«Ma’qullayman» «Tasdiqlayman» Ilmiy rahbar: f f. doktori, O`zbek tili va adabiyoti professor Sh. N. Ahmedova kafedrasi mudiri Sh. N. Ahmedova


Ey - alifdek qomatingdin ibtido qildim bukun



Yüklə 104,46 Kb.
səhifə22/28
tarix06.06.2022
ölçüsü104,46 Kb.
#116688
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
«Ma’qullayman» «Tasdiqlayman» Ilmiy rahbar f f. doktori, O`zbek

Ey - alifdek qomatingdin ibtido qildim bukun,
Be - baloyi dog’i darding dilga j o qildim bukun.
Te - tilovat qilgay erdim oyati ruxsoringi,
Se - savobi xatmi Kur`on insho qildim bukun.
Olloh Taolo bandasini barcha maxluqotlardan mukammal, muazzam va muhtasham kilib yaratdi. O`z kalomini Jabroil alayhissalom orqali Muhammad Mustafo (s.a.v.)ga nozil etdi. Usmoni Affon (r.a.) tomonlaridan hech bir nuqsoni bo`lmagan muqaddas kitob holi­ta keltirildi. Qur`oni karimdagi Bazara va Oli Imron suralarining birinchi oyatlari «Alif, lom, mim», A`rof surasining birinchi oyati «Alif, lom, mim, sod», YUnus surasining birinchi oyati «Alif, lom, ro» va boshqa suralarning birinchi oyatlari ana shunday arabiy harflar bilan boshlanadi. Bu harflarning ma`nolarini yolg’iz Ollohi Taolo biladi. Ammo islom olamining buyuk mashoyixlari bu harflar zamirida kanday ilohiy ma`nolar borligidan ham xabar beradilar.
Demak, Mashrabning qalblariga ilhom bergan ilohiy zavqu shavqlar boisi ham shul Qur`oni karim va uning bag’ridagi har bir sura, har bir oyat va hattoki har bir harfi muborakdir. Shu boisdan Mashrabning hurufi hijodagi she`rlaridan murodlari, asosan Ollohi Taoloning, Muhammad Payg’ambarimizning (s.a.v.) Chori yorlar (r.a.)ning sevgi va ishtiyoqlaridir.
G’azaldagi «ey» yoki «ay» nido so`zlarining birinchi harfi «a» — «alif»dir, Alifdan murod, raqamda ifodalanganda, birdir. Ya`ni Olloh bittadir. Alifning qomatga o`xshatilishi yoki qomatning alifga o`xshatilishi Uning rost va to`g’riligiga ishoradir. «Ibtido» so`zidan maqsad Tangri taoloning hali zamon va makon yo`q ekan azalda bor bo`lganligiga ishoradir. Birinchi ikkinchi misrasidagi «be»dan murod balo va ofat, kulfat va ayriliqdir, Ollohi Taolodan va shunday oliymaqom, asl vatan bo`lgan Jannatdan judo bo`lib, bu g’ariblik dunyosida vaqtinchalik qaror topishning neqadar og’ir dardligini faqat Uning orif bandalari yaxshi biladilar. Shul sababli ma`shuqadan keladigan dog’i dardni dilga jo qilish oshiq uchun taqdirning buyuk bir in`omidir. Radif «qildim bu­kun» so`zining zimmasida «shu bu kun» ya`ni «bugun» ma`nosi emas, balki «hayotim boricha», «tug’ilganimdan to o`lgunimcha» ma`nosi yotadi.
Ushbu o`n olti baytlik g’azal aruzning ramali musammani mahzuf (foilotun foilotun foilotun foilun) vaznida yozilgandir. Bunday holda misra boshida kelgan hurufi hijolar ham vazn tarkibiga kiritilishi shart.
Mashrabning hurufi hijoda yozganlari — mustazod haqida.
Mashrab tomonlaridan aytilgan ushbu mustazod Muhammad alayhissalom hazratlarini sifatlash, maqtash va madh etishga bag’ishlangan na`ti Nabiydir. Mustazodning boshidan to oxiriga qadar Payg’ambarimiz (s.a.v.) ta`rif, tavsif va vasf etiladilar. Mustazodning dastlabki baytlari quyidagicha boshlanadi:

Yüklə 104,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin