xavfsiz va qulayligini, shu bilan birga zaruriy hollarda signallarni, tayanchlarni, platformalarni va boshqa qurilmalarni joylashtirish imkonini ta’minlashi lozim.
Yo’l uchastkasida ikki bosh yo’l orasidagi masofa 4,1 m ga teng bo’ladi. Agar uchinchi bosh yo’l bo’lsa, 4,1 m va 5,0 m bo’ladi. Bekatlarda qabul jo’natish yo’llari orasidagi masofa 5,3 m olinadi. Bekatdagi ayrim parklarning orasidagi masofa yoki katta parklarda har 5-8 yo’ldan keyin yo’l oralig’i 6,5 m olinadi.
3.1 - jadval
Dostları ilə paylaş: |