Fanidan “ Emotsional sohani korreksiyalash va rivojlantirish” mavzusi bo’yicha kurs ishi



Yüklə 38,69 Kb.
səhifə2/6
tarix02.12.2023
ölçüsü38,69 Kb.
#137300
1   2   3   4   5   6
kurs ishhi 2

]


I BOB. Emotsional sohani korreksiyalash .
1.1. Yolg’izlik tushunchasining psixologik talqini
So’nggi paytlarda olimlar tomonidan keksa yoshdagilar yolg’izligi muammosi bilan bir qatorda o’smirlar va yoshlar o’rtasidagi yolg’izlik masalasiga ham e'tibor qaratila boshlandi. O’smirlik davrida paydo bo’ladigan “Yosh bo’lish osonmi?” degan savol o’rniga “yolg’iz bo’lish osonmi? ” degan savol vujudga keldi. Bizning davrimizda o’quv faoliyatining jadallashuvi va texnologiyalashuvi ochiq muloqot qilish ko’nikmalari shakllanishini qiyinlashtirdi hamda o’quvchilar yolg’izligini kuchayishiga qulaylik tug’dirmoqda. Ayniqsa bu muammo ta'lim murakkab dasturlar asosida amalga oshiriladigan umumta'lim maktablarida yanada yaqqol namoyon bo’ladi.
E.Fromning ta'kidlashicha, yolg’izlik erkin shaxsning barcha rivojlanish bosqichlari uchun xos bo’lgan universal va barqaror kechinmadir. Boshqa tadqiqotchilar esa yolg’izlik holatini vaqtinchalik holat uni fenomen darajasiga ko’tarish shart emas deb hisoblaydilar. Yolg’izlik muammosini chuqurroq tahrir etish juda ko’plab qiziqarli savollarga javob topish imkonini beradi.
O’smirlarda yolg’izlik shakllanishining ilk bosqichlarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotchiarning ta'kidlashlaricha, o’smirlik davrida o’z-o’zini anglash yolg’izlik fenomeni bilan hamohang kechadi. O’z -o’zini anglash o’smirlik davrida o’zining tashqi ko’rinishdagi o’zgarishlarga o’z-o’ziga bo’lgan qiziqishning natijasi hisoblanadi. O’smirning jismoniy va ruhiy holatidagi keskin o’zgarishlar nizoli va og’ir kechadi. O’smir atrofdagilarni oson ideallashtiradi, shuningdek ulardan tez ko’ngli qoladi, chuqur axloqiy, ruhiy hissiyotlar, dunyoqarashlar iskanjasida qoladi. O’smirning nazarida atrofdagilar uni tushunayotganday tuyuladi, o’z xayolidagi qahramonining timsoli bilan yashaydi. O’smir doimo qahramonliklar ko’rsatishga, o’z yo’lida duch kelgan muammolariga qarshi kurashishga harakat qiladi. Shu yo’l bilan atrofdagilarga o’zining katta bo’lib qolganligi, o’z mustaqilligi, o’z shaxsining noyobligini isbot qilishga harakat qiladi va bu jarayonda o’z-o’zi bilan suhbat quradi, yolg’izlik holatini boshidan kechiradi. O’z o’y-xayollari bilan tanho qolish o’smirga real hayotda erishishning imkoni bo’lmagan turli holatlarni xayolida boshdan kechirish imkoniyatini beradi. “Yolg’izlik tabiiy holat, u o’smir ichki hayoti, ichki dunyosining shakllanayotganligidan darak beradi” -deb yozadi I.S.Kon. 1
O’smirlik davridagi barcha jarayonlar kabi o’ziga xos individuallik ham qarama-qarshi xususiyatga ega. Inson o’z -o’zini anglar ekan, kutilmaganda o’zining butunlay yolg’izligini his qiladi. Xuddi shunday o’smir ham "o’z meni"ni himoya qilar ekan, yolg’iz qolishga intiladi, yolg’izlikda o’z-o’zini anglagandan so’ng esa tanholikdan qutilishga harakat qiladi. Endilikda yolg’izlikdan qutulishning yo’li odamlar bilan muloqot qilish, ularning qo’llab quvvatlashlariga erishishdir.
O’smirni yolg’iz mavjudot sifatida tasvirlash - bu romantik tasvir. Romantik - demak amalda yo’q, to’qilgan. Bunga ishonish qiyin. Navbatdagi qarashda o’smirlik davridagi yolg’izlikni o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiy hodisadir. Bu yoshda cheklanish va yolg’izlik ichki, shaxsiy psixologik jarayon emas, balki o’smirlarning hayotiga bo’lgan munosabatlari xususiyatidir, deb tushuntiriladi. Shunday qilib o’smirlik yoshida (11 - 14 yosh) yolg’izlik nisbatan yuzaki kechuvchi holat sifatida qaraladi. I. S. Kon, -yolg’izlikni, o’smirlikka xos xususiyat, jiddiylik, ruhiy jihatdan moyillik deb, ta'kidlaydi. O’z ichki dunyosida juda muhim, quvonchli hodisa, ayni damda ko’plab tashvishli holatni keltirib chiqaradi. O’zining betakrorligi, g’aroyibligini his qilish, anglash, yolg’izlikni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. O’smirlik yoshida "Men" siymosi hali to’liq shakllanmagan, ko’pincha ichki hislarining bo’shab qolishini nima bilandir to’ldirish ehtiyoji paydo bo’ladi. Natijada muloqotga ehtiyoj, muloqot ob'yektining tanlanganligi, yolg’iz qolishga bo’lgan ehtiyojning paydo bo’lishi kuzatiladi. Bulardan tashqari o’tish yoshida "yolg’izlik" va cheklanganlik tushunchalarining mazmun mohiyati haqidagi tasavvurlar ham o’zgarib boradi. bolalar bu holatni jismoniy holat deb baholasalar, o’smirlar bu tushunchalarni boshqacharoq anglaydilar, ba'zan salbiy, ba'zan ijobiy sifatlarini qayd etadilar. O’smirlik yoshida yuzaga keladigan yolg’izlik holati qanday sababga ko’ra paydo bo’lganligidan qat'iy nazar bu holatni o’smirlarning o’zlari qanday baholashlari, undan qanday foydalana olishlari muhim. Yolg’izlik holatidan samarali foydalanish salbiy tassavurlarni bartaraf etadi. Inson yolg’izlikda takomillasha boradi. inson qalbida o’zgalarga mehr, hamdardlik, rahmdillik kabi xislatlar rivojlanadi. O’smirlik yoshida bunday ijobiy sifatlarni tarkib topishi inson hayotining sermazmun bo’lishiga sabab bo’ladi. quyida biz yolg’izlik holatiga yaqin begonalanish muammosi xususida ham biroz fikr yuritishni lozim topdik.
O’smir o’z qiziqishlariga mos o’rtoqlar davrasini qidiradi. Agar o’smir o’zini qoniqtirgan guruhni topolmasa juda qiynaladi, o’z imkoniyatilariga nisbatan shubha paydo bo’ladi, o’zini yolg’iz his eta boshlaydi. O’smir o’zini ruhan nosog’lom hisoblaydi.Yolg’izlik muammosi o’zining kelib chiqishiga ko’ra chuqur ildizga ega. Avvalo u ruhiy kasallik. Odam bolasi onasining qornida o’tirar ekan, o’zini himoyalangan his qiladi. Shu holat insonda bir umrga saqlanib qoladi va u shu tuyg’u bilan o’ziga sherik, hamdard qidirishga intiladi. Kishi xorda maroq bilan qo’shiq kuylaganda ham o’zini odamlar bilan hamohang his qiladi.
Yolg’izlikda ham o’ziga xos xususiyatlar uchraydi. Masalan, oilada o’zini yolg’iz sezish. Kishi o’z umr yo’ldoshi bilan birga yashasa-yu ammo o’zini yolg’iz sezsa, bu og’ir psixologik holatni keltirib chiqaradi. Chunki mazkur juftlik bir—birini sevishga, g’amxo’rlik qilishga bir-birlariga va'da bergan edilar, amalda esa bu yo’q.
Agar inson o’zini yolg’iz his qilsa, o’zgalarda ham shunday holat borligini tushunadi. O’zaro muloqot jarayonida inson yolg’izlikdan qutuladi. har qanday holatdan chiqib ketish yo’li - bu harakatdir.
O’smirlik davrini ilmiy jihatdan o’rgangan olimlar bu yosh davri o’z-o’zini anglashining o’tish bosqichi deb ta'kidlaydilar. O’z hayoti, tashqi ko’rinishi, o’z shaxsiga bo’lgan qiziqishining o’zini anglashining yuzaga kelishi o’smir hayotining yuqori pog’onaga chiqqanligidan darak beradi. O’smir hayotidagi keskin o’zgarishlar, axloqiy sifatlardagi o’zgaruvchanlik u yashab turgan muhitga nisbatan norozilik hissini uyg’otish ham mumkin.
O’smirning "Men"i noaniq. Ichki bo’shliqning mavjudligi holatini nima bilandir to’ldirish zarur. O’zgalar bilan muloqotga kirishish ehtiyoji paydo bo’ladi. O’smir o’z yaqinlaridan hamdardlik, tan olinishini istaydi. Garchi o’smirlar oilada mehr-muhabbat bilan parvarish qilinsada, o’z muammolarini oila a'zolari bilan hal etishni, ota-onalarning maslahatlariga amal qilishni yoqtirmaydi. O’smirlar tengdoshlaridan biri bilan o’zaro ishonchga asoslangan munosabatlar o’rnatishga harakat qiladilar. O’smir hayotida shaxsning axloqiy sifatlari majmuasi o’z o’rniga ega va yolg’izlik holatidan chiqib ketishiga monelik qiladi. Zamonaviy dunyoda o’zini yolg’iz sezgan o’smirlar ko’plab uchramoqda. Bu o’rinda shaxsning yolg’izlik holati psixologik ko’rsatkich sifatida namoyon bo’ladi va yolg’izlikni boshdan kechirishda o’ziga xos ishonchli indikator vazifasini o’taydi. Yolg’izlikni uzoq muddat boshdan kechirish begonashishga olib keladi.
Yolg’izlik holatining og’ir kechishi salbiy ruhiy holat bo’lib, unda o’smirning o’zini yomon his etishi, o’zini boshi berk ko’chaga kirib qolganidek his etishi kuzatiladi. O’smirlik davrida o’z atrofidagi olamgagina emas, balki o’ziga ham ijobiy yoki salbiy munosabatda bo’ladi. O’smir o’z-o’ziga bo’lgan munosabatidan ba'zan xush yoki noxush tuyg’ular kechirib yashaydi. Ayrim qizlar o’z xusnidan mamnun yoki ko’rimsizligidan xafa bo’lishi, o’z xulq -atvori va qobiliyatidan rozi yoki norozi bo’lishi ham mumkin. aynan shu sababli ham o’zgalarga qo’shilmaslik, yolg’izlikka moyillik ham paydo bo’lishi mumkin. O’smir o’z kuchiga mahkam ishonishi yoki ishonmasligi mumkin. bu kabi tuyg’ular o’smirlikning o’z-o’ziga baho berishidan paydo bo’ladi, natijada bola o’zidan mamnun yoki aksincha norozi va mayus tuyg’ularni his etadi. Ammo ba'zi o’smirlar o’z-o’ziga ortiqcha baho beradilar va o’zlarida haqiqatda yo’q fazilatlarni borligiga ishonib, bundan mamnun bo’lib, kekkayib, maqtanib, xatto o’rtoqlari oldida ham o’zlariga ortiqcha bino qo’yib yuradilar. Bunday o’smirlar xatto oddiy tanqidga ham chiday olmaydilar. Shuning uchun ham bolalarni kichikligidan ortiqcha maqtayverish, erkalatish ham yaramaydi. Ba'zan o’z kuchiga ishonmaydigan, o’z fazilatlarini sezmaydigan, o’z-o’zidan norozi bo’lib yuradiganlar ham uchraydi. Bu tuyg’u o’z-o’zini kamsitib baho berishdan paydo bo’ladi. Chunki o’z kuchiga ishonmaganliklaridan g’ayrat va tashabbus ko’rsatib ishlashga botinolmaydilar, ortiqcha tortinchoq, xarakter jihatdan yuvvosh bo’ladilar. Bunday o’smirlar alohida tarbiyaga, e'tiborga muhtojdirlar. O’ziga to’g’ri baho berib, o’z qadrini bilish, mag’rurlanib ketmaslik, o’ziga tanqidiy ko’z bilan qaray bilish, tanqidga chidash va boshqalarning o’zi haqidagi fikrlarini to’g’ri qabul qila bilish ham ijobiy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. O’smirlarni buyuk ishlarni amalga oshirish ruhida tarbiyalash kerak. Ilmga bo’lgan chuqur tuyg’u, kuchli ehtiros, xususan dunyoviy fanlarga qiziqish, haqiqatga intilish katta ahamiyatga ega ijobiy tuyg’ular o’smir faoliyatida ma'naviy madad beradi, intellektual mehnatga bo’lgan qobiliyatini kengaytiradi, ijodiy ishlarni serunum qiladi. Shuning uchun "Sevinch yo’q, qayg’u yo’q, ko’klam yo’q - xazon" degan edi G’afur G’ulom. O’qituvchi o’smirlarga nisbatan juda sezgir va e'tiborli bo’lishi, har qanday maqsadsiz, sababsiz ohangda gapirish, nafaqat tarbiyaviy ta'sir ko’rsatib qolmay, balki o’smirning qattiq ranjishi, unda norozilik his-tuyg’ularini uyg’otish mumkinligini unutmasligi kerak. Chunki, o’smirlarda oliy hislar tez rivojlanadi. Intellektual hislar ko’p narsa bilib olishga intilish, o’quv fanlariga qiziqishga imkoniyat tug’diradi.
Ijtimoiy muhitning, jamoaning shaxsga ta'siri to’qrisida gapirilar ekan, ijtimoiy psixologiya ishlab chiqayotgan referent guruh tushunchasiga e'tibor berish lozim. Gap shundaki, hamma odamlar ham, hatto eng yaqin tevarak-atrofdagi odamlar ham o’smir shaxsiga ta'sir qilavermaydi, ko’plarning fikrlariga u befarq qaraydi. har bir odam uchun bo’lganidek, har bir o’smir uchun ham ayrim guruhlar (ba'zan bunday guruh bir kishi tarkib topgan bo’lishi mumkin) mavjud bo’ladi, u shaxs sifatida bu guruhlarning fikrlari, o’zi uchun nihoyatda ahamiyatli bo’lgan mulohazalari bilan hisoblashadi. Oila, sinf, sinfdagi ayrim o’quvchilar, ba'zi o’qituvchilar, hovlidagi ulfatlar, yaqin do’st va hokazolar muayyan o’smir uchun ana shunday referent guruhlar bo’lishi mumkin. O’smirning tez-tez uchrab turadigan tarbiyaviy ta'sirlarga befarq yoki salbiy munosabatda bo’lish hollariga ko’pincha o’quvchining tarbiyachiga ma'lum bo’lmagan referent guruh pozitsiyasida turishi sabab bo’ladi. A.A.Petrovskiyning oqilona fikriga ko’ra, agar tarbiyachi, o’smir - hech narsa va hech kim bilan hisoblashmaydi, uning uchun hech qanday obro’li odamlar yo’q, unga hech kim ta'sir qila olmaydi, deb da'vo qiladigan bo’lsa, bu narsa odatda tarbiyachining o’smir axloqiy poeziyasini belgilab beradigan ta'sirli referent guruhlardan mutlaqo xabarsiz ekanligini bildiradi.



Yüklə 38,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin